II. Ta'lim faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan motivlar.
Keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar: vatan, jamiyat, ota-ona va pedagoglar oldidagi burch motivlari.
O‘zligini anglash motivlari (ta'limning kelajakdagi ahamiyatini his qilish, bo‘lajak kasbiy faoliyatga o‘zini tayyorlash va b.) va o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish ( ta'lim asosida o‘z shaxsini kamol toptirish).
Tor doiradagi xususiy motivlar: maqtovga sazovor bo‘lish, yaxshi baho olishga intilish, tengqurlari orasida ajralib turish (xotirjamlik va farovonlik motivsiyasi), birinchi o‘quvchi bo‘lish, o‘z tengqurlari orasida munosib o‘ringa ega bo‘lish istagi (istiqbol motivatsiyasi).
Salbiy motivlar: ota-onasi, o‘qituvchilari, tengqurlari orasidagi ko‘ngilsizliklardan qochish (ko‘ngilsizliklardan qochish motivatsiyasi) .A.K. Markovaning fikriga ko‘ra, motivlar sirasiga asosan bilish-anglash hamda ijtimoiy motivlarni kiritish mumkin. Agar ta'lim jarayonida o‘quvchilarda o‘quv fani mazmunini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lsa, u holda bolada bilish motivlarining mavjudligini e'tirof etish mumkin. Agar o‘quvchida fanga nisbatan atrofdagilarga bo‘lgan qiziqish ustun bo‘lsa, demak, unda ijtimoiy motivlar yetakchi ahamiyat kasb etadi44.Bilish motivlariga bolaning ta'lim jarayonidagi o‘zini rivojlantirishga qaratilgan boshqalar bilan hamkorligi, hamjihatligi, noma'lumni, yangilikni bilishga bo‘lgan intilishlari nazarda tutiladi.
Yanada kuchliroq tashqi muhit bilan belgilanadigan quyidagi motivlar mavjud:
Biz fikr yuritayotgan motivlar ta'lim jarayoni natijalari va uning xarakteriga o‘zining salbiy ta'sirini ham o‘tkazishi mumkin. Ayniqsa, o‘quvchining ta'lim motivlari maqtov eshitish yoki moddiy manfaatdorlik asosiga qurilganligi tashqaridan qaraganda yaqqol namoyon bo‘lsa bu ta'sir kuchli bo‘ladi.
O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning barcha motivlari orasida ichki ta'lim motivatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
A.K.Markovaning fikriga ko‘ra, bilish va ijtimoiy motivlar turli xil darajaga ega.
|