Pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari




Download 129,05 Kb.
bet10/29
Sana20.05.2024
Hajmi129,05 Kb.
#246258
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
diplom ishi (11)

Pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari
O‘qitishga texnologik yondashish, ya’ni o‘quv jarayonini ishlab chi-qarish jarayoni kabi takrorlanuvchan tavsifga ega bo‘lishini ta’minlash-ga oid dastlabki izlanishlar asrimizning 50-yillarida amerikalik pedagog olimlar tomonidan olib borilgan. Xususan, “o‘qitish texnologiyasi” ibo-rasi ham, birinchi marta amerikalik olim Skinner tomonidan ishlatilgan. U o‘qitish texnologiyasi – psixologiya fani yutuqlarini amaliyotda qo‘l-lashdan iborat deb ta’riflagan2. Pedagogik aloqalar va texnologiyalar as-soqiaqiyasi matnlar qo‘mitasi professori Golbrayt esa, pedagogik texnologiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “O‘qitish texnologiyasi – ilmiy va boshqa bilimlarni amaliy masalalarni hal etishda siste-mali ravishda qo‘llashdan iborat”3. Albatta, bu ta’rifni ham mutlaqo to‘g‘ri deb bo‘lmaydi, chunki jahon pedagogikasida pedagogik texnologiya tushunchasining 12 xil ta’rifi mavjudligi ham ma’lum. Bular orasida YuNESKO tomonidan berilgan quyidagi ta’rif pedagogik texnologiyaning tub mohiyati va uning barcha jihatlarini ochib beradi: “Pedagogik texnologiya ta’lim shakllarini maqbullashtirish uchun inson va texnika resurslarini hamda ularni o‘zaro ta’sirini e’tiborga olgan holda o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlashning sistemali metodidir1.
O‘quv jarayonida zamonaviy texnika vositalarini qo‘llash tarafdorlari ta’lim sifatini yangilash aynan shu vositalarga bog‘liq, deb hisobla-ganlar. Ishlab chiqilayotgan tegishli metodik tavsiyalar ta’lim jarayonida texnik muhitni yaratishga, ya’ni texnologiya tushunchasini o‘qitish ja-rayoniga tatbiq etish masalalariga qaratildi. Natijada, dastlab “kompyu-ter texnologiyasi” va “yangi axborot texnologiyasi” kabi tushunchalar vujudga keldi. Bu texnologiyalar pedagogik texnologiyani amalga oshi-rishda zamonaviy texnik vosita sifatida qo‘llanila boshlandi.
B.Blum tadqiqotlarida esa bu ko‘rsatkich 75 foiz chegarasida aniq-langan. Bundan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayonini pedagogik texnolo-giyalar asosida tashkil etish natijasida o‘quv materialining asosiy qismi ta-labaning mustaqil o‘zlashtirishiga o‘tkaziladi va demak, dars soatlari keskin kamayadi. Bu bilan, birinchidan, bilish jarayonida talaba faolligi va mas’uliyati oshadi, ikkinchidan esa, professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalari ham me’yorlanadi.
Pedagogik texnologiyalar, avvalo – umumpedagogik maqsadlar fan va mavzular miqyosidagi aniq o‘quv maqsadlariga ajratiladi, ularga mu-vofiq holda oraliq, yakuniy baholash va talabalarning mustaqil o‘zlash-tirishlari bo‘yicha topshiriqlar tuziladi. O‘quv maqsadlari, topshiriq (test)lar va yakuniy natija oldindan belgilangandan so‘nggina o‘quv jarayoni bosh-lanadi. Uning asosiy mazmuni aniq belgilangan yakuniy maqsadga to‘la-to‘kis erishishga yo‘naltiriladi. Bunda o‘qituvchiga test yoki boshqa tur-dagi topshiriqlardan, o‘quvchilar bilish jarayonini faollashtiruvchi turli didaktik konstruksiyalar va vositalardan foydalanish erkinligi beriladi. Eng muhimi, yakuniy natijaga erishish kafolatlansa bo‘lgani. O‘qitish natijalariga qarab, o‘quv jarayoni mazmuniga va aniqlashtirilgan (xususiy) o‘quv maqsadlarga tuzatishlar kiritilib boriladi. Bu esa, bo‘lajak o‘quv jarayonini loyihalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Haqiqatan ham, AQShda yaratilgan va YuNESKO tomonidan ma’-qullangan pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan jahondagi 27 dan ziyod mamlakatlar o‘quv jarayonida AQShdagiga juda yaqin natijalarga erishmoqdalar. Xususan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiyalar bo‘-yicha o‘qitilgan 5000 o‘quvchi-talabaning 75 foizi an’anaviy usulda o‘qi-ganda faqat eng yuqori o‘zlashtiruvchi o‘quvchi-talabalargina erisha ola-digan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganlar. Ba’zi mamlakatlarda esa bunday ko‘rsatkich ulushi 80-85 foizni tashkil etadi.
Biz bixeviorizm va B.Blum taksonomiyasiga asoslangan pedagogik texnologiyalar haqida fikr yuritishga harakat qildik. Bundan tashqari, shaxsning effektiv sohada rivojlanishini ta’minlovchi, ijodiy fikrlash qobiliya-tini rivojlantiruvchi o‘qitishning individuallashganligi bilan ajralib turuvchi Kyoller sistemasi kabi o‘qitish texnologiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni jo-riy etilishi mamlakatimiz o‘quv yurtlaridagi kadrlar tayyorlash jarayoni mazmunini yanada boyitib, uni jahon andozalari bilan uyg‘unlashuviga, shu bilan birga, mustaqillik mafkurasi, o‘zbek xalq pedagogikasi va milliy an’analarga xos va mos bo‘lgan pedagogik texnologiyalarni yaratishga nazariy va amaliy asos bo‘ladi, deb o‘ylaymiz1. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslarini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin:

    1. Pedagogik muammo yechimining ilmiy asoslanganligi;

    2. Pedagogik jarayonning asosiy obyekti hamda subyekti hisoblan-mish tahsil oluvchilarning ongli, faol o‘quv bilish faoliyatlarining ta’-minlanganligi;

    3. Olingan natijaning sifat va samaradorligi nisbatan yuqoriligi;

    4. Olingan natijaga ortiqcha vaqt, zo‘riqish vositalari va shu kabilar sarflanmaganligi;

    5. Pedagogik texnologiyalar ijodiy izlanishlar mahsuli bo‘lib, ma’-lum yangilikka egaligi va uzoq muddatlar davomida qo‘llanish imkoni-yatlarining mavjudligi;

    6. Pedagoglar ommasi tomonidan e’tirof etilib, oson o‘zlashtirilishi va amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq etilishi kabilardir.

Agar ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘zlangan natijaga nisbatan ko‘p vaqt, zo‘riqish kuchlari, materiallar, vositalar kabilar sarflash hisobga olingan bo‘lsa, bunda qo‘llanilgan texnologiyani samarali, ilg‘or deb bo‘lmaydi. Samarali, ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy unsurlari (ta’lim mazmuni, didaktik maqsad-lar, ishtirokchilari, tashqi ta’sir etuvchi omillar, amalga oshirish shart-sharoitlari kabilar)ni har tomonlama hisobga olgan, ijodiy izlanishlar na-tijasidir. Ilmiy-amaliy manbalarning tahlili va shaxsiy tajribalarimizga asoslangan holda quyidagilarni ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorli-gini oshiruvchi omillar sifatida ko‘rsatib o‘tamiz.
1. Ta’lim standartlari doirasida bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruv-chi va chuqurlashtiruvchi o‘quv unsurlari mazmunining yaxlit tugal ti-zim holida mujassamlashtirib o‘rganish;
2. Axborot ko‘lami qisqa vaqt ichida shiddatli oshib borayotgan bir paytda amaliy jihatdan muhim o‘quv materiallariga tayanch nuqtalar sifa-tida qarab, ularni tahsil oluvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishiga katta ahamiyat berish;
3. Har bir mavzu, bilim va o‘quv unsurini o‘rganishda yangi kiritilayotgan yoki avvaldan ishlatilgan, lekin mohiyati tahsil oluvchilar to-monidan anglanmagan tushunchalar, iboralar va so‘zlarning mohiyati va mazmunini izohlab, tushuntirish;
4. Muammoli va dasturli ta’lim unsurlaridan keng ko‘lamda foyda-lanish;
5. Ishlab chiqarish jarayonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qizi-qarli, muammoli vaziyatlar tarzidagi masalalarni yechish;
6. Tahsil oluvchilarning mustaqil izlanuvchan o‘quv bilish faoliyat-larini oqilona tashkil etib, unga rahbarlik va muntazam rahbarlik qilish usul va vositalaridan foydalanish;
7. Tahsil oluvchilarni o‘qib-o‘rganishga undovchi, uni hayotiy ehti-yoj darajasiga ko‘taruvchi omil (xususiy metodik , munozara, bir-birini nazorat qi-lib, baholash kabi)lardan keng ko‘lamda foydalanish;
8. Fan, texnika taraqqiyotiga oid yangiliklar va ilg‘or ishlab chiqa-rish texnologiyalarining ilmiy asoslarini aniq misollar yordamida ko‘rsatish;
9. Ta’lim-tarbiya ishini loyihalashtiruvchi, amalga oshiruvchi va na-tijalarini nazorat qilib, baholash yo‘li bilan yanada takomillashuviga erishadigan ijodiy izlanuvchan pedagoglarni tayyorlash, ularni oqilona ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar.
Yuqoridagi fikrlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar ma’lum yangiliklar, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ilmiy-nazariy va amaliy izlanish natijasi ekanligi ayon bo‘ladi. Shunday ekan, zamonaviy peda-gogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini ishlab chi-qish dolzarb vazifa sanalib, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish muammolari bo‘yicha olib boriladigan umumiy va amaliy tadqiqotlarga keng yo‘l bergan holda ushbu nazariya mohiyatini to‘laqonli aks ettiruvchi pedagogik terminologiya shakllantirilishini taqozo etadi. Bugungi kunda nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslangan umumiy ishlanmalarning mav-jud bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, umuman nazariy bazaga ega bo‘lmasdan turib, bu muammolarni hal etish mumkin emas.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariyasi va uni ta’lim jara-yonida qo‘llash muammolariga bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko‘lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish mexanizmini bilish ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va metodlarini aniqlash imkonini be-radiki, buni nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir1.
Modellashtirish borliqni bilvosita o‘rganishga asoslangan ilmiy usul-dir. U moddiy va g‘oyaviy bo‘lishi mumkin. «G‘oyaviy modellar g‘oya shaklida mavjud bo‘lishi mumkin».
Albatta, pedagogik texnologiyalar g‘oyaviy modellar bilan ifodala-nadi. XX asrning uchinchi choragida pedagogika fanining taraqqiyoti g‘oyaviy modellarni qo‘llash bilan xarakterlanadi. Bu keyinchalik pedagogik texnologiyalarning shakllanishiga asos bo‘lgani tabiiy hol. Pedagogik jarayonning murakkab qonuniyatlarini ifodalashda g‘oyaviy modellashtirish keng imkoniyat yaratmoqda.
Uchinchidan, har qanday ishlab chiqarishdagi singari natija zamonaviy pedagogik texnologiyalar ning bosh mezonidir. Ta’lim-tarbiya jarayonining modeli, kafolati natija bilan o‘lchanadi. Shuning uchun olingan natijaga asosan pedagogik jarayonni baholash, muvofiqlashtirish zamonaviy pedagogik texnologiyalar ning asosiy amaliy maqsadidir.




Download 129,05 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Download 129,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari

Download 129,05 Kb.