Yalpi «Fikrlar hujumi». Bu metod J.Donald Filils tomonidan ishlab chiqilgan. U katta guruhlarda (20 dan 20 tagacha bo‘lgan) yangi g‘oyalar ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi. Barcha ishtirokchilar kichik kichik 5 – 6 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muaamo bo‘yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda o‘zaro «Fikrlar hujumi» o‘tkazadi. SHundan so‘ng har bir kichik guruh vakili o‘z guruhlarida ishlab chiqilgan g‘oya haqida axborot beradilar va o‘qituvchi rahbarligida jamoa bo‘lib unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi.
«Fikrlarning shiddatli hujumi» - destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bu metod E.A.Aleksandrov tomonidan taklif qilingan. G.YA.Bush tomonidan o‘zgartirilib yo‘lga qo‘yilgan dialogning mohiyati shundaki, kollektiv bo‘lib g‘oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va unga zid g‘oyalar qo‘yiladi.
Mashg‘ulot bosqichma bosqich quyidagi tarzda o‘tkaziladi:
1 – bosqich. Miqdor va psixologik muloqoti jihatidan maqbul kichik guruhlarni shakllantirish;
2 – bosqich. Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalash;
3 – bosqich. To‘g‘ridan – to‘g‘ri «Fikrlar hujumi» qoidasiga asosan har bir guruhda g‘oyalar ishlab chiqish;
4 – bosqich. G‘oyalarni tartibga solish vatasniflash;
5 – bosqich. G‘oyalarni destruktivlash, ya’ni amalga oshishi imkoniyatiga qarab baholash;
6 – bosqich. Avvalgi bosqichlarda bildirilgan tanqdiy mulohazalarga baho berish.
Akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida ko‘pincha boshqarma vakillari, rahbar xodimlari, metodistlar, o‘qituvchilarning darslariga kirish, darsni tahlil qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ko‘pincha bosh qotirishadi. SHu sababdan biz bu to‘plamga shu masala yuzasidan ba’zi bir tavsiyalarni kiritdik. Aslida, o‘qituvchining darsiga kirish va uni tahlil qilish, birinchi navbatda, darsga kirayotgan shaxsning qo‘ygan maqsadiga bog‘liq.
|