|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti umumiy matematika kafedrasi
|
bet | 2/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 224,06 Kb. | | #244915 |
Bog'liq Metodika slayd 401Bolalar tomonidan induktiv yo`l bilan chiqarilgan xulosa 5,6,7,8,9 sonlarini ayirish qaralayotganda deduktiv mulohazalar yuritish uchun foydalaniladi. O`quvchilar 7-5 ko`rinishdagi misolni yechishlari kerak bo`lsin. 7 sonini 5 va 2 sonlarining yig`indisi sifatida qarash mumkinligini eslatib o`tamiz. Agar yig`indi (7) dan qo`shiluvchilardan biri (5) ni ayrilsa, boshqa qo`shiluvchi (2) kelib chiqadi. Shunday qilib, bolalar yig`indi va qo`shiluvchilar orasidagi bog`lanishlarni bilganliklari asosida xususiy yangi bilimga ega bo`ladilar. (7-5 ko`rinishdagi misollar qanday yechilishini bilib oladilar). Yuqorida qaralgan induktiv xulosa chiqarish misolida xulosa noto`la induksiya yordamida chiqarildi. Shu yo`l bilan chiqarilgan xulosa har doim ham to`g`ri bo`lavermasligi mumkin. Bolalar tomonidan induktiv yo`l bilan chiqarilgan xulosa 5,6,7,8,9 sonlarini ayirish qaralayotganda deduktiv mulohazalar yuritish uchun foydalaniladi. O`quvchilar 7-5 ko`rinishdagi misolni yechishlari kerak bo`lsin. 7 sonini 5 va 2 sonlarining yig`indisi sifatida qarash mumkinligini eslatib o`tamiz. Agar yig`indi (7) dan qo`shiluvchilardan biri (5) ni ayrilsa, boshqa qo`shiluvchi (2) kelib chiqadi. Shunday qilib, bolalar yig`indi va qo`shiluvchilar orasidagi bog`lanishlarni bilganliklari asosida xususiy yangi bilimga ega bo`ladilar. (7-5 ko`rinishdagi misollar qanday yechilishini bilib oladilar). Yuqorida qaralgan induktiv xulosa chiqarish misolida xulosa noto`la induksiya yordamida chiqarildi. Shu yo`l bilan chiqarilgan xulosa har doim ham to`g`ri bo`lavermasligi mumkin. Masalan, yig`indi har doim qo`shiluvchilarning har biridan katta, degan xulosa natural sonlar qatorining hammasi uchun to`g`ri, sonlarning nolni ham o`z ichiga olgan kengaytirilgan qatori uchun bu xulosa noto`g`ri bo`ladi. Shu munosabat bilan o`qitish jarayonida bolalarga qanday shartlarda chiqarilgan xulosa yetarlicha isbotlanishi va qanday hollarda noto`g`ri bo`lib chiqishi mumkinligini ko`rsatish uchun birorta ham bunday holni o`tkazib yubormaslik muhim. Shuni takidlab o`tamizki, chiqarilgan deduktiv xulosalar asosida yotuvchi umumiy qoidalar induktiv yo`l bilan olingan bo`lishi shart emas. Masalan, II sinf o`quvchilarni yangi amal – ko`paytirish amali bilan tanishtirayotib, o`qituvchi ko`paytirish bu bir xil qo`shiluvchilarni qo`shish ekanini tushuntiradi. Mazkur holda faqat deduksiya bilan ish ko`riladi.
|
| |