|
Nommodiy aktivlar tushunchasi ularni turkmlash va hisobining vazifalari mundarija kirish
|
bet | 6/10 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 465,19 Kb. | | #146454 |
Bog'liq Nomoddiy aktivlarNoishlab chiqarish aktivlari
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lmagan kapital xarajatlar (noishlab chiqarish aktivlari) tashkilotlar tomonidan 04— “Noishlab chiqarish aktivlari” schyotida hisobga olinadi.
04 “Noishlab chiqarish aktivlari” schyoti 040 “Yerni obodonlashtirish” subschyotidan iborat bo‘lib, ushbu subschyotda noinventar tusdagi xarajatlarga kiruvchi (inshootlar qurilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan) yerni yaxshilashga doir kapital qo‘yilmalar, kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshiriladigan, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yerning ustki qismini yaxshilashga doir madaniy-texnikaviy tadbirlar (yer uchastkalarini rejalashtirish, maydonlarni haydovga tayyorlash uchun kundakov qilish, dalalarni toshlar va xarsanglardan tozalash, suv havzalarini tozalash va boshqalar)ga oid kapital xarajatlar aks ettiriladi.
Mazkur xarajatlarning amalga oshirilishi 040 “Yerni obodonlashtirish” subschyotining debetida va 15, 16, 17 va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.
Har yili hisobot yilining oxirida mazkur xarajatlarning 10 foizi miqdoridagi summa haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Bunda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi (ushbu xarajatlarni amalga oshirish manbasidan kelib chiqqan holda) 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini debetida va 040 “Yerni obodonlashtirish” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar
Mazkur bo‘limda quyidagi schyotlar bo‘yicha nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar hisobi keltiriladi:
07 “Asosiy vositalarga qo‘yilmalar”;
08 “Nomoddiy aktivlarga qo‘yilmalar”;
09 “Boshqa nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar”.
07 “Asosiy vositalarga qo‘yilmalar” schyoti
Bu schyotda tashkilotlarning asosiy vositalarga qo‘yilmalari quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda hisobga olinadi:
070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar”;
071 “Tugallanmagan qurilish”;
072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar”.
070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotida qurilayotgan (ta’mirlanayotgan) obyektlarda o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va montajni talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarning (shuningdek, laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun mo‘ljallangan asbob uskunalar) hisobga olinadi.
Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalarga ularning qismlari yig‘ilganidan so‘ng va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar o‘rtasidagi ustunlarga va boshqa bino va inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan so‘ng ishga tushiriladigan ko‘tarma asbob-uskunalar shuningdek, shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga shuningdek, nazorat-o‘lchov apparatlari yoki o‘rnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yig‘ish-o‘rnatish uchun mo‘ljallangan boshqa asboblar kiradi.
Ushbu subschyotda montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar: transport vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, o‘lchov asboblari va boshqalar hisobga olinmaydi. Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni tegishlicha asosiy vositalar tarkibida aks ettiriladi.
O‘rnatiladigan asbob-uskunalar tashkilotga ushbu qiymatliklarni yetkazib berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) baholari qiymatidan tashkil topadigan haqiqiy xarid qilish tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi.
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinishi hisobda 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi. Beg‘araz olingan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar esa, 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarning inventarizatsiyasi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning kirim qilinishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning hisobdan chiqarilishidan ko‘rilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning kreditiga va ushbu o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi.
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va agarda o‘rnatiladigan asbob-uskunalar budjet mablag‘lari hisobidan xarid qilingan bo‘lsa yoki xarid qilingan manbasini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga o‘tkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotining kreditida va ushbu o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini debetida;
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi 160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda o‘rnatiladigan asbob-uskunalar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilingan bo‘lsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning kreditida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi. Agarda, mazkur o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summa o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu farq summa 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida (yoki kreditida) va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida (yoki o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida) aks ettiriladi;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Agarda o‘rnatiladigan asbob-uskunalar budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga sotib olingan bo‘lsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablag‘ning tegishli qismi budjet daromadiga o‘tkazib beriladi, qolgan qismi tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va to‘lig‘icha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
Agarda aniqlangan kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarining qiymati kamomad chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatiga teng yoki kam bo‘lsa, ushbu o‘rnatiladigan asbob-uskunalar belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablag‘larini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda aks ettiriladi.
Montaj qilish uchun berilgan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar hisobda 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining debetida va 070 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash — ularning tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. O‘rnatiladigan asbob-uskunalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Qayta baholash natijasida o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatining oshishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va moliyaviy natijalarning oshishi mazkur o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.
Qayta baholash natijasida o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatining kamayishi 070-subschyotning kreditida va moliyaviy natijalarning kamayishi mazkur o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
Bu subschyot bo‘yicha analitik hisob jihozlar, konstruksiyalar va detallarning turi, miqdori va qiymati bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da yuritiladi
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilishdan qat’i nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Agar qurilish xo‘jalik usulida olib borilayotgan bo‘lsa, qilingan xarajat summalariga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va pul mablag‘lari, hisob-kitoblar, qurilish materiallari va o‘rnatiladigan jihozlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning tegishli subschyotlari kreditlanadi.
Agar qurilish pudrat usulida olib borilayotgan bo‘lsa, u holda pudratchilar tomonidan qurilish ishlari bajarilgandan so‘ng to‘lov uchun taqdim qilingan hisobvaraqlar (schyotlar) summasiga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti kreditlanadi.
Bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan qurilish obyektlari dalolatnomalar asosida 01 schyotning tegishli subschyotlari debetiga va 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditiga yoziladi.
Bitkazilmagan hamda bitkazilib, lekin foydalanishga topshirilmagan (tegishli qabul qilish dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilmagan) qurilish obyektlari va rekonstruksiyalar bo‘yicha xarajatlar 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha keyingi yil balansiga o‘tkaziladi.
Tugallanmagan qurilish obyektlarining sotilishi (chet elda joylashganlaridan tashqari) 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida va ushbu obyektni qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
Qayta baholash natijasida tugallanmagan qurilishlar qiymatining oshishi 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining debetida va moliyaviy natijalarning oshishi mazkur tugallanmagan qurilishlarning qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.
Qayta baholash natijasida tugallanmagan qurilishlar qiymatining kamayishi esa, 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida va moliyaviy natijalarning kamayishi mazkur tugallanmagan qurilishlarning qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
Xo‘jalik usulida amalga oshirilayotgan qurilishga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha qilingan xarajatlarning analitik hisobi xarajat elementlari (ish haqi, materiallar, boshqa bevosita sarflar va ustama xarajatlar)ga bo‘lingan holda har bir obyekt bo‘yicha alohida yuritiladi.
Pudrat usulida amalga oshirilayotgan qurilishga qilinayotgan xarajatlarning hisobi faqat obyektlar bo‘yicha (elementlarga bo‘linmagan holda) yuritiladi.
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha analitik hisob qurilish ishlari xo‘jalik yoki pudrat usulida olib borilishidan qat’i nazar, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning sarfi bo‘yicha alohida holda olib boriladi.
072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotida asosiy vositalarni xarid qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va yig‘ish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olinadi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo‘yicha (sotib olish va boshqa qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olgan holda) kirim qilinishi 01 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
08 “Nomoddiy aktivlarga qo‘yilmalar” schyoti
Ushbu schyot 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotidan iborat bo‘lib, unda nomoddiy aktivlarni xarid qilish yoki tashkilotning o‘zida yaratilishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlarning qiymati bo‘yicha (sotib olish va boshqa qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olgan holda) kirim qilinishi 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotining debetida va 080 “Nomoddiy aktivlarga xarajatlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
09 “Boshqa nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar” schyoti
Ushbu schyotda boshqa nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda keltiriladi:
090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar”;
091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar”.
090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotida ishlab chiqarish, yordamchi qishloq va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining buyum va mahsulotlarni tayyorlash, bosma mahsulotlarni nashr qilish va xizmat ko‘rsatishi uchun rejalashtiriladigan xarajatlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarishga doir xarajatlar, eksperimental qurilishlarni tayyorlash xarajatlari, shuningdek, boshqa bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan xarajatlar hisobga olinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda ishlar bajarishga qilinadigan xarajatlar va ularning tannarxini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Oldindan (ijara, abonent to‘lovi va h.k.) yoki keyingi davrlardagi (hisobdor summasining ortiqcha xarajatlari uchun to‘lovlar va boshqalar) tashkilot xarajatlari mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga ularning to‘langan muddatidan qat’i nazar qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida kiritiladi.
090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning debeti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, shuningdek, yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar aks ettiriladi.
Mazkur xarajatlar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning debetiga tovar-moddiy zaxiralar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi. Taqsimlanadigan xarajatlar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotning debetiga 210 “Taqsimlanadigan xarajatlar” subschyotining kreditidan hisobdan chiqariladi.
Kelgusida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan chiqindilarning kirim qilinishi 06 “Boshqa tovar-moddiy zaxiralar” va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari debetida va 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyoti kreditida aks ettiriladi.
(210-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 45-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-2/0925-son)
090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotining debetida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotdan 050 “Tayyor mahsulot” subschyoti yoki 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotining debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko‘rsatadi. Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) yuritiladi (mazkur Yo‘riqnomaning 44-ilovasi).
091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotida tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish va yetkazib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
Ushbu subschyot debetiga tovar-moddiy zaxiralarning hisob bahosi olib boriladi. Bunda, u yoki bu qimmatliklar qayerdan kelib tushganligi va tashkilotda materiallarni tayyorlash va olib kelish xarajatlarining xususiyatiga ko‘ra 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari bilan bog‘langan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
091 “Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditiga xarid qilingan qimmatliklarni xarid qilish (tayyorlash)ning haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisoblangan qiymati, tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar bilan bog‘langan holda olib boriladi.
|
| |