Huquq o`qitishning umumiy metodikasi




Download 129,05 Kb.
bet8/29
Sana20.05.2024
Hajmi129,05 Kb.
#246258
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
diplom ishi (11)

Huquq o`qitishning umumiy metodikasi

Huquq o`qitish metodikasi bo`lajak o`qituvchilarga dars berish yo`llarini o`rgatadi. Fanni o`qitish sifatini belgilashda metodika fani katta o`rin egallaydi. Metodika bilan qurollangan har bir o`qituvchi to`g`ri, ijodiy va samarali ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Huquq fani o`qituvchisi zimmasiga yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol kishi qilib tarbiyalash singari katta va ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi. Huquqni o`qitish va tarbiyalash metodikasi o`quvchilarga nimani o`qitish va qanday o`rgatish degan savolga javob berib: birinchidan, o`qituvchilarga fan asoslarini singdiradi; ikkinchidan, ularni o`rgatish metodlarini aniqlab beradi. Fan asoslari, huquq bo`yicha bilimning hajmi esa huquqshunoslik fani dasturida belgilab qo`yilgan. Huquq fani o`qitish metodikasining o`ziga xos bir qancha xususiyatlari mavjud:


dars obyektlari har xil bo`lib, mashg`ulotlarning mazmuni bir biridan tubdan farq qiladi;
darsning mazmuni, mohiyati, yo`nalishlarini belgilashda o`qituvchining sifatlari, bilim darajasi, mahorati va hokozolar muhim o`rin egallaydi;
o`quvchilarning bilim natijasi har xilligi inobatga olinadi;
darslarda berilgan bilimlar hayotiy hamda amaldagi tartib qoidalar va me`yoriy normalar bilan bevosita bog`liq bo`ladi;
huquq fani asoslari doimiy ravishda yangilanayotganligi hisobga olinadi va h.k.
O`qitishning dialektik qonuniyatiga amal qiluvchi huquq o`qituvchisi, metodika fanini ham turlicha uslub va tamoyillarga ega ekanligini bilib olishi shart. Birinchidan, har bir mavzuni turlicha usullar bilan o`tish qonuniydir. Ikkinchidan, har bir mashg`ulot turli tuman huquq manbalari asosida tashkil etiladi. Uchinchidan, huquq mashg`ulotida asosan me`yoriy normalar o`rgatiladi. To`rtinchidan, darslarda hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari o`rgatib boriladi. Beshinchidan, yoshlarga intizom va tartib qoidalar muntazam ravishda o`rgatib boriladi. Bular pedagogik qonuniyatlar bo`lib, ularni huquq o`qitish metodikasi fanida ham qo`llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Fan asoslarini o`qitish va metodikani bir-biridan farq qilmoq kerak. Metodika talabalarga nazariy bilim bilim bilan birgalikda undan foydalanish yo`llarini ham ko`rsatadi. Nazariya fanning asoslarini, uning maqsad, fazifasi, dolzarbligini o`rgatadi. Huquq fanidan ko`pgina dars o`tish nazariyasini amalda qo`llash yo`llarini metodika o`rgatadi. Nazariya amaliyotga ishonch bahsh etadi. Nazariyasiz amaliyot qanotsiz qush, shuning uchun ham har bir o`qituvchi metodikani albatta bilishi shart. Metodika hayotda qo`llash mahoratini keltirib chiqaradi. Metodikani bilmagan o`qituvchi; birinchidan, ko`r-ko`rona ish olib boradi; ikkinchidan, mehnat natijalariga erisha olmaydi; uchinchidan, o`qituvchilik faoliyatida hatto kamchiliklarga yo`l qo`yadi.
Oliy o`quv yurtlarida «Huquqshunoslik» fani ikki yo`nalishda o`qitiladi: 1) umumiy tushunchada huquqiy bilim berish; 2) mahsus tarzda huquqiy bilim berish. Umumiy huquqiy bilim noyuridik oliy ta`limdagilarga muljallangan. Maxsus huquqiy bilimni bo`lajak huquqshunoslarni tayyorlashga qaratilgan oliy ta`limda beriladi. Masalan, Respublikamizning hamma pedagogik oliy ta`limida umumiy huquqiy bilim beriladi, ular qoshidagi «Huquqshunos, ma`naviyat va ma`rifat asoslari» mutaxassisliklari uchun maxsus huquq bilimi beriladi. Yuridik institututlar va fakultetlarda esa to`liq huquqiy bilim berilib huquqshunos o`qituvchilari va huquqni himoya qiluvchi davlat organlari uchun mutaxasislar tayyorlanadi.
Professor-o`qituvchi ma`ruza boshlashdan oldin talabalarga ma`ruza rejasini, mahsus adabiyotlarni yozdiradi va ma`ruza matni bo`lsa, ularga tarqatadi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limidan farqliroq oliy ta`limda huquq o`qituvchisi fan takrorlanmasligiga, talabalarning qabul qilish layoqati, yoshi, ularning fanga qiziqishi inobatga olinishi lozim. Har bir mavzu bo`yicha qo`shimcha adabiyotlar, qonun yangiliklari, yangi chop etilgan huquqshunos olimlarning asarlari tavsiya etiladi. Talabalardan ko`proq mustaqil ishlash talab qilinadi.
Mustaqil ishlashda talabalarga huquq sohalariga taaluqli ro`znomalar, jurnallardan foydalanish, ayrim ilmiy-amaliy maqolalar bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirish taklif etilib, dars jarayonida muxokama davom ettirilishi ijobiy natija beradi.
Talabalar ishtirokida maxsus huquq burchagini yoki huquq honasini jihozlash mumkin. Unda slaydlar, ko`rgazmali qurollar, saqlanib, u yoki bu mavzu bo`yicha dars o`tilganda ulardan foydalanish mumkin.




Download 129,05 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Download 129,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Huquq o`qitishning umumiy metodikasi

Download 129,05 Kb.