• 13-modda. Nobank kredit tashkilotining firma nomi
  • -bob. Nobank kredit tashkilotlarini va ularning filiallarini tashkil etish




    Download 51,32 Kb.
    bet5/23
    Sana17.05.2024
    Hajmi51,32 Kb.
    #239823
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

    2-bob. Nobank kredit tashkilotlarini va ularning filiallarini tashkil etish
    12-modda. Nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish
    Nobank kredit tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
    Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
    Nobank kredit tashkilotlari qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
    13-modda. Nobank kredit tashkilotining firma nomi
    Nobank kredit tashkilotining firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘rsatma, shuningdek tashkilotning turiga qarab “mikromoliya tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish” yoki “lombard” degan so‘z yoki so‘z birikmasi, mikromoliya tashkilotining qisqartirilgan nomida esa (mavjud bo‘lganda) “MMT” degan qisqartma so‘z bo‘lishi kerak.
    O‘zbekiston Respublikasi hududida ilgari tashkil etilgan yoki tashkil etilayotgan banklarning yoxud nobank kredit tashkilotlarining firma nomlari bilan chalkashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan firma nomlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan nobank kredit tashkilotlarining ularni tashkil etgan banklarning firma nomlaridan foydalanishi mustasno.
    Nobank kredit tashkiloti rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va o‘z faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda, shuningdek reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda va bosma nashrlarda o‘z ustavida belgilanganidan farq qiladigan firma nomidan foydalanishga haqli emas.
    Nobank kredit tashkilotining turlaridan biri sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan, biroq davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin uch oy davomida hisob ro‘yxatidan o‘tish uchun hujjatlarni taqdim etmagan yuridik shaxslar o‘z firma nomida “mikromoliya tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish” so‘z birikmasidan yoki “MMT” degan qisqartma so‘zdan, shuningdek faoliyatni boshlaganlik haqida Markaziy bankka xabarnoma yubormagan yuridik shaxslar — “lombard” degan so‘zdan foydalanish huquqiga ega emas.
    Nobank kredit tashkilotlari bo‘lmagan yuridik shaxslar o‘z firma nomida mikromoliya tashkilotining, lombardning faoliyatini, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish yoki jismoniy shaxslarga kredit berish faoliyatini amalga oshirishini anglatuvchi so‘zdan, so‘z birikmasidan va (yoki) qisqartirma so‘zdan foydalanishga haqli emas, bundan ushbu faoliyatni qonunchilikka muvofiq amalga oshiruvchi yuridik shaxslar mustasno.

    Download 51,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 51,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Nobank kredit tashkilotlarini va ularning filiallarini tashkil etish

    Download 51,32 Kb.