• 1.1. Adobe photoshop dasturining tarixi haqida qisqacha ma’lumot
  • 1.2. Adobe Photoshop dasturi haqida ma’lumot
  • Kurs ishining dolzarbligi




    Download 2,56 Mb.
    bet3/8
    Sana27.05.2024
    Hajmi2,56 Mb.
    #254690
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    курс иши Hasanova Muqaddas Alisher qizi

    Kurs ishining dolzarbligi. Umummiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishni takomillashtirish, Photopshop dasturida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda, o‘quvchilarni mustaqil ishlashini tashkillashtirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
    Kurs ishining maqsadi: Umumiy o‘rta ta’limda Photoshop dasturini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil ishlashini tashkillashrish.
    Kurs ishining vazifalari:
    - Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va vazifalarini o‘rganib chiqish;
    - Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning mustaqil ishlashini tashkillashtirshda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish uslubiyoti va afzalligi (11-sinf);
    - PhotoShop dasturining imkoniyatlari;
    - “PhotoShopda ranglar bilan ishlash” mavzusi bo‘yicha o‘quvchilarni mustaqil ishlashini tashkillashtirish uchun innovatsion texnologiyalardadan foydalanish.
    Tayanch tushunchalar:
    Zamonaviy Axborot Komunikatsion texnologiyalari, innovatsion texnologiyalar, rang tizimlari.
    I. BOB. Adobe photoshop dasturi va uning imkoniyatlari

    1.1. Adobe photoshop dasturining tarixi haqida qisqacha ma’lumot


    Adobe Photoshop - Adobe Inc. firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilyotgan ko‘p funksiyali grafik redaktor. Asosan rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe firmasi mahsuloti sifatida mashhur va rastrli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng oldi brendi hisoblanadi.
    Hozirda Photoshop macOS, Windows platformalariga, iOS, Windows Phone va Android mobil tizimlariga moslashtirilgan. Yana Windows 8 va Windows 8.1 uchun Photoshop Express versiyasi ham mavjud. Adobe Photoshop tasvirlarni tahrirlashdagi proffesional redaktor hisoblanadi.
    Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, “Adobe” kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur bo‘lgan “Photoshop - 1.0” muallifini e’lon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, “kompyuter grafikasi” sohasi bo‘yicha eng oldingi o rinda turibdi va mustaqil dastur bo‘lib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari bo‘lgan.
    Hozir 41 ta muallifi e’lon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan. Ularning otasi fotograf bo‘lib, ular yerto‘lada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini o‘rgandi. Jonn esa eski “Apple”da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining ko‘pligi shu dasturni tuzishga sabab bo‘ldi.
    Dasturning boshlanishi 1987-yilgacha John Noll “Lucasfilm” firmasining Industrial Light and Magic (ILM) bo‘limida “Star Wars”ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Thomas bu vaqtda “Tasvirlar bilan ishlash” to‘g‘risidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Thomasning Apple Mac plus monitorli kompyuteri “Grayscale Images” tasvirini namoyon qilmadi. Thomas vaziyatni o‘zgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi. Qizig‘i shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini ko‘rgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Birinchi versiya 1987-yil Michigan universiteti talabasi Thomas Noll tomonidan Macintosh platformasi uchun yaratilgan. John o‘zining “Kompyuter grafikasi asoslari” kitobida shunday yozadi:
    “Men Thomas ishlarining natijasini ko‘rganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga o‘xshashligini ko‘rib hayron qoldim”.
    O‘shandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay John yangi sotib olgan rangli ekranli Macintosh II kompyuteriga Display dasturini ko‘chirishni taklif qildi. Jon display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va boshqalarni o‘ylab topdi. Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalg‘itdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt o‘tmay.
    Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini o‘ylab topdi va ishlov berish asboblar to‘plamini tuzdi. Keyinchalik bular “Plug-ins” deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va to‘yinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam bo‘ldi. O‘sha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda bo‘lgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da bo‘lgan. 1988-yilda Tomas “Display”ning nomini “ImagePro” deb o‘zgartirdi. Dastur o‘sha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni o‘ylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas o‘z dissertatsiyasini tugatmagan, to‘liq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga o‘xshash dasturlarni analiz qilishib, o‘z dasturlari “Image Pro” ni boshqalardan oldinga o‘tib ketganligini aniqlashdi.
    “Image Pro”dan “Photoshop”ga o‘tilishi
    Dasturni moliyalashtirish boshlandi. “Photoshop” atamasi qayerdan paydo bo‘lganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan “Photoshop” deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop ko‘ringanligi hozirda bizda “ExTraneous CapitaliSation” ko‘ringanday. Qizig‘i shundaki, ko‘p dastur tuzuvchilar o‘z yo‘nalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar. Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur bo‘lgan “Adobe” kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni o‘z mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200 ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi. Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq davom etmadi. Tez orada Jon o‘z dasturiga e’tiborni jalb qilish uchun kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga o‘z dasturini imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-direktor ga namoyish etildi. Direktorga ma’qul bo‘ldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Adobe tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur to‘la sotilmadi, faqat litsenziyalandi. 1988-yili Adobe Inc. firmasi dastur uchun huquqlarni sotib oldi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga tegishli bo‘lib qoldi. 1989-yili dastur “Photoshop” deb nomlandi. Hammasi juda yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan to‘xtab qolishmadi. Oldinda juda ham o‘gir ish - Photoshop 1.0 rasmiy versiyasini ishlab chiqish turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashni ko‘rishdi. Qizig‘i shunda ediki, ba’zi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi hodimlar, Photoshopni kengaytirish standartlarga to‘g‘ri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi. Boshqalar esa, uni to‘g‘ri ishlatish ko‘p foyda berishini aytishdi. Dasturni tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni o‘zgartirish va mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon va Rassel Brounning qo‘llab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, fevral oyida Adobe Photshop 1.0 rasmiy versiya sifatida chiqdi. So‘zsiz 1.0 versiyaning chiqishi, ko‘p xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli bo‘ldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u o‘sha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgan edi. Adobe kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini, bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan professional, maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini ta’kidladi. O‘sha vaqtda Photoshopning narxi 1000$ bo‘lishiga qaramasdan, uning eng katta raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letraset s ColorStudio dasturi edi. 2.0 versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi. Dasturga Bezye egri chizig‘ini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda ishlash, Illustratordan ba’zi tasvirlarda import va Rasterize. Bularga yana CMYK qo‘shildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qo‘l keldi. Sotish bo‘yicha birinchi menedjer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu odat shu kungacha davom etyapti. 1990- yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-versiya 2.0 ning kodli nomidir. Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh platformasida ishladi. Lekin uning muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida paydo bo‘lgan Windows kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab chiqish oson ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida yangi guruh tuzildi. Ko‘p miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993-yil 2.5.1 versiyalarida paydo bo‘ldi. 3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3-albom ham muvaffaqiyatga erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi. Omad Brayan Lepkin boshqarayotgan guruh tomonida bo‘lib, ular qavatlar(Layers)ni ta’minlovchi dasturni rivojlantirdilar. Layersni ko‘pchilik qo‘llab-quvatladi, chunki u dasturning asosiy funksiyasini bajarar edi, u tez orada, ko‘pgina rassom va dizaynerlarni o‘ziga jalb qildi. Layers o‘sha vaqtda juda mukammal emas edi. HSC keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash dasturini ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qo‘llardi. Meta Creations juda katta xatoga yo‘l qo‘ygani shundaki, ular Live Picturesga juda baland narx qo‘yib yuborishdi va Photoshop 3.0 versiyasiga raqobatchi qolmadi. Keyingi versiyalarda Layersga o‘xshash katta o‘zgarishlar bo‘lmadi, lekin dasturni mukammallashtirish davom etdi. Photoshop 5.0 versiyasida, ranglarni boshqarish va History Palette kiritldi. Ularning tasirida dasturning san’at imkoniyatlari oshdi Adobe Creative Suite paketi tarkibida 2003-yilning oktabrida ishlab chiqilgan Photoshop 8.0 Photoshop CS deb nomlana boshladi, negaki endi u Adobening yangi Creative Suite tarmog‘i.

    1.2. Adobe Photoshop dasturi haqida ma’lumot


    Adobe Photoshop programmasi darchasida turli asboblar tugmachalar joylashgan. Xar bir tugmacha Adobe Photoshop programmasining biror komandasini anglatadi. Agar darchada asboblar paneli bulmasa menyu satrining Okno punktida Vkl panel komandasini tanlang. Adobe Photoshop programmasida jami 46 ta asboblar mavjud bulib, ulardan 20 tasi bevosita programma ishga tushirilganda darchada kuzga tashlanib turadi. Kolganlarini kushimcha komandalarni bajarish orkali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmachani ostki kismi ung burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bulsa, bu tasvir ushbu tugmacha tarkibida uxshash komandani bajaruvchi asboblar yashiringanlidan darak beradi.
    Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlar-ga qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘larni o‘chirish, eski rasm-larni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o‘tish, suratdagi ranglami o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
    Adobe Photoshop, ayniqsa. jumalistlar, rassomlarga o‘zlarining ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Juma-listika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shim cha imkoniyatlarni yaratib beradi.
    Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos.
    Adobe Photoshop dasturi quyidagicha ishga tushiriladi:
    1. Пуск — Программы — Photoshop buyrug‘i orqali.
    2. Программы bo‘limida mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida «sichqoncha»ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
    Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin:

    Download 2,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,56 Mb.