• 30-modda. Ichki audit xizmati
  • 31-modda. Nobank kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi
  • -bob. Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi, hisobotlar, ichki audit va auditorlik tekshiruvi




    Download 51,32 Kb.
    bet16/23
    Sana17.05.2024
    Hajmi51,32 Kb.
    #239823
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
    Bog'liq
    1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

    5-bob. Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi, hisobotlar, ichki audit va auditorlik tekshiruvi
    29-modda. Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotlar
    Nobank kredit tashkilotlari:
    qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini tashkil etishi va yuritishi;
    moliyaviy va nazoratga doir hisobotlarni o‘z vaqtida Markaziy bank tomonidan belgilangan shakllarda va tartibda taqdim etishi shart. Nobank kredit tashkiloti taqdim etiladigan hisobotlarning yaxlitligi hamda ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
    30-modda. Ichki audit xizmati
    Aktivlarining balans qiymati o‘n milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mikromoliya tashkilotlari, aktivlarining balans qiymati besh milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan lombardlar, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari ichki audit xizmatini tashkil etishi shart.
    Nobank kredit tashkilotining ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotining kuzatuv kengashiga hisobdordir.
    Ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsi, shuningdek filiallari tomonidan qonunchilikka, ta’sis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida ma’lumotlar to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishi ta’minlanishini, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish hamda monitoring qilish orqali ushbu organ yoki shaxs, shuningdek filiallar ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
    31-modda. Nobank kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi
    Nobank kredit tashkilotlarining yillik moliyaviy hisoboti auditdan o‘tkazilishi shart. Nobank kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi Markaziy bankning talabiga ko‘ra ularning faoliyati bo‘yicha umumiy holda ham, ular faoliyatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘tkazilishi mumkin.
    Nobank kredit tashkilotlari yillik moliyaviy hisobotni auditorlik xulosasi bilan birga nobank kredit tashkiloti ishtirokchilarining (aksiyadorlarining) yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin e’lon qilishi shart.

    Download 51,32 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




    Download 51,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi, hisobotlar, ichki audit va auditorlik tekshiruvi

    Download 51,32 Kb.