Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi




Download 146.16 Kb.
bet16/19
Sana21.02.2024
Hajmi146.16 Kb.
#160015
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li-fayllar.org
file-1699944973960
FUQARO MUHOFAZASI
Mamlakatimiz milliy davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri aholii va xududlarni tabiiy va texnogen favqulotda vaziyatlardan muxofaza qilish, xavfsizlikni taominlash, barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezident I.A. Karimov shu masalaning dolzarbligini e’tiborga olib o’z «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarlarida «Siyosatimizning asl mohiyati aholi xavfsizligini taominlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan himoya qilishdir» deb takidlab o’tadilar. Shunday ekan favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va aholini bo’lishi mumkin bo’lgan xavfdan ogoxlantirish borasida samarali tadbirlar o’tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor harakat qilish, insonlarning qurbon bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiy zararni kam bo’lishini, xavfsizlikni o’z vaqtida ta’minlash asosiy vazifalardan biridir
Fuqaro muxofazasi umumdavlat mudofaa ishlari tizimi bo’lib aholini va halq xo’jaligini tinchlik va harbiy holatlarda Favqulotda vaziyatlardan himoyalash maqsadida, shuningdek obektlarni barqarorligini oshirish tabiiy ofat, avariya kabi FV lar oldini olish, ular yuz berganda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi.
Favqulotda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) – aholi va xududlarni favqulotda vaziyatlardan himoya qilish kuch-vositalari va muassasalarini birlashtiradi, hamda favqulotda vaziyatlarni oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, aholi xavfsizligini, hududlarni va davlat iqtisodiyotini xavfli zararlardan himoya qilishga mo’ljallangan davlat tizimidir.
Favqulotda vaziyat – muayyan xududda o’zidan so’ng odamlarning qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi va atrof-muhitga zarar yetkazishi natijasida katta moliyaviy zararlarga olib keluvchi halokat, tabiiy ofatlar, epidemiya va boshqalardir.
FVDT ning asosiy vazifalari:
-Tinchlik va xarbiy davrlarda aholi va hududlarni Fvlardan himoya qilishning xuquqiy, iqtisodiy meoyoriy xujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-Respublikada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy va texnogen FVlarni prognoz qilish va oqibatlarini baholash.
-Har qanday sharoitlarda FVlarni bartaraf etish kuch vositalarini tayyorganrligini taominlash.
-FV sohasida davlat ekspertizasi nazoratini o’tkazish va tekshiruvini amalga oshirish, shuningdek ushbu sohada halqaro hamkorlik qilish. [17,18]
Loyihalanayotgan korhonada fuqaro himoyasi vazifalarini bajarish maqsadida shu obektning moddiy texnika bazasi negizida quyidagi bo’lim va xizmatlarni tashkil etilgan.
Umumiy aloqa xizmati;
Jamoat tinchligini saqlash (qo’riqlash) xizmati;
Yong’inga qarshi kurash bo’limi yoki xizmati;
Tibbiy xizmat;
Avariyaviy-texnik xizmat;
Moddiy texnik taominot xizmati;
Transport xizmati;
Radiasiya va kimyoviy unsurlardan saqlash xizmati va boshqalar.
Obektning alohida xususiyatlariga ko’ra boshqa bo’lim va xizmatlar ham tuzilishi mumkin. Xizmatlar soni obektning fuqaro himoyasi rahbari tomonidan belgilanadi. Obekt fuqaro himoyasi bo’limining asosiy vazifalaridan biri tinchlik va harbiy holatlarda turli yo’nalishdagi fuqaro himoyasi kuchlarini tuzish va qayta tayyorlashdir. Fuqaro himoyasi kuchlarining asosini shu obektlarning harbiy bo’lmagan shakllari tashkil qiladi. Fuqaro himoyasi kuchlarining tashkil qilinishi yaoni shaxsiy tarkib va ajratilgan texnik-jihozlar obektning ish faoliyatiga taosir ko’rsatmasligi kerak. Fuqaro himoyasi kuchlari maxsus dastur asosida qayta tayyorlanib, tegishli masalalarni bajarishda doim tayyor turadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 noyabrdagi 455-sonli qaroriga ko’ra FVlar quyidagicha tasniflanadi:
  1. Texnogen tusdagi FV lar:


  1. Temiryo’l, avtotransport va metropoliten bilan bog’liq avariya va halokatlar.


  2. Yirik xavfli obektlar va ishlab chiqarish bilan bog’liq yong’in va portlashlar.


  3. Energetika va kommunikasiya tizimlaridagi avariyalar.


  4. Gidrotexnika avariyalari


  5. Radioaktiv taosir natijasida yuzaga keladigan holatlar.


  1. Tabiiy tusdagi FV lar:


  1. Geologik xavfli hodisalar (zilzila, ko’chki, cho’kish va b.)


  2. Gidrometereologik xavfli xodisalar (kuchli shamol, suv toshqini, sel va b.)


  3. Favqulotda epidemiologik va epizootik holatlar (infeksion va virusli kasalliklar ommaviy tarqalishi va b.)


  1. Ekologik tusli FVlar:


  1. Litosfera – quruqlik holati o’zgarishi bilan yuzaga keladigan xavfli holatlar.


  2. Atmosfera– xavo tarkibi o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan holatlar.


  3. Gidrosfera – suv resurslari tarkibi o’zgarishi, ularni chiqindilar bilan zararlanishi natijasida yuzaga keladigan holatlar.


Loyihalanayotgan korhonada oboektida taobiiy va texnogen tusdagi FV lar sodir bo’lishi mumkin. Tabiiy tusdagi FV lar: yer silkinishi yohud zilzila, kuchli shmol, bo’ron bo’lishi mumkin. Undan tashqari ishlab chiqarish bilan bog’liq texnogen tusdagi FV lar: yong’in, enrgetika va komunikatsiyadagi avariyalar sodir bo’lidhi mumkin.


Texnogen tusli Favqulotda vaziyatlarga ishlab chiqarish bilan bog’liq avariya, yong’in, portlash va boshqa halokatlar kiradi.
Avariya – mashina, mexanizm, kommunikasiyalarningishdan chiqishi, foydalanish tartibiga, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, ishga layoqatsizlik va boshqa sabablar natijasida yuzaga keladigan favqulotda holat. Avariya natijasida ishchi xodimlar xayoti va salomatligiga taosir ko’rsatib, yong’in, portlash, elektr tutashuvlari va boshqa holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalaridagi yong’in, portlash kabi vaziyatlar yirik avariyalar xisoblanadi, chunki atmosfera havosiga kuchli ta’sirchan zaharli moddalar va raadiasiya nuralanishi kabi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Korxonada barcha bo’limlar, tsexlarda komunikatsiya vositalari bilan ta’minlangan. Korxonada asosiy FV dan ogohlantiruvchi signal, har bir tsex, bo’lim boshliqlari ratsiya aloqasi mavjud. Bundan tashqari markaziy dispecherlik bo’limi ham bor. U erda korxona hududida sodir bo’lgan yoki boshqa turdagi xabarlar mikrafon orqali xabar beriladi. FV sodir bo’lganda binolar ichidan chiqish yo’llari sxemasi ko’rinarli joyga osib qo’yilgan. Har bir tsexda yong’in havfsizligi burchagi bo’lib kerakli o’t o’chirish anjomlari bilan taominlangan. Korxona yong’in havfliligi bo’yicha B kategoriyaga mansub.
KTZM – kimyoviy birikma bo’lib maolum miqdorda yo’l qo’ysa bo’ladigan konsentrasiyadan oshib ketganda insonlarga chorvachilik va qishloq xo’jaligi o’simliklariga zararli taosir ko’rsatadi. Ular texnologik jarayoning asosiy xom-ashyosi yoki bir qismi (ammiak, xlor, vodorod sulfid, uglerod, azot, oltingugurt oksidlari) bo’lishi mumkin. SHuning uchun bunday zaharli birikmalar bilan ishlayotganda doim shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday vositalar ishchi-xodimlarga korxona fuqaro himoyasi yoki texnika xavfsizligi bo’limi tomonidan bepul ta’minlab berilishi lozim. Nafas olish yo’llarini himoyalovchi vositalarga umumiy himoya kostyumlari UXK, gazniqoblar va respiratorlar kiradi.
Gazniqoblar himoyalash turiga ko’ra 2 hilga bo’linadi.
To’siqlovchi gazniqoblar – havo tarkibida yuqori konsentrasiyali zaharli moddalar bo’lib, toza kislorod miqdori 16% dan kam bo’lganda qo’llaniladi. Nafas olish uchun havo maxsus kislorod balonlaridan yoki tashqi (toza) muxitga ulangan havo almashtirish tizimidan olinadi.
Filtrlovchi gazniqoblar – havo tarkibida zaharli moddalar bo’lib, toza kislorod miqdori 18% dan kam bo’lmagan holatlarda foydalaniladi. Tashqi muhitdagi havo filtr qutisidan tozalanib o’tib nafas olish yo’liga uzatiladi.
Filtrlovchi gaz niqoblarni qaysi moddalardan himoya qilishini tanlab olish uchun ularning filtlovchi qutisi rangiga qarab ajratiladi.
Favqulotda vaziyatlar davrida aholini himoya qilishning kompleks chora-tadbirlari qatorida muhim o’rinni yuzaga kelgan havflardan aholini o’z vaqtida ogohlantirish vazifalari xisoblanadi. Bunday tadbirlar radio-televidenie va aloqa xizmatlari orqali fuqaro himoyasi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Korhonada ishchi va hizmatchilarni FV dan ogohlantirishda markaziy dispecherlik bo`limidam butun korxona bo’ylab habar beriladi va avariya signali ishga tushiriladi.
Tinchlik va harbiy vaqtlarda yuzaga kelgan favqulotda vaziyatlar davrida aholini qutqarish va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish FH organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Bunday tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad aholini ommaviy qirg’in qurollaridan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat ko’rsatish, avriya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan odamlarni olib qichishga qaratilgandir.

Download 146.16 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 146.16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi

Download 146.16 Kb.