Partiyalarning vakillik organlari faoliyatidagi faoliyatida ma’naviyat masalalari




Download 0,76 Mb.
bet11/38
Sana21.03.2017
Hajmi0,76 Mb.
#504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
2. Partiyalarning vakillik organlari faoliyatidagi faoliyatida ma’naviyat masalalari.
Bugungi kunda demakratik jarayonlarni saylovlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Saylovlar fuqorolarning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lib, ushbu huquq orqali ular davlat boshqaruvida ishtirok etadilar va fuqorolik faolliklarini ko‘rsatadilar. Saylovlarning ahamiyati to‘g‘risida Prezidentimiz to‘xtalib o‘tar ekan quyudagi fikrlarni bildiradilar: “saylovlar jarayonida xar qaysi davlat xar qaysi jamiyat xilma-xil fikrlar, odamlarning hoxish-irodasi orzu umidlari ijtimoiy kayfiyatlari ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga xar qanday siyosiy harakatlar va kuchlar saylovga tayyorgarlik ko‘rishi o‘z platformalarini belgilab olishi, bularning barchasi tabiiy xoldir. Busiz o‘zi hayot ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.”1

Demakratik davlatning asosiy belgilaridan biri bu parlamentni ko‘ppartiyaviylik tamoyili asosida tashkil etilishidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlar asosida shakllanar ekan, bu jarayon siyosiy partiyalarnin ishtirokisiz amalga oshmaydi. “Siyosiy partiyalarni parlamentni shakllantirishdagi ishtiroki ularning asosiy elektoral funksiyasi yo‘lida hizmat qilib, bu uning davlat xokimiyatini egallash v amalga oshirish uchun mo‘ljallangan tashkilot sifatidagi mohiyatini belgilab beradi. Demakratik jamiyatda ushbu maqsadga faqatgini qonuniy yo‘l bilan erishish, ya’ni siyosiy partiyalarning saylovlarda, avvalambor, markaziy davlat institutlarida davlat boshlig‘i va parlamentni shakllantirishda qatnashishi bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.” 2

Respublikamiz siyosiy partiyalarining Qonunchilik palatasi saylovlarida ishtiroki 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Oliy Majlisga saylov to‘g‘risida”gi qonuni bilan kafolotlangan. Ushbu qonunning 1-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) besh yil muddatga saylanadigan 150 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati xududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi”1.

Ushbu qonunda siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi, nomzodlarning ro‘yxatga olish tartibi va saylov jarayonlarida siyosiy partiyalarga teng imkoniyatlar yaratilishi belgilandi. Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiiga sayloviga oid vakolatlarning eng asosiysi ularning nomzodlar ko‘rsatish xuquqiga ega ekanligidir. Bunday vakolat O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (12 modda) va O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlis saylov to‘g‘risida”gi (20 modda) qonunlarida mustaxkamlangan.

O‘tgan yillar davomidagi saylovlarda nomzodlar ko‘rsatishga doir qonunchilikdagi o‘zgartirishlarga e’tibor bersak, ular toboro siyosiy partiyalarning saylovlardagi ishtirokini mustaxkamlab borayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bu holat siyosiy partiyalarning saylovlarda haqiqiy raqobat olib borishi uchun zamin tayyorlaydi. 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlis saylov to‘g‘risida”gi qonuni 20- moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqiga Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari ham ega edi.2 Siyosiy partiyalarning saylovlardagi ishtiroki etish huquqi 2008 yil 25 dekabrda Prezidentimiz tomonidan yangi “Saylov to‘g‘risidagi qonun xujjatlari takomillashgani munosabati O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchchalar kiritish haqida” gi qonuniga imzo chekishi yanada kengayishiga olib keldi. Ushbu qonunga ko‘ra saylov jarayonlarida tashabbuskor guruxlarning ishtiroki bekor etildi.

Chunki tashabbuskor guruhlari tomonidan nomzodlar ko‘rsatish yildan-yilga takomillashib borayotgan ko‘ppartiyaviylik tizimida samarasiz institutga aylanib qoldi. Bu institut bekor qilingunga qadar bo‘lgan oxirgi saylovlarda mustaqil deputatlar siyosiy partiyalar bilan raqobatlasha olmadilar. Mustaqil deputatlar guruxlari to‘g‘risida professor Akmal Saidov to‘xtalar ekan, o‘z fikrlarini quyudagicha bayon etadi: “parlament saylovlari shuni ko‘rsatadigi, mustaqil nomzodlarning aksariyati saylovlarda qatnashish tajribasiga ega emaslar. Ularning etarli darajada yo‘lga qo‘ygan saylov kompaniyasini o‘tkazish mexanizmi ham yo‘q. Siyosiy partiyalar bu borada ulardan ustundirlar. Mustaqil nomzodlarning aksariyati siyosat bilan yaqindan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaganliklari uchun ularning professional siyosatchilar bilan raqobatlashishi va keyinchalik parlamentda o‘z manfaatlarini qat’iyatlik bilan himoya qila olishlarini qiyinlashtiradi”1.

Mamlakatimiz saylov jarayonlarida fuqorolar tashabbuskor guruhlari tomonidan nomzodlar ko‘rsatish institutini bekor etilishi siyosiy partiyalar uchun ham imkoniyat ham mas’uliyat sifatida baxolashimiz mumkin.

Evropa va dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarida davlat xokimiyatining barcha jabhalarida faoliyat yuritayotgan davlat va jamoat arboblari partiyalardan etishib chiqadi. AQSH da prezident saylovlarida g‘alaba qozongan prezident bo‘shab qolgan ikki yarim mingdan ziyod davlat mansablarini aksariyatiga o‘z partiyasining tavsiyasi bilan kadrlarni tanlab oladi. CHunki ushbu shaxslar partiyaviy raqobatlar natijasida o‘zini shaxsiy va ilmiy saloxiyatlarini qo‘rsatishga erishib, siyosiy jixatdan etuk darajada tarbiyalanadi. Mamlakatimizning mavjud partiyalarida ham barcha sohalarda halol raqobat va munozaralar tizimli ravishda tashkil etilmasdan turib g‘oyaviy va siyosiy jihatdan etuk arboblarni shakllantirish mumkin emas.

Saylovoldi tashviqoti davrida saylovchilarga beriladigan nomzodlar va ularning dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniq ravshan bo‘lishi zarur. Ular o‘z dasturlarida siyosiy, iqtisodiy masalalar bilan qatorda ma’naviy-ma’rifiy dasturlarini ilgari surishlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda siyosiy partiyalarning muvaffaqqiyatli ishtiroki Qonunchilik palatasidagi partiyalar faoliyatiga yo‘l ochib beradi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida siyosiy partiyalar ishtiroki esa har bir rivojlangan demakratik-huquqiy davlat parlamentida siyosiy partiyalar faol ishtiroki muqarrar bo‘lgani kabi tabiiy va muhim xodisadir. Chunki siyosiy partiyalar siyosiy tizimning markaziy bo‘lagi sifatida ijtimoiy-siyosiy tizim yoki xayotda muhim o‘rin egallaydilar.”1

Ko‘ppartiyaviylik tizimi amal qilayotgan davlatlarda parlament xar doim o‘z tarkibiga ko‘ra partiyaviyy xususiyatga ega bo‘ladi. Zero, ushbu xolatda, “siyosiy partiyalarsiz parlamentarizm qurib bo‘lmaydi” degan mashxur aqida amal qiladi.2 Zotan demakratik huquqiy davlatda parlament shakllanish shakli sifatida ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilgan saylov yagona maqsadi bo‘lgan yo‘l bo‘lganidek, parlament tashkil etilishi va faoliyatida ham siyosiy partiyalar va ularning birlashmalari o‘rni va ahamiyati yuqori bo‘ladi. Siyosiy partiyalarning parlament faoliyatidagi ishtiroki shaklini quyudagicha tasniflab, tadqiq etish maqsadga muvofiq:


  • ciyosiy partiya vakillarining parlamentdagi faoliyati;

  • ciyosiy partiya vakillari birlashmalari (deputalik birlashmalari, guruxlari,fraksiyalari) ing parlamentdagi faoliyati;

bir necha siyosiy partiyalar fraksiyalarining birgalikdagi faoliyati. Bunda siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarini amalga oshirishda ularning mustaqilligi cheklab qo‘yilmaydi.3

Hozirda Respublikamizda mavjud siyosiy partiyalar 2009 yilgi saylov yakunlari bo‘yicha 53, XDP 32, Milliy Tiklanish 31, Adolat SDP 19 nafar deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lib o‘z fraksiyalarini tuzishga erishdilar. Ular Qonunchilik palatasidagi faoliyati davrida partiya maqsad va vazifalari, dasturlaridan kelib chiqgan xolda ish yuritadilar. Respublikamiz OAVni kuzatib borsak, Qonunchilik palatasidagi qonunlar muxokamasi paytida fraksiyalar qonun loyixalari partiyalar dasturlariga qanchalik mosligi nuqtai nazaridan qarashlari quchayib bormoqda. Misol uchun Qonunchilik palatasida o‘tgan oylarda muxokama etilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyixasini oladigan bo‘lsak, O‘zLiDeP bu loyixaning tadbirkorlik su’bektlariga moddiy jixatdan zarar etkazmasligi uchun takliflar bersa, XDP bu xolatda axolining ma’naviy qiyofasiga ta’sir etmasligi masalasini ko‘tardilar. Bu jarayonlar parlamentimizning rivojiga hizmat qilish barobarida qonunlarning puxta yaratilishi uchun ham foydalidir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasisidagi siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganib chiqib, ularning Qonunchilik palatasisining vakolatlarini taxlil etish barobarida bir necha asosiy yo‘nalishni ko‘rsatish mumkin.

Qonunchilik soxasidagi faoliyati. Siyosiy partiya fraksiyalarining Qonunchilik jarayonidagi ishtiroki aloxida ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonunchilik faoliyatining asosiy funksiyasi xisoblanadi. ushbu jarayonni uzoq muddatli va murakkab jarayonligini inobatga olib, fraksiyalarning qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini bu borada ko‘rsatish mumkin. Fraksiyalarning qonun ijodkorligi soxasidagi ishtirokini uning ishtirokchilari doirasiga qarab quyudagi yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin.

- Qonunchilik tashabbusi huquqqidan foydalanib, saylov oldi dasturida e’lon qilingan ma’naviyat, ma’rifat sohalariga doir yangi qonunlar loyihasini fraksiya a’zolari tomonidan ishlab chiqish,

- Biror bir qo‘mita tomonidan muxokama etilayotgan qonun loyixalarini xalq ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini nazarda tutgan holda fraksiya tomonidan muxokama etilishi,

- Qonunchilik palatasida muxokama etilayotgan qonun loyixasi yuzasidan ma’naviyat, meros, milliy o‘zlikni anglash masalalarini nazarda tutgan holda fraksiya taklifini kiritish,

- Muayyan bir qonun muxokamasi yuzasidan kelishuv komissiyasi tuzish masala kiritish.1

YUqoridagi masala borasida parlamentimizdagi fraksiyalar faolitida ko‘rib o‘tsak, Adolat SDP fraksiya tomonidan 2006 yil davomida 30 dan ortiq qonun loyixasini tayyorlagan bo‘lsa, 2007 yil davomida 44tani tashkil etdi.2008 yil davomida esa fraksiya tarafidan 19 ta qonun loyixasi bo‘yicha takliflartayyorladi va tegishli qo‘mitaga taqdim etdi.2008 yil davomida Milliy Tiklanish DP a’zolari tomonidan 60 ga yaqin qonun loyixalari o‘ztakliflari bo‘yicha faol ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirdi. Jumladan, Azamat Ziyo “Muzeylar to‘g‘risida” gi Qonunni qonunchilik tashabbusi huquqi bilan kiritdi va ushbu qonun qabul qilindi.

Tashkiliy masalarni tayyorlash va xal etishga doir vakolatlari. Qonunchilik palatasi majlislarining kun tartibida muxokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqib tartibi va moxiyati yuzasidan, takliflar hamda fikr muloxazalarni kiritishga haqlidir. Fraksiya va deputatlik guruxlari navbatdan tashqari majlis chaqirishni talab etishlari va Oliy Majlisning qo‘shma majlisini chaqirish vakolatlariga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglameti 3- modda) ham egadir.

Parlament nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolatlari. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mavjlislarida davlat xokimyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari va ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslangan tushuntirishlar berish yoki O‘zbekiston nuqtai nazarini bayon bayon qilish talabi bilan bilan chiqishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi fraksiyalarining xukumat a’zolarini va ularning faoliyati masalalari yuzasidan chiqish qilish masalasini qo‘yish huquqi ham mavjuddir.

Qonunchilik yuzasidan nazorat taxlil olib borish. Bu ham partiya fraksiyalarining muxim yo‘nalishi bo‘lib, bu faoliyat orqali siyosiy partiyalar fraksiya joriy qonunlarning qanchalik ijro yuetilayotganidan xabardor bo‘ladidlar.

Siyosiy partiyalar fraksiyalarining fuqorolar bilan bevosita faoliyati bo‘lib, unga aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, saylovchilar bilan uchrashishlar o‘tkazish hamda fuqorolarning murojjaatlariga javob berishi kabi soxalar kiradi. Fraksiyalarning bu faoliyatini o‘tgan davriga nazar tashlasak, 2008 yilda O‘zbekiston XDP tomonidan saylovchilar bilan mamlakatimizda olib borilayotgan isloxotlar axamiyatini tushuntirish va ularning bugungi kundagi muommolarini o‘rganish va hal etish maqsadida 735 ta uchrashuv tashkil etilgan. Deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va saylov okruglarida 1266 nafar fuqoro qabul qilingan bo‘lsa, Milliy Tiklanish DP fraksiya a’zolari saylovchilar bilan 800 marta uchrashuvlar o‘tkazib, 495 fuqoroni qabul qilgan. O‘zbekiston Adolat SDP fraksiya tomonidan 231 uchrashuv o‘tkazilib, deputatlar 179 nafar fuqoroni murojaatlariga javob berganlar.

Dunyodagi demakratik fuqorolik jamiyatlarida xokimiyatning bo‘linish tamoyiliga asoslangan davlat qurilishiga o‘tilgan. Hokimiyatning nisbatan mustaqillik asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga bo‘linadi. Respublikamizda ham hokimiyatning bo‘linish prinsipini izchil amalga oshira borib, davlat xokimiyati tizimida chuqur isloxotlar qilindi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va demakratik xuquqiy davlvlat barpo etish jarayonidagi eng muxim vazifalardan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish bo‘lsa, ikkinchi muxim vazifa Respublikamizda davlat hokimiyat ining vakillik va fuqorolar ning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yangi mustaqillik sharoitiga mos keladigan tizimini yaratish edi. “O‘zbekiston Respublikasi maxalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 1992 yil yanvardan boshlab viloyat, tuman va shaxarlarda joylarda vakillik xamda shjroiya boshqaruviga raxbarlik qiluvchi xokimlik lavozimi tashkil etildi. Bundan tashqari maxalliy davlat xokimiyatibilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish uchun 1993 yil 2- sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Maxalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va boshqa soxaga doir xujjatlarda belgilangan bo‘lib, ular quyudagicha tizimlaniadi:


  • O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisi –O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat vakilik orgoni bo‘lib, qonun chiqaruvchi xokimiyatni amalga oshiradi.

  • Qoraqolpg‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qoroqolpg‘iston Respublikasidagi butun davlat apparatining yagona va doimiy asosi bo‘lib, u davlatni boshqa organlarini saylaydi yoki tuzishda ishtirok etadi, ular faoliyati ustidan nazort olib boradi. Jo‘qorg‘i Kengesi davlat hokimiyat ining oliy organi sifatida Qoroqolpg‘iston Respublikasi ixtiyoriga berilgan barcha masalalarni o‘zi hal etish huquqiga ega.

  • Xalq deputatlari viloyat. Tuman va shaxar Kengashlari– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga ko‘ra, viloyatlar , tumanlar va shaxarlarda xokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyat ning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqorolarning manfaatlarini ko‘zlab, o‘zvakolatlariga taalluqli masalalarni xal etadilar.

Respublikasimizdagi vakillik organlarini bunday tartibda tizimlashtirilishi mamlakatmizning xududlariga va tarixiy boshqaruv shakllarimizga qarab amalga oshirildi.

Qoraqolpg‘iston Respublikasida Jo‘qorg‘i Kengesi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, u qonun chiqaruvchi xokimiyatni ifodalaydi. Jo‘qorg‘i Kengesi xududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan deputatlardan iborat. Saylovlarda siyosiy partiyalardan ko‘rsatilayotgan nomzod albatta ushbu xududda yashashi yoki ishlashi zarur xisoblanadi. Jo‘qorg‘i Kengesining birinchi majlisi saylovdan ikki oy kechiktirilmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.

Malumki, Qoroqolpg‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi o‘z vakolatlari doirasidagi barcha qonunchilik va nazorat ishlarini olib boradi. Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari ko‘ppartiyaviylik asosida saylangani bois undaga partiya guruxlarining ishtiroki xam Konstitutsiyaning 84-moddasida quyudagicha ko‘rsatib o‘tilgan: “ Qoroqolpg‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tarkibiga Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, uning o‘rinbosarlari, Jo‘qorg‘i Kenges qomitalari va komissiyalarining raislari, Qoroqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya guruxlarining raxbarlari kiradi.”1

Qoraqolpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining barcha siyosiy partiyalari xududiy tashkilotlari mavjuddir. Ular siyosiy hayotning ajralmas bo‘lagiga aylanib borayotganini xisobga olib, Qoraqolpog‘iston Respublikasi xududida ham partiyaviy raqobatni kuchaytirish maqsadida Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya guruxlarining faoliyatini kuchaytirish zarurati tug‘iladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83- moddasiga ko‘ra o‘zdavlat xokimyatining oliy organi orqali Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir. Lekin mamlakatimizda ikki palatali tizim shakllangandan beri Qonunchilik tashabbusi eng passiv sub’ektlarilardan biri Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi xisoblanadi. Bu bir tarafdan ushbu vakillik organining siyosiy jixatdan axamyatini tushiradi. Bugungi kunda Qoraqolpog‘iston Respublikasida axolining ijtimoiy-iqtisodiy va ayniqsa ekologik muommolari ko‘payib borayotganini xisobga olib Jo‘qorg‘i Kengesida partiya guruxlarining xuquqiy maqomini oshirish hamda ular orasidagi raqobatni kuchaytirish zaruriy omilga aylanmoqda. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi faoliyatida partiya guruxlari ishtirokining kengashishi ushbu respublikada qabul qilinayotgan qonunlarning mukammalligiga xizmat qilish barobarida, ikinchi tarafdan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlariga mosligini yanada takomillashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasida mahalliy vakilik organlari juda muhim axamiyatga ega bo‘lib, ular axoliga eng yaqin xisoblanuvchi va ta’sirchan xususiyatli davlat organidir. Mamlakatimizda oxirgi yillarda maxalliy davlat xokimiyati vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalarning rolini oshirish maqsadida qator choralar qko‘rilmoqda. Jumladan, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining qabul qilinishi ayniqsa bu boradag xqarakatlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Qonunning qabul qilinishi bir tomondan xukumat va mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlarining mas’uliyatini oshirsa, ikkinchi tomondan siyosiy partiyalarning markazda va joylardagi faoliyatini yanada jonlantiradi. Ushbu qonunning 6 moddasida belgilab berilgan viloyat va Toshkent shaxar xokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi tegishli Xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruxlarining vazifalarini oshirib, ularning zimmasiga yanada faol ishtirok etishni yuklamoqda. Viloyat va Toshkent shaxar Kengashlaridagi partiya guruxlarining nazorat qilish vazifalari samaradorligini oshirish maqsadida tegishli xokimlarning qoniqarsiz faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish xuquqinin Konstitutsiyaviy qonunga kiritilishi partiyalarning joylardagi ijro xokimiyatiga ta’sir o‘tkazishning qonuniy sharoitlarini yaratdi. Bu tizim orqali endilikda markazda va joylarda siyosiy partyalar faoliyati tubdan o‘zgarib, axoli o‘rtasida partiyalarga bo‘lgan musosabatlarni jiddiylashtiradi. Siyosiy partiyalarning joylarda maxalliy davlat hokimiyati vakillik organlaridagi faol ishtiroki jamiyatimizda olib borilayotgan demakratik isloxotlarning amalga oshirishni yanada jonlantirib, mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqorolik jamiyatining tayanchini mustaxkamlashga xizmat qilishi shubxasizdir.

Bugun mamlakatimizda kechayotgan siyosiy jarayonlar, demakratik yangilanishlar siyosiy partiyalarning faoliyatini yanada jonlashtirishni talab etmoqda. Bu holat siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi faoliyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanib, ularning qonunchilik sohasidagi ishtirokini yanada kuchaytirishga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Respublikamizda so‘ngi yillardagi qonunchilikning takomillavshishi esa ular uchun zaruriy xuquqiy asoslarni yaratib berdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida haqiqiy professionallar jamlanganini va fraksilarning faoliyat doirasini kengaygani xisobga olib, endilikda faqat ulardan o‘z vazifalariga jiddiy yondoshgan xolda bugungi kun talabiga to‘liq javob beradiga qonunlarni ishlab chiqish talab etiladi.

Xulosa tariqasida aytish mumkinki, shaxs ma’naviyatini yuksaltirishda partiyalar o‘z faoliyatlari davomida quyidagilarni amalga oshirishadi, ularga doimiy ravishda amal qilishadi:

Birinchidan, o‘zlarining saylov oldi dasturlarida xalqning nozik tuyg‘ulariga ta’sir etuvchi g‘oyalarni o‘zida aks ettirishi lozim. Ularning ushbu istaklarini o‘zlarining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida, shuningdek parlamentdagi qonunchilik faoliyatidagi vakolatlari doirasida bajarishga intilishlari lozim;

Ikkinchidan, pariyaning dasturlarida xalqning orzu umidlarini, azaliy maqsadlarini aks ettirishi lozim;

Uchinchidan, jamiyat oldida turgan muhim ijtimoiy-siyosiy sohadagi vazifalar atrofida birlashtirish uchun ularni milllatparvarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazifalariga keng e’tibor qaratishi lozim;



  • To‘rtinchidan, globallashuv sharoitida ro‘y berayotgan “ommaviy madaniyat” singari tahdidlarganisbatan yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini, axloqiy bilim va tasavvurlarini, ma’naviy savodxonligini shakllantirish, milliy-ma’naviy qadriyatlar, ularning mazmuni, mohiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratish;

  • Beshinchidan, mustaqilllikni mustahkamlash bobida ma’naviyatga xavf tug‘diruvchi ichki omillar: mahalliychilik, tanish-bilishchilik, urug‘-aymoqchilik, poraxo‘rlik, bilimsizlik, madaniyatsizlik, milliy qadriyatlarni mensimaslik singari illatlarga qarshi kurasha olish xususiyatlarini shakllantirish ruhida tarbiyalash masalalariga keng e’tibor berish;

  • Oltinchidan, o‘zlarining xalq ommasi oldidagi chiqishlarida mustaqillikka xavf tug‘diruvchi tashqi omillar: diniy ekstremizm, aqidaparastlik, vaxobiylik, akromiylar, xizbut-tahrir, missionerlik, kosmopolitizm oqimlarining tahdididan o‘zini himoya eta olish va ularga qarshi kurasha olish ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash ishlariga ustuvor ahamiyat berishlari lozim bo‘ladi. Negaki biron bir jamiyat, davlat o‘z aholisi ongida madaniy meros, tarixiy xotira, milliy urf-odatlarini mustahkamlamasdan turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi.




Download 0,76 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Download 0,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Partiyalarning vakillik organlari faoliyatidagi faoliyatida ma’naviyat masalalari

Download 0,76 Mb.