|
Huquq fanlarini o‘qitishda texnologik yondashuv
|
bet | 9/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 129,05 Kb. | | #246258 |
Bog'liq diplom ishi (11)
1.2. Huquq fanlarini o‘qitishda texnologik yondashuv
Ma’lumki, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy-uslubiy va ommabop adabiyotlarda pedagogik texnologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan «o‘qi-tish texnologiyasi, ta’lim texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi, rivojlan-tirish texnologiyasi» kabi atamalar keng qo‘llanilmoqda. Biroq hali ular-ning bir-birlaridan farqi va chegaralari qat’iy aniqlanib berilgani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, yuqorida keltirib o‘tilgan va boshqa zamonaviy peda-gogik tushunchalar bugungi kundagi ta’limga bo‘lgan yondashuvlarning 10-15 yil ilgarigi pedagogik qarashlardan mutlaqo farq qilishini ko‘rsatmoqda.
Bu yillar davomida “pedagogik texnologiya” lar tushunchasining mazmuni va mohiyati o‘zgardi va u yangi ma’no bilan boyidi. U yangicha nuqtayi nazardan tahlil etilmoqda.Pedagogik texnologiya borasida aniq qarashlar va konsepsiyalar shakllanmoqda. Masalan, bugungi kunda dastlabki paytlarda ta’lim-tarbiya uchun umumiy hisoblangan pedagogik texnologiyalarni ayrim pedagog-tadqiqotchilar tarbiya sohasiga qo‘llash mumkin emasligini e’tirof etmoqdalar. Gap shundaki, har qan-day pedagogik texnologiyalar pedagogik faoliyat jarayonida tashxisla-nuvchan maqsadni aniqlash va unga erishishni oldindan rejalashtirishni taqozo etadi. Albatta, ta’lim jarayonida tashxislanuvchan maqsadni belgilash imkoni mavjud. Ta’lim oluvchini kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyor-lash uchun o‘quv materiallari yetarli darajada. Maqsadga erishganlik, ya’ni ta’lim natijasi yakuniy nazorat qilinadi. Demak, o‘qitishni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va uning natijasini tekshirib ko‘rish mumkin. Ammo tarbiya ishlarida muammo butunlay boshqacha tus oladi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, “pedagogik texnologiya”lar tushunchasi ijtimoiy ongdan o‘rin ola boshladi. U endilikda ilmiy va amaliy fikrlashga o‘ziga xos yo‘nalishlar bermoqda. Uning re-gulyativ (muvofiqlashtiruvchi) ta’siri shundan iboratki, pedagogika soha-sidagi tadqiqotchi va amaliyotchilarni insoniy faoliyatlar sohasiga, shu jumladan, ta’lim muammosiga juda qiziqtirib qo‘ydi, to‘g‘rirog‘i, erkin ijodiy yondashuvni talab etmoqda. Ta’lim jarayoniga pedagogik texno-logiyalar qo‘llanilganda:
– pedagogik jarayonning natijaviyligi ta’minlanadi va asoslanadi;
– talab etilgan natijaga erishishni kafolatlash uchun fan va ama-liyotning eng so‘nggi yutuqlari qo‘llaniladi;
– pedagogik faoliyat ekstensiv (bekorga ko‘p kuch, vaqt va resurs sarflash) tarzida emas, balki ilmiy asosda tashkil etiladi;
– faoliyatni “to‘g‘rilash” bo‘yicha tadbirlarni kamaytirish maqsadi-da loyihalash va oldindan rejalashtirish ishlariga alohida e’tibor beriladi;
– ta’lim jarayonini rivojlantirish maqsadida zamonaviy axborot vositalaridan foydalaniladi.
Aytish mumkinki, bugungi kunda texnologiyalanuvchanlik inson faoliyatining tarkibiy qismiga aylandi. Ta’lim jarayonining samarasi va uning ilmiy maqbulligi
o‘zining yangi sifat darajasiga ko‘tarilmoqda.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyalar – bu ilmiy asoslangan didak-tik jarayon amalga oshiriladigan, samaradorligi va ishonchliligi yuqori bo‘lgan hamda ta’lim natijasiga erishishni kafolatlaydigan pedagogik fao-liyat. Pedagogik texnologiyani o‘qitish, tarbiya, rivojlantirish texnologiya-lari sifatida ham tavsiflash mumkin.
O‘qitish texnologiyasi (jarayon sifatida) pedagogik tadbirlar, amallar va usullar yig‘indisi bo‘lib, yaxlit didaktik tizimni tashkil etadi. Uni pedagogik amaliyotda joriy etilishi kafolatlangan ta’limiy natijaga erishishga olib keladi va unda ta’lim oluvchilar shaxsi rivojlanishini ta’minlaydi.
Bir qarashda bu qismlar har qanday o‘quv jarayoni uchun umumiy-lik kasb etadigandek tuyuladi, biroq pedagogik texnologiyalar quyidagi metodologik talablarga – texnologiyalanuvchanlik mezonlariga javob beradi1.
1. Konseptuallik – loyihalanayotgan pedagogik texnologiyalar mu-ayyan ilmiy konsepsiya – falsafiy, psixologik, didaktik hamda ijtimoiy-pedagogik jihatdan asoslanishi lozim.
Tizimlilik – pedagogik texnologiyalar pedagogik tizimning bar-cha jihatlarini – mantiqiy jarayonni, unsurlarining o‘zaro aloqasini, yax-litligini o‘zida
aksi ettirishi lozim.
Boshqaruvchanlik – o‘qitish jarayoni maqsadini tashxislash, reja-lashtirish, loyihalash imkoniyatlarini, natijalarini korreksiyalash uchun bosqichma-bosqich tashxislash, vosita va usullar o‘rnini muntazam al-mashtirishni taqozo etadi.
4. Samaradorlik – zamonaviy pedagogik texnologiyalar raqobat sharoitida mavjud bo‘ladi va natijalar bo‘yicha samarali, sarf (kuch, mehnat, vaqt – mualliflar) bo‘yicha eng maqbul bo‘lishi, o‘qitishning ma’lum andozasiga erishishni kafolatlashi lozim.
5. Takroriylik – loyihalangan pedagogik texnologiyalarning qo‘lla-nish doirasini boshqa ta’limiy muassasalarga, boshqa subyektlarga ko‘-chirish va kengaytirishni taqozo etadi.
Demak, har bir fan mavzusi uchun texnologik xarita tayyorlanishi, unda o‘qituvchi, talaba va o‘quv materiallari, vositalarining o‘zaro hara-katlari qadam-baqadam aks etishi lozim. Bunda subyektning xatti-hara-kati ma’lum o‘quv vaqti bilan ilgarilanadi. Boshqacha aytganda, o‘qituv-chi pedagogik jarayonga kirishishi uchun o‘zida didaktik masalalarni aniq tasavvur qilishi va berilgan vaqt doirasida talabaning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishi va boshqarishini texnologik xarita – loyiha asosida amalga oshiradi.
Shubhasiz, loyihalangan pedagogik texnologiyalar amaliyotga joriy etilsa, yakuniy natijani kafolatlashi lozim.
Pedagogik texnologiyalar o‘zining ta’lim amaliyotida qo‘llanilishiga ko‘ra uch iyerarxik darajaga ega:
1. Umumpedagogik texnologiyalar pedagogik tizim loyihasi sifatida mavjud bo‘ladi va ko‘proq muayyan mintaqa, ta’lim muassasasi, ma’lum o‘qitish bosqichidagi yaxlit ta’lim jarayonini tasniflaydi. Bu jarayon “o‘qituvchi – moddiy muhit – talaba” funksional tizim qonuniyatlariga te-gishli bilimlar asosida quriladi.
2. Xususiy predmetli pedagogik texnologiyalar “xususiy metodika” ma’nosida qo‘llaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig‘indisi sifatida bir predmet, sinf (audito-riya), o‘qituvchi doirasida qo‘llaniladi. Ular ko‘p hollarda “o‘qitish texnolo-giyalari” deb yuritiladi va ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirish yo‘lini aniq texnologiya bilan ko‘rsatib beradi.
3. Lokal (modulli) texnologiyalar o‘zida o‘quv jarayonining alohida qismlari, o‘quv elementlariga doir masalalarni aks ettiradi. Masalan, biror mavzuni o‘rganish uchun o‘nta o‘quv elementining ro‘yxati tashxislanuv-chan maqsad sifatida keltiriladi. O‘qituvchi shulardan ayrimlarini pedago-gik texnologiyaga murojaat qilgan holda talabalarning o‘zlashtirishiga sha-roit tug‘diradi, qolgan o‘quv unsurlari odatdagi metodika bilan ish ko‘r-ganligini payqash qiyin emas.
1. Pedagogik munosabatlarni xalqchillashtirish va demokratlashtirish asosida (E.N. Ilina, Sh.A. Amonashvili): pedagogik hamkorlik, haqchil-shaxsiy texnologiya va boshqalar.
2. O‘quvchi (talaba)lar faoliyatini jadallashtirish va demokratlash-tirish asosida xususiy metodik texnologiyasi, muammoli ta’lim, V.F. Shatalov tex-nologiyasi va boshqalar.
3. O‘quv jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish asosida (S.N.Lesenkov, V.P.Bespalko, V.D.Shadrikov, V.K.Dyachenko): dasturli ta’lim, tabaqali ta’lim, kompyuterli ta’lim va boshqalar.
Bu texnologiyalar birmuncha ommabop hisoblanib, bugun amaliyot-ga kirib ulgurganligi bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lishi mumkin. Yuqori-da ta’kidlanganidek, ular zamirida an’anaviy o‘qitish tizimi yotadi va uning imkoniyatlaridan foydalanish har bir pedagog uchun mas’uliyatli vazifadir.
Ta’lim jarayonida talabaning tutgan mavqeyi bo‘yicha pedagogik tex-nologiyalarni farqlash imkoniyati mavjud. Shu boisdan talaba mavqeyi va o‘rnini aniq belgilash muammosi ilmiy asoslanishi lozim: 80 daqiqalik o‘quv vaqti davomida talaba “obyekt”mi yoki “subyekt”?
Dastlab falsafiy lug‘atga murojaat qilgan holda subyekt va obyekt tushunchalarining mohiyatini belgilab olamiz.
Subyekt (yunoncha-subjectum) – 1) tashqi borliq (olam)ni bilishga intiladigan va o‘z amaliy faoliyati bilan unga ta’sir ko‘rsatadigan in-sondir; 2) qandaydir xususiyatlarni tashuvchi inson, shaxsdir.
Obyekt (yunoncha-objectum) – 1) bizdan tashqarida mavjud va biz-ning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan tashqi olam bo‘lib, bilishning, shu-ningdek, subyektning amaliy ta’sir predmeti hisoblanadi.
2) qaysidir faoliyat yo‘naltirilgan predmet, hodisa.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyalarning muhim jihatlaridan bi-ri, ta’limiy jarayonda talaba tutgan mavqe, o‘qituvchining talabaga mu-nosabati hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan pedagogik texnologiyalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Avtoritar texnologiyada pedagog o‘quv-tarbiya jarayonining yagona subyekti hisoblanib, talaba bor-yo‘g‘i “obyekt”, bo‘ysunuvchi shaxs. Bu texnologiya talaba tashabbuskorligini va mustaqilligini chegaralab qo‘yishi jarayonning qat’iyatliligi bilan ajralib turadi.
2. Didaktikoqentrik texnologiyada ham “subyekt” nisbati o‘qituv-chi va talaba faoliyatida ustunlikka ega bo‘lish bilan birga didaktik vo-sitalar asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Bu yerda talaba shaxsiga, uning namoyon bo‘lishiga mutlaqo e’tibor qa-ratilmaydi, ta’lim-tarbiyadan ustuvor hisoblanadi. Didaktikoqentrik tex-nologiyalar texnokratik tavsifga ega, u vositaning maqsadi texnikaning inson qadriyatlari ustidan ustunligi qoidasiga bo‘ysunadi.
3. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar aynan shaxs manfaatini qa-noatlantiradi, mamlakatimizda belgilangan ta’lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi – mustaqil fikrlovchi shaxslarni shakllantirishga keng imko-niyatlar yaratadi, milliy ta’lim modeli tuzilmasiga mos keladi. Uning aso-sida talaba shaxsi nafaqat subyekt, balki ustuvor obyektga aylanadi, rivojlanish uchun daxlsiz, ziddiyaqiz sharoitlar ta’minlanadi. O‘qituvchi va talabaning teng hamkorligi butun o‘qitish davrida kuzatiladi: mavzu maqsadini ishlab chiqish, mazmunini saralash, jarayonni boshqarish, baholash ijodiy harakatga aylanadi.
Demak, o‘zida aniq o‘rnatilgan didaktik masalalarni va ularni yechish texnologiyalarini mujassamlashtirgan pedagogik tizim shaxsga yo‘naltiril-gan ta’lim hisoblanadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim barcha turdagi ta’-limlarni yo‘naltirish bo‘yicha integraqiyalashni taqozo etadi. Integral pe-dagogik texnologiyalar, o‘z navbatida, talabalarning mustaqil fikrlashini ta’minlashga kafolat beradi1.
|
| |