• 34-modda. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan axborotni oshkor qilish
  • -modda. Iste’molchilarning (mijozlarning) huquqlari




    Download 51,32 Kb.
    bet18/23
    Sana17.05.2024
    Hajmi51,32 Kb.
    #239823
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

    33-modda. Iste’molchilarning (mijozlarning) huquqlari
    Mikromoliya tashkilotlarining va lombardlarning xizmatlari iste’molchilari (mijozlari):
    xizmat to‘g‘risida, shuningdek ushbu xizmatni ko‘rsatuvchi tashkilot haqida to‘g‘ri va to‘liq axborot olish;
    mikromoliya tashkiloti yoki lombard tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;
    xizmatning xavfsiz bo‘lishi;
    kamchiliklari bo‘lgan xizmat, shuningdek mazkur xizmatni ko‘rsatuvchi tashkilotning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy zararning o‘rni to‘liq hajmda qoplanishi, ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
    buzilgan huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
    Mikromoliya tashkilotlarining va lombardlarning xizmatlari iste’molchilari (mijozlari) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
    Iste’molchi (mijoz) mikromoliya tashkiloti yoki lombard tomonidan o‘ziga jarima solinmagan holda:
    kreditning (mikroqarzning) foydalanilmagan summasidan mazkur kreditni (mikroqarzni) bergan (beradigan) tashkilotni kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor qilish orqali voz kechishga;
    berilgan kredit (mikroqarz) summasini muddatidan ilgari qaytarishga yoki lizing obyektining qiymatini muddatidan ilgari to‘lashga, shuningdek ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni (lizing beruvchining foizli daromadini) to‘lashga haqli.
    34-modda. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan axborotni oshkor qilish
    Kredit (mikroqarz) berish shartlari, uning miqdori, muddatlari, uni to‘lash va uning to‘liq qiymatini hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lishi hamda rasmiy veb-saytga (mavjud bo‘lganda) joylashtirilishi kerak. Ochiq axborot ko‘rsatilayotgan xizmatlar shartlaridan va ularga oid ma’lumotlardan farq qilmasligi kerak.
    Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar iste’molchi (mijoz) bilan xizmatlar ko‘rsatish shartnomasini tuzguniga qadar:
    ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan talablarni hisobga olgan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ishonchli axborotning to‘liq oshkor qilinishini ta’minlashi. Ko‘rsatiladigan xizmatlarning shartlari va qiymati haqida axborot berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
    uning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatlarini tushuntirishi;
    uni ko‘rsatiladigan xizmatlar shartlarini o‘zgartirish tartibi, shu jumladan qarzdorlikni qaytarish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish va undiruvni garov mulkiga qaratish tartib-taomili bilan tanishtirishi kerak.
    Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish joylarida (kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish joylarida), shu jumladan o‘z rasmiy veb-saytida (mavjud bo‘lganda) kredit (mikroqarz) berish, undan foydalanish va uni qaytarish shartlari to‘g‘risidagi quyidagi axborot joylashtirilishi kerak:
    kredit (mikroqarz) beruvchi tashkilotning nomi, uning joylashgan eri, aloqa telefonlari, rasmiy veb-sayti (mavjud bo‘lganda), mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga yoki lombardlar reyestriga o‘zi haqidagi ma’lumotlar kiritilganligi to‘g‘risidagi axborot;
    kredit (mikroqarz) olish uchun qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar;
    kredit (mikroqarz) olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida yoki kredit (mikroqarz) berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari;
    kreditning (mikroqarzning) turlari;
    kreditning (mikroqarzning) summalari va uni qaytarish muddatlari;
    foiz stavkalari yillik foizlarda, o‘zgaruvchan foiz stavkalari qo‘llanilganda esa ularni aniqlash tartibi;
    kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash turlari;
    kreditdan (mikroqarzdan) foydalanganlik uchun foizlar hisoblash boshlanadigan sana yoki uni aniqlash tartibi;
    kredit (mikroqarz) berish, shu jumladan masofaviy xizmatlar ko‘rsatish tizimlari orqali kredit (mikroqarz) berish usullari;
    qarz oluvchi kredit (mikroqarz) olishni rad etishga haqli bo‘lgan muddatlar;
    qarz oluvchining kreditni (mikroqarzni) qaytarish, kredit (mikroqarz) bo‘yicha foizlarni va boshqa to‘lovlarni to‘lash chog‘idagi to‘lovlarining davriyligi;
    qarz oluvchining kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarligi, neustoyka (jarima, penya) miqdorlari, uni aniqlash tartibi;
    formulyarlar yoki kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi shartnomaning umumiy shartlari belgilangan boshqa standart shakllar.
    Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan axborot qarz oluvchining e’tiboriga bepul yetkaziladi.
    Kredit (mikroqarz) berish, undan foydalanish va uni qaytarish shartlari to‘g‘risidagi axborotni tarqatishga kreditor tomonidan uchinchi shaxslar jalb etilgan taqdirda bunday shaxslar axborotni ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hajmda va tartibda oshkor etishi shart.
    Mikromoliya tashkiloti va lombard qarz oluvchi murojaat qilganda unga haqiqiy qarzdorlikning miqdori to‘g‘risidagi to‘liq axborotni va xizmatlar ko‘rsatish shartnomasining shartlari to‘lovlarda o‘zgarishga olib keladigan tarzda o‘zgartirilgan taqdirda — to‘lovlarning yangi jadvalini taqdim etishi shart.
    Mikromoliya tashkiloti va lombard o‘zining nomi va (yoki) joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, bunday o‘zgarishlar sodir bo‘lgan sanadan e’tiboran ikki ish kunidan oshmagan muddatda bu haqda qarz oluvchilarni hamda kreditorlarni ommaviy axborot vositalarida va o‘z rasmiy veb-saytida (mavjud bo‘lganda) tegishli axborotni e’lon qilish orqali xabardor etishi shart. Mazkur talab nobank kredit tashkiloti filialining nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgargan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

    Download 51,32 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 51,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Iste’molchilarning (mijozlarning) huquqlari

    Download 51,32 Kb.