|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti umumiy matematika kafedrasi
|
bet | 3/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 224,06 Kb. | | #244915 |
Bog'liq Metodika slayd 401Masalan, yig`indi har doim qo`shiluvchilarning har biridan katta, degan xulosa natural sonlar qatorining hammasi uchun to`g`ri, sonlarning nolni ham o`z ichiga olgan kengaytirilgan qatori uchun bu xulosa noto`g`ri bo`ladi. Shu munosabat bilan o`qitish jarayonida bolalarga qanday shartlarda chiqarilgan xulosa yetarlicha isbotlanishi va qanday hollarda noto`g`ri bo`lib chiqishi mumkinligini ko`rsatish uchun birorta ham bunday holni o`tkazib yubormaslik muhim. Shuni takidlab o`tamizki, chiqarilgan deduktiv xulosalar asosida yotuvchi umumiy qoidalar induktiv yo`l bilan olingan bo`lishi shart emas. Masalan, II sinf o`quvchilarni yangi amal – ko`paytirish amali bilan tanishtirayotib, o`qituvchi ko`paytirish bu bir xil qo`shiluvchilarni qo`shish ekanini tushuntiradi. Mazkur holda faqat deduksiya bilan ish ko`riladi. Deduksiyadan foydalanishda yo`l qo`yiladigan xatolar ko`pincha o`zlashtirilgan umumiy qoida konkret hol uchun qo`llanilishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlay olmaslikdan kelib chiqadi. Bu holni o`qituvchi nazarda tutib, masalan, ko`paytirishning konkret mazmunini mustahkamlashda 4+4+4 ko`rinishidagi misollar bilan bir qatorda 3+3+2+3 ko`rinishidagi misollarni ham bajarishi kerak. Deduksiyadan foydalanishda yo`l qo`yiladigan xatolar ko`pincha o`zlashtirilgan umumiy qoida konkret hol uchun qo`llanilishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlay olmaslikdan kelib chiqadi. Bu holni o`qituvchi nazarda tutib, masalan, ko`paytirishning konkret mazmunini mustahkamlashda 4+4+4 ko`rinishidagi misollar bilan bir qatorda 3+3+2+3 ko`rinishidagi misollarni ham bajarishi kerak.
Matematika o‘qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo‘nalishi ayrim o‘quv holatlarini modellashtirishdir. Modellashtirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o‘qitishning boshqa usullari qo‘llanganda tasavvur qilish, ko‘z oldiga keltirilishi qiyin bo‘lgan materiallarni tushunarli bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o‘quvchilarga ma’lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko‘rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matem-atikani chuqur o‘rganish va o‘quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo‘ladilar.
|
| |