Navoiy kon-metallurgiya kombinati – ishonchli hamkor, yuqori sifat, samaradorlik va barqarorlik kafolati




Download 49.33 Kb.
bet2/3
Sana15.09.2023
Hajmi49.33 Kb.
#82059
1   2   3
Bog'liq
NKMK
4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99
Navoiy kon-metallurgiya kombinati – ishonchli hamkor, yuqori sifat, samaradorlik va barqarorlik kafolati.
Kombinat o‘zining shonli tarixi davomida dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi xorijiy hamkorlari tomonidan eʼtirof etilib, zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalarni joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish, yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasiga ega.
Hozirgi globallashuv jarayonlarida raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro integratsiyani kuchaytirish maqsadida, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida boshqaruvning aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tildi. Korxonada kombinat faoliyatini takomillashtirish, uni ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasiga va xalqaro moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, xalqaro standartlar talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati ("NKMK" AJ) jahonda oltin ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar to‘rttaligiga kiradi. Kombinat yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq amalga oshiriladigan sanoat klasteridir. Kombinat zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalar, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlantirilgan konlar, zavodlarga ega zamonaviy korxonadir. "NKMK" AJning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi.
MASHINASOZLIK KORXONALARINI LOYIHALASH ASOSLARI 1.1. Asosiy masalalar Mashinasozlik korxonasi murakkab tuzilma boiib, uning ish faoliyati ishlab chiqarilayotgan mahsulot konstruksiyasining murakkabligi va xilma-xilligi, ushbu mahsulotni tayyorlash uchun texnologik jarayonning tavsifi hamda mahsulotni ishlab chiqarish hajmiga bog'liqdir. Korxonani loyihalash bilan bir qatorda îqtisodiy, texnik va tashkiliy masalalar ham ishlab chiqiladi. Ushbu masalalar bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, har bir texnik yechim iqtisodiy jihatdan asoslangan holda, aniq bir tashkiliy shaktda amalda oshirilishi kerak. Iqtisodiy masalalarga quyidagilar kiradi: ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi, ularning soni, og'irligi, bir dona mahsulotning va umumiy mahsulotlarning narxi ko‘rsatilgan holda ishlab chiqarish hajmini aniqlash; bo'lgusi korxona qaysi joydan xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, yonilgli, elektr energiyasi, suv va gaz bilan ta’minlanishi; korxonani ong qulay geografik nuqtada joylashtirishni aniqlash va tanlash; asosiy va aylanma xarajatlarning hajmini aniqlash hamda mahsulot tannanti va xarajatlar samarasini aniqlash; korxonaning iqtisodiy ta’minoti va ishlab chiqarishni kooperatsiyalash {kooperatsiya - maxsuslashgan korxonalar tomonidan agregatlar, uzellar, turli qurilmalar va mahsulot qismlari bilan ta’minlab berish, ayrim holatlarda ularni zagotovkalar (quyma, shtampovka, pokovka) bilan ta’minlashdir) masalalaiini haï qilish; ishlab chiqarish rejasini tuzish; turar joy va sotsial-madaniy qurilishlarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash va h.k. Texnik masalalarga quyidagilar kiradi: xomashyo va yarimfabrikatlarga ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash; zarur ish vaqti fondi va ishchi kuchi sonini aniqlash; asosiy ishlab chiqarish va yordamchi jihozlar sonini aniqlash; korxona uchun zarur bo‘ladigan xomashyo, materialldi, yonilg’i hajmini aniqlash hamda barcha turdagi energiya (elektr energiyasi, gaz, bug', qisilgan havo va boshqalar) bilan ta’minlash usuli va ularning hajmini aniqlash; transport, yoritish, isitish, ventilatsiya, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya masalalarini ishlab chiqish; kerakli maydonni hisoblash, sexlarning yordamchi va xizmat ko rsatish binolarini rejalashtirish va ularga korxona ichida xizmat ko‘rsatuvchi yo'llarni rejalashtirish; korxonaning bosh rejasini ishlab chiqish; sexlarni ichki rejalashtirish-bo'limlar, jihozlar va yordamchi qurilmalarni joylashtirish; binolar turi, shakli va o'ichamlarini aniqlash; ularning konstruksiyasini va barcha qurilish qismini ishlab chiqish; texnika va yong'in xavfsizliklari bo yicha tadbirlami ishlab chiqish masalalari. Tashikiiiy masalalarga korxonaning, uning sexlari va bo‘- limlarining boshqaruv strukturasini ishlab chiqish; bo‘Iimlar va texnik boshqaruv xodimlar orasida funksiyalami taqsimlash va o’zaro aloqani belgilash; boshqaruv, texnik va iqtisodiy xo'jalik bo‘limlami boshqarish; mehnatni va ish joylarini ratsional tashkil qilish; buyurtma, hujjatlar, hisobot tuzish, sexlar va butun korxonani nazorat qilish tartibini ishlab chiqish; kadrlami tayyorlash, ishchilarga xizmat ko‘rsatish va qulay sharoitda ishni tashkil qilish masalalari kiradi. 1.2. Loyihalash uchun topshiriq Sanoat korxonasini loyihalashga kirishish uchun to'liq ishlangan topshiriq bo‘lishi kerak. Korxonani loyihalash uchun topshiriq iqtisodni kelajakda rivojlanish rejasi asosida tuziladi. Ushbu topshiriqda yuqoridagilarga asosan texnik-iqtisodiy dalillar va bo‘lg‘usi korxonan qurish yoki rekonstruksiyalashni maqsadga muvofiqligi hisobga olinadi. Mashinasozlik korxonasini qurish uchun topshiriqda quyidagi masalalar yoritilgan boiishi kerak: 1. Korxona qurish uchun asos, ya’ni tegishli tashkilot qarori. 2. Korxona qunsh uchun tanlangan tuman va joy. 3. Mahsulot tavsifi va bo‘lg‘usi korxonaning asosiy mahsulotlar bo'yicha (natural va baholi holatda) ishlab chiqarish quwati. 4. Ishlab chiqarishni xomashyo, yonilg'i, gaz, elektr energiyasi va suv bilan ta’minlaydigan asosiy joylar. 5. Korxonani maxsuslashtirish, ishlab chiqarish va xo'jalik kooperatsiyasi. 6. Tayyor mahsulot bilan ta’minlanadigan zonalar. 7. Korxona binolarini va qurilmalarini kelajakda kengaytirish masalalari. 8. Qunlish muddati va korxonaning alohida qismlarini ishga tushurish navbati va muddati. 9. Kapital xarajatlaming ta’minot hajmi, mahsulotning tannarxi, mehnat unumdorligi. Bundan tashqari, loyihalash uchun topshiriqqa shahar hududida korxona qurish uchun uchastkani qurilish pasporti bilan arxitektura-reja topshirig'i ham ilova qilinadi. Arxitektura-reja topshirig‘i o ‘z ichiga qurilishga qo‘yiladigan talablar, qavatlar soni, binoning ko‘cha tarafga chiqadigan qismini ko’rkam loyihalash va shahar muhandislik qurilmalariga bog’lanish joylarini oladi. Loyihalash uchun topshiriqda bo'lg'usi quriladigan korxonaning texnik-iqtisodiy tomondan asoslash kerak, ya’ni, qurilish uchun tanlangan hudud va maydon, loyihalanuvchi korxonaning ishlab chiqarish quwati va uning mahsulotlari nomenklaturasi, xomashyo, yarimfabrikatlar, elektr energiyasi, suv, yonilg‘i, gaz, qurilish materiallari va mahsulotlari bilan ta’minlash usuli va joylar. Topshiriqda ko'rsatilgan ishJab chiqarish dasturida quyidagi ma’lumotlar bo lishi kerak: tayyorlanadigan mahsulotlar nomenklaturasi, ulaming o'ichami, turi va markasi; har bir mahsulot soni, o'ichami (yil davomi uchun); bir mahsulot og'irligi va bir yilda ishlab chiqariladigan mahsulotning og'irligi; bir mahsulot hajmining kutilayotgan tannarxi; ishlab chiqariluvchi mahsulotning kerakli qismlari ro‘yxati va soni. Ushbu barcha ma’lumotlar qaydnomada ko'rsatiladi. Ishlab chiqarish dasturiga quyidagilar ilova qilinadi: - detallaming ishchi chizmalari; - uzellar va mahsulotning yig'ma chizmasi; - mahsulotning umumiy ko'rinishdagí chizmasi; - detallar spetsifikasi; - konstruksiya bayoni, rasmlari; - tayyorlash va topshirish uchun texnik shartlar. Detalga ishlov berish texnologik jarayonim loyihalash uchun ishchi chizmada quyidagil ma’lumotlar ko‘rsatiladi: zagotovka turi va material markasi; ishlov beriladigan sirt; ishlov berilgan sirtning tozalik sinfi; ishlov berish dopuski; termik ishlov berish turi va material qattiqligi; antikorroziya qoplama turi. 1.3. Loyihalash bosqlchlari Sanoat korxonasi, binolari va qunlmalarini loyihalash ikki bosqichda bajariladi. Loyihalashning birinchi bosqichi - loyiha topshirig ini ishlab chiqish, ikkinchi bosqich - tasdiqlangan loyiha topshirig'i asosida ishchi chizmalami ishlab chiqish. Sanoat korxonasi, binolari yoki inshootlarining loyiha topshirig'ini tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan loyihalash uchun topshiriq va kerakli materiallar hamda hujjatlar asosida ishlab chiqiladi. Bunda loyihalanayotgan obyektni qurish va undan foydalanishda jamoatchilik mehnatidan, material va moliyaviy vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlari kabi asosiy yechimlar belgilab olinadi hamda qurilishni bajarishning belgilangan muddatlari aniqlanadi. Moliyaviy-smeta hisoblarini o'z ichiga oigan loyiha topshirig'i tasdiqlanganidan so'ng, u qurilishni, asosiy jihozlarga buyurtma berishni va ishchi chizmalarni ishlab chiqishni moliyalash uchun asos bo'ladi. Shu bilan birga bo'lg'usi korxona ishchi xodimlari uchun uy-joy qurish maqsadida hudud tanlanadi. Individual loyiha bo‘yicha sanoat korxonasini qurish uchun loyiha topshirig'i quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: - texnik-iqtisodiy qism; - bosh reja va transport; - texnologik qism; - qurilish qismi; - qurilishni tashkil qilish; - smetd hujjatlari. Energetika masalalari bo'yicha loylha materiallari texnologik qism tarkibida, suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya, isitish va ventilatsiya masalalari esa qurilish qismi tarkibida ko‘riladi. Yuqoridagi loyiha topshirig'i qismlarining tarkibi quyidagicha boiadi: Texnik - iqtisodiy qism: korxonani qurish uchun tanlangan joyni, ishlab chiqarish quwati, dasturi va korxona tarkibini asoslash; korxonani asosiy material resurslari bo'yicha ta’minlash usuli va ta’minlovchilar haqida ma’lumot; korxonani xomashyo, yoqilg'i va energetik bazalari tavsifi; asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarni maxsuslashtirish va kooperatsiya masalalarini asoslash; mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi; turar joy uchun quriladigan binolar haqida ma’lumotlar; korxonaning asosiy vositalari va kapital sarf xarajatlar tahlili; asosiy, texnik - iqtisodiy ko'rsatgichlar; qurilishni iqtisodiy samaradorligining tahlili. Bosh reja va transport: qurilish ishlarini bajarish uchun tanlangan hududning holat rejasi, qurilish ishlari olib boriladigan maydonning tavsifi; mavjud, loylhalanayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va buzilishi kerak bo'lgan bino va inshootlar, transport yo'llari va kommunikatsiya, ko'rsatilgan korxonaning bosh rejasi hamda bosh reja asosida korxonaning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari. Texnologik qism: Korxona bo'yicha: ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi va tavsifi, ishlab chiqarish dasturi, korxonaning ishlab chiqarish tarkibi, ishlab chiqarish sxemasi; texnik yechimlami, yangi texnologik jarayonni asoslash va tavsifi, ulaming taqqoslash; asosiy materiallar, yoqilg'i, elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoji hamda ma’lumotlar; elektroenergiyasi, issiqlik, gaz, qisilgan havo va energiyani boshqa turlari bilan ta’minlash haqidagi qabul qilingan yechimlar, kadrlarga bo'lgan ehtiyoj hamda qo'llanilgan an’anaviy loyihalarning ro'yxati va pasporti. Asosiy ishlab chiqarish sexlari bo'yicha: ishlab chiqarish dasturi, sexlarning ish rejimi, asosiy jihozlar va transport qurilmalarini tanlash hamda ularning zarur bo'lgan soni hisobi; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; ishlab chiqarish jarayonlarining ish hajmi; elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj, elektr energiyasi bilan ta’minlanish sxemasi; asosiy jihozlarm ko'rsatilgan holda sex va asosiy uchastkalarning rejali joylashishi; yarimfabrikat, asosiy materiallar, yoqilg'i, suvga bo'lgan ehtiyoj; sexda ishlovchilar tarkibi va sexning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari. Qurilish qismi: asosiy bino va qurilmalaming sxemali rejasi, ulaming qisqacha tavsifi; korxonada ishlovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish bo'yicha qabul qilingan yechimlar bayoni; suv va oqova suvlarga bo'lgan ehtiyoj hisobi; oqova suvlarni tashlash joylari va ulami tozalash usullari; suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya va asosiy qurilmalaming sxemasi; isitish uchun zarur bo'lgan issiqlik va energiya xarajati. Sanitar-texnik va ishlab chiqarishni suv bilan ta'minJash qismida suv bilan ta’minlash manbalarining mavjudligi, ishlab chiqarish kanalizatsiyasi, sex ichidagi sanitar-texnik qurilmalar hamda boshqa inshoot va qurilmalaming mavjudligi ko'rsatiladi. Energetika qismida quyidagi ko'rsatkichlar, ya’ni elektr energiyasi va issiqlik bilan ta’minlash, issiqlik va bug' manbalari, qjsilgan havo va gaz bilan ta’miniash, sexning ichidagi ishlab chiqarish quvurlari, sinov shoxobchalarining energetik texnoiogik ko‘rsatkichlari va boshqalar ko'rsatiladi. Yuqoridagi ko'rsatkichlarning barchasi jamlanadi va tahlil qilinadi hamda yangi ishlab chiqarish tizimiini yaratish uchun texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi. Qabul qilingan texnik-iqtisodiy asosdagi texnik yechim rivojlanish yo‘nalishlarining kelajagi borligi quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak: yangi texnikani, progressiv tejamkor texnologiyalami, yuqori avtomatlashgan dastgohlarni, EHM ni tatbiq qilinishi hamda ularni dasturlar bilan ta’minlash. Yangi tashkil qilingan ishlab chiqarish tizimi o'zining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari bilan xorijdagi eng yaxshi namunalaridan ustun boiishi kerak. Loyihalashdan oldin to'plangan barcha boshlang'ich ma’lumotlar loyihalash uchun topshiriqning asosi qilib olinadi. Loyihalash uchun topshiriqni loyihaning buyurtmachisi loyihalovchi tashkilot bilan birgalikda ishlab chiqadi. Loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish texnik-iqtisodiy asoslangan ma’lumotlarni hisobga oigan holda bajarilishi zarur. Loyihalash uchun topshiriqda yangi sexni qurish uchun maydonni tanlashni asoslash keltiriladi va korxonani bosh rejasidagi joylashish o'rnimng maydoni haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu ma’lumotlarda maydonchaning sharoiti, relefi, o'lchamlari to'g'risida va boshqa kerakli ma’lumotlar bo‘ladi. Bundan tashqari, mahsulotni ishlab chiqarish hajmini natural yoki baho ko'nnishda beriladi. Oqim bo‘yicha bo'lmagan ishlab chiqarish uchun mahsulot ishlab chiqarish dasturi keltirilishi mumkin. Topshiriqda, ya’ni sexda qanday zagotovka, yarimfabrikatlar tayyorlash, mahsulotlarni boshqa korxonalardan olish va qanday mahsulotni yuborilishi hamda ishlab chiqarishni ishlash maromi ko'rsatiladi. Bundan tashqari, topshiriqda ishlab chiqarishning ish rejimi hamda tasdiqlangan me’yorlar bo'yicha dastgohlarning yillik ishlash samarali vaqt fondi, ish o'rinlari va ishchilar soni ko‘rsatiladi. Mexanika-yig'uv ishlab chiqarishi jihozlarining yillik ishlash samarali vaqt fondi 1.1-jadvalda keltirilgan. l.l-jadval Jihozlarnlng yillik ishlash samarali (bisobiy) vaqt fondi, soatda Ishlash rejimi Jihozlar bir smenali ikki smenali uch smenali Metall kesuvchi jihozlar Metall kesuvchi dastgoblar, og'irligi bo'yicha: 10 tonnagacha 2040 4060 6060 10-J00 tonnagacha 2000 398.5 5945 Dastur bilan boshqariladigan (DB) metall kesuvchi dastgohlai, og’irligi bo'yicha: li 10 tonnagacha 3890 5775 10-100 tonnagacha - 3810 5650 Agrégat dastgohlar - 4015 5990 Avtomatik liniyalar - 3725 5465 Moslanuvrhan ishlab chiqarish modullari, robotlashtirilgan texnologik koplekslar, og'irligi bo'yicha: 10 tonnagacha - - 5970 (7970) 10-100 tonnagacha - 5710 (7620) Yig'uv sexlarining jihozlari Yig'ish o'rinlari 2070 4140 6210 Mexanizatsiyalashgan 2050 á080 6085 moslamali ish joylari Avtomatlashgan va yarim avtomatlashgan yig'uv jihozlari 2000 3975 5930 Sinov natijalarini avtomatik ravishda qayd qiluvchi moslamali sinash stendlari 2010 3975 5960 Avtomatik yig'uv liniyalari - 3725 5465 Sinash stendlari 2020 4015 5990 ■Qavslarda gihozlarning dam olish va bayram kunlahda shlash vaqti ko'rsatilgan 1.2-jadvalda esa ishchilaming yiilik ishlash samarali vaqt fondi keltirilgan. Vaqtning samarali yiilik fondi nominal vaqt fondi bilan yo'qotilishi mumkin bo'lgan vaqt orasidagi farqqa tengdir. Yo'qotilgan vaqt dastgohlarning bekor va yaroqsiz holda turib qolishi va rejali ta’mirlashga ketgan vaqtlardan kelib chiqadi. 1.2-jadval Ishchilaming yiilik ishlash samarali vaqt fondi Davomiyligi Ishchilaming yiilik samarali vaqt fondi, soatda ish haftasi, soat asosiy ta’til, kunlarda 41 15 1860 41 18 1840 41 24 1820 36 24 1820 36 36 1520 Loyihalash uchun topshiriqda atrof-muhitni nmhofaza qilish va chiqindilarni utilizatsiya qilish bo‘yicha ham talablar qo'yiladi. Mashinasozlik jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda ushbu masalaga katta e’tibor berilishi zarur. Shu bilan birga bo‘lim va sexlardagi ishlab chiqartsh jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (ICHJABT)ni yaratish zarurligi awaldan ko’rsatiladi, ya’ni boshqarishni tashkil qilishni yangi, yuqori turini o'zida mujassamlashtiradi. Ushbu axborotlami qayta ishlash va uzatish, yig‘ishni avtomatlashtirilgan, zamonaviy vositalarini qoilash asosida amalga oshiriladi. ICHJABTning mohiyati ishlab chiqarish tizimini dastur asosida boshqarishdan iborat. Topshiriq tarkibiga texnik-iqtisodiy asos (T1A) bo‘yicha ishlab chiqarishni kengaytirish taklifi bilan qurilish yoki sohani rivojlantirish sxemasi ko'rsatiladi; qayerda, qachon va nimaning hisobidan ushbu kengaytirish ko'zda tutilganligi va uning ko‘- lamining maksimal qiymati ko'rsatiladi. Ourilishning amaldagi me’yorlari asosida belgilangan muddati, uni tatbiq qilish tarkibi va komplekslarni ishga tushirish ketma-ketligi ko'rsatiladi. Bulardan tashqari topshiriqda optimal yechimni tanlash uchun loyiha yoki uning qismlarining variantlarini yaratish uchun talablar ko'rsatiladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, taklif qilinayotgan variantlarning ko'pligi loyihaning sifatini oshirish imkonini beradi, lekin shu bilan birga loyihalash uchun sarflangan mablag'lar ham ortib ketadi. Ko'p variantli yechim hali o‘zlashtirilmagan yoki juda ham murakkab ishlab chiqarish texnologiyalari, murakkab jihozlaming yangi turlari yoki murakkab qurilish'yechimlari bo'lgan holda qo'Ilaniladi. Shu bilan birga loyihalash uchun topshiriqda loyihalash bosqichlari ko'rsatilgan bo‘lim bo'lishi kerak. Ko‘pincha loyihalash bitta (ishchi loyiha) bosqich yoki ikkita (loyiha va ishchi hjjatlar) bosqichlardan iborat bo'ladi. Bir bos^ichli loyihalash an’anaviy, qaytariluvchi yoki murakkab bo'lmagan obyektlar uchun qo'llaniladi. Loyihalanayotgan mexanika-yig‘uv sexlan amaldagi me’yorlar, qoidalar, ko'rsatmalar va standartlar bo'ylcha loyihalanib, shundan keyin ishlab chiqilgan loyiha ekspertiza qilinadi. 1.4. Korxona qurish uchun joy tanlash Sanoat korxonasini qurish uchun hudud tanlash belgilangan texnik-iqtisodiy asoslar bo'yicha amalga oshiriladi. Tanlangan hududda korxona uchun maydon tanlab asoslanadi. Hudud tanlashda quyidagi asosiy omillarga e’tibor qaratiladi: xomashyolarning mavjudligi va ulargacha bo'lgan masofa; yonilg ‘i bilan ta’minlanganligi; elektr qurilmalari mavjudligi va sharoiti; transport yo'llarining mavjudligi, ulaming holati va foydalanish imkoniyati; mahsulot bilan ta’minilanuvchilargacha bo'lgan masofa; tuproq, qurilish materiallari, ishchi kuchi bilan ta’minlanish darajasi; sanoat hududining turar joy hududiga yaqinligi; korxona qurish uchun bo‘sh joy va uning holati; gidrometereologiya va iqlim sharoiti va boshqalar. Tanlangan hududda korxona qurish uchun maydon tanlanadi. Maydon tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak: - korxona binolari va qurilmalarini qulay sharoitda joylashtirishni ta’minlay oladigan darajada maydonning yetarli miqdordagi o ‘lchami va konfiguratsiyasi, korxonani kelgusida kengaytirish masalasiga; - energiya bazalarining yaqin joylashganiga, agar hududda elektrostansiyasi mavjud bo’lsa, u holda maydon imkoniyatini yanada oshiradi; - suv bilan ta’minlanganligiga, kanalizatsiya magistrallari, oqova suvlari, to'kish joylarining mavjudligi; - maydon gruntining qoniqarli xususiyatiga, shuni hisobga oiish kerakki gruntning yomon holati qurilishning qimmatlashishiga olib keladi; - maydon va atrofdagi joyning qulay relefiga, bunda maydonni tekislash ishlariga kam mehnat sarflanadi; - maydon hududiga temir yo‘l, relssiz transport yoilarini keltirish imkoniyatiga; - daryo suvining ko'tarilishi natijasida maydonning suv ostida qolish xavfining va yerosti suvlarining yo'qligiga; - maydonning qomqarli sanitar-gigienik holatiga (atrofida botqoq, ifloslangan joy va axlatxonaning yo'qligi); - aholi yashash joyiga yaqinligiga, ya'ni korxona uchun ishchi kuchining jalb qilinishi; - sanoat korxonasining yaqinligiga, bunda korxonaning elektr energiyasi, issiqlik, gaz, bug“, suv bilan ta’minlash hamda kanalizatsiya va tozalash inshootlari, korxona qurilmalari, aholi yashash joylarini birgalikda qurish imkoniyati bo‘ladi. Korxona qurish uchun maydon tanlashda korxona va aholi yashash joyi orasida sanitar himoya zonasi bo'lishini e’tiborga olish zarur.
Parmalash

Download 49.33 Kb.
1   2   3




Download 49.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy kon-metallurgiya kombinati – ishonchli hamkor, yuqori sifat, samaradorlik va barqarorlik kafolati

Download 49.33 Kb.