|
Nizomiy nomidagi
|
bet | 2/8 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 2,56 Mb. | | #254690 |
Bog'liq курс иши Hasanova Muqaddas Alisher qizi KIRISH
Bugungi kunga kelib butun dunyo miqyosida fan va texnologiyalar sohasida ulkan o'zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu o‘zgarishlar bevosita axborot texnologiyalarining taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Aynan axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy muhandislar faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlar, oliy texnik ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, bo‘lajak muhandis kadrlarga qo‘yiladigan talablarning oshishi mazkur sohada tayyorlanayotgan talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Axborot texnologiyalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borgan va shu sohaning rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan bir vaqtda, aynan mazkur yo‘nalishlarga bog‘liq axborot texnologiyalarining tadbiqi alohida fan sifatida vujudga kelmoqda. Bu esa axborot texnologiyalari fani sohasi ko‘lamining kengayishiga olib keladi. Xususan, raqamli kontentlar uchun maxsus effektlar - kino, klip, reklama, san’at, dizayn, taqdimotlar, dinamikalar immitatsiyasi, shuningdek kompyuter o‘yinlari va ta’limiy dasturlar yaratishkabi sohalarda zarur uskunaviy vosita hisoblanib, kompyuter grafikasining muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Har kuni ko‘z o‘ngimizda yangimo'jizalar yaratilmoqdaki, buni ajoyib video tasvirlar, o‘zgacha tasvirlarda mujassam bo‘lgan kosmik kemalar, tabiatda mavjud bo‘lmagan narsalar va boshqalar orqali ko‘rishimiz mumkin. Zamonaviy kinoda film yaratuvchilar montaj, ovoz va ranglar bilan bir qatorda barcha texnik vositalar va usullar yordamida o‘zlari hohlagandek asarlarini olib chiqishlari imkoniyati yaratildiki,bugun kino chegara bilmas darajada rivojlanayotganligini bemalol aytish mumkin. Elektronika va kibernetikaning rivojlanishi asosida va tasvirlarni qaytaishlashni kompyuter dasturlarida amalga oshirish natijasida yuzaga kelganyangi vositalar, ularning keng tarqalishi tasviriy san’atda yangi bir yo‘nalish kompyuter grafikasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu esa sanoat va maishiy dizayn ko‘rinishini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Kompyuter grafikasi terminiendlikda kino sanoatida ‘kompyuter maxsus effektlari’ deb qo‘llanilmoqda.
Prezidentimiz axborot texnologiyalari sohasida hali qilinadigan ishlar ko‘pligi, erishilgan natijalar boshqa davlatlarga qaraganda ancha past ko‘rsatkichda ekanligini qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini 2022-2023-yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) 2022-yil yakuniga qadar:
aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish darajasini 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini 60 foizga yetkazish;
40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish hamda qo‘shimcha 800 ming xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulash imkoniyatini yaratish orqali optik tolali aloqa qamrovini 80 foizga yetkazish;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga xususiy sektorni jalb qilish orqali foydalanuvchilar sonini 2 barobar oshirib, 4 millionga yetkazish;
hududlarda yoshlarning zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga va ularni kafolatlangan buyurtmalar bilan ta’minlashga xizmat qiladigan markazlarni yaratish orqali IT-xizmatlar eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkazish;
b) 2023-yil yakuniga qadar:
raqamli texnologiyalar sohasida masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash faoliyatini rivojlantirish orqali yiliga 6,5 ming nafardan ortiq yoshlarning axborot texnologiyalari yo‘nalishida ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish;
davlat organlari, shu jumladan mahalliy hokimlik organlarida hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda 214 ta axborot tizimi va dasturiy mahsulotlarni joriy etish.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1 — 4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5 — 9-sinflarida tayanch hamda 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi;
umumiy o‘rta ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik majmualarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi ta’minlanadi;
bilimni baholashning yangi tartibi joriy etiladi va uning doirasida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olish kabi ko‘nikmalari baholanadi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, o‘rta sinflarda esa o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etiladi;
barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi. Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.
|
| |