|
partiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini targ‘ib qilish
|
bet | 10/38 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #504 |
partiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini targ‘ib qilish;
aholining huquqiy va siyosiy madaniyatini shakllantirishda hamda saylovchilarda ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkaziladigan demokratik saylovlarda ovoz berish huquqidan ongli va mas’uliyatni his qilgan holda foydalanishga intilish ko‘nikmalarini tarbiyalashda ishtirok etish;
muhim ijtimoiy muammolarga jamiyat e’tiborini jalb etish hamda ularning partiya siyosiy platformasida ilgari surilgan hal etish yo‘llari haqida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirish;
partiya kelgusida navbatdagi parlament saylovlarida davlatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatining barcha bo‘g‘inlariga deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatiladigan yuqori malakali, huquqiy ma’lumotga ega hamda siyosiy faol a’zolar va partiya tarafdorlari siymosida siyosiy elitani (arboblarni) shakllantirish va tarbiyalash;
demokratik ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylovlarda - Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlaridan tortib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasigacha tuziladigan barcha darajadagi saylov okruglari bo‘yicha partiya nomzodlarini ilgari surish orqali o‘zining to‘laqonli ishtirokini ta’minlash;
tegishli vakolatli hokimiyat organlari faoliyatiga partiyaning belgilangan ta’sirini imkoniyat darajasida ta’minlash maqsadida partiya tomonidan ilgari surilgan nomzodlarning faol saylovoldi targ‘ibotini olib borish hamda saylovchilar bilan ishlashda qonunda belgilangan tartibda harakat qilish;
saylov natijalari asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va davlat xokimiyatining joylardagi vakillik organlarida partiya fraksiyalarini shakllantirish hamda ular orqali qonunda belgilangan tartibda partiyaning ijtimoiy tayanchi bo‘lmish mulkdorlar qatlami va partiyani qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar manfaatlarini ifoda etuvchi qonunlar va hukumat qarorlarini qabul qilishga qaratilgan siyosiy tashabbuslar bilan chiqish.
Hokimiyatning vakillik organlarida ko‘pchilikka ega bo‘lish O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy maqsadi emas, balki amaliy ustuvor yo‘nalishlari, dasturi hamda siyosiy platformasida aks ettirilgan strategik va taktik maqsadlariga erishish vositasidir.
Partiya jamiyat diqqat-e’tiborida turgan muammolarni aholining aksariyat qismi, birinchi navbatda, tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya etadigan, mustaqil O‘zbekistonning gullab-yashnashi, qadimiy diyorimizda istiqomat qiladigan har bir inson farovonligining muttasil o‘sib borishiga qaratilgan qarorlar qabul qilish jarayonida izchil faoliyat yuritadi.
|
| |