|
investorlar va ularning vakillari ular tomonidan qo’yilgan investitsiyalardan kutilayotgan daromadlar va xatarlar haqidagi axborotlarhaqida
|
bet | 6/17 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 37,99 Kb. | | #155453 |
Bog'liq Mavzu Korxona mustaqil xo\'jalik faoliyatini yurituvchi bozor su-fayllar.orginvestorlar va ularning vakillari ular tomonidan qo’yilgan investitsiyalardan kutilayotgan daromadlar va xatarlar haqidagi axborotlarhaqida;
investitsiyalar bo’yicha imkoniyatlar va ularni idora etilishihaqida;
tashkilotlarning dividend to’lay olish qobiliyati haqidakabilar.
Moliya hisobini tashkil etishdagi kontseptsiyalarni ro’yobga chiqarishda quyidagi talablar hisobga olinadi:
tashkilotning majburiyatlari va mol-mulklari shu tashkilotdagi mulk egalarining majburiyatlari va mol-mulkidan alohida hisobgaolinadi;
tashkilot o’zining faoliyatini kuzatilgan kelajakda ham davom ettiradi, bu tashkilotning faoliyatini to’xtatish yoki likvidatsiya qilish kabi niyatlari mavjud bo’lmaydi, shu bilan birga o’rnatilgan qonun-qoidalar bo’yicha majburiyatlar to’lanibboriladi;
tashkilot tomonidan tanlab olingan hisob siyosati joriy yilning keyingisiga nisbatan, bir tashkilot chegarasida, shuningdek o’zaro bog’liq tashkilotlar miqyosidaqo’llaniladi.
Moliya hisobotini tashkil etish va moliya hisobotini tuzish kontseptsiyasining asosiy printsiplaridan yana biri har bir xo’jalik operatsiyasini, xo’jalik faktini iqtisodiy mazmun va ikki xillik xususiyatdan kelib chiqib, moliya hisobining bir xil summada aks ettirishga imkon beradigan qo’sh yozuv uslubini qo’llash hisoblanadi.
Sintetik va tahliliy raqamlar yordamida tashkil etilajak tizimni buxgalterlik hisobi moliya hisobotida umumlashtirilgan korxona mulki va uning shakllanish manbalari haqidagi aniq puxta axborotni olishga imkon beradi.
Moliya hisobi va hisoboti asosida o’tkaziladigan korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish imkoniyatining mavjudligi ham asosiy qoida hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish, balans aktivlari likvidliligini aniqlash, ishlab chiqarish zahiralari va boshqa moddiy boyliklarning naqdligini aniqlash, shuningdek qator koeffitsientlarni hisoblashni nazarda tutadi.
Moliyaviy hisobotdan nafaqat korxona ichida foydalanish, balki u asosan tashqi foydalanuvchilarga yo’naltirilganligi sababli, xalqaro qoida va standartlarga muvofiq o’tkazilishi lozim bo’lgan auditorlik tekshiruvi zarurligini ham xarakterlaydi.
Auditor xulosasi mustaqil auditorlik firmasi tomonidan moliya hisobotiga izohlarni aks ettirgan holda tuziladi. Shuningdek, moliya hisobi va hisoboti tizimini tashkil etish paytida inflyatsiyani hisobga olish muhim masala hisoblanadi.
Moliya hisobining qabul qilingan printsiplari mamlakatlarning ko’pchiligida boshlang’ich narxlarga asoslangan ko’rsatkichlarni o’z ichiga olgan moliya hisobotlari (moliya vedomostlari)ga yo’naltirilgan.
Bunday yondashuv ikki sabab bilan tushuntiriladi, boshlang’ich narxlar, korxona bitim sodir etilgan soniyasida to’lovni amalga oshirgan yoki mablag’larni olgan haqiqiy narxlarni ifodalaydi: boshlang’ich narxlar, odatda, mustaqil sheriklar o’rtasida tijorat bitimining tuzilishi natijasi hisoblanadi va shuning uchun xolis va tekshirib to’laydigan moliya operatsiyalarining ko’rsatkichlaridan iborat bo’ladi.
Respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimiga o’tish bo’yicha islohotlar olib borilmoqda. Chunki xalqaro standartlarga mos buxgalteriya hisobi, hisoboti va ularning tahlilisiz korxonalar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish mumkin emas.
Mustaqillik yillarida respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlar darajasiga chiqarish borasida talaygina ishlar qilib kelinmoqda. Moliyaviy hisobotlar tizimidagi o’zgarishlar hisob tizimida qo’llanila boshlanishi bo’ldi. Bulardan tashqari buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Milliy Standartlarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi natijasida respublikamizning buxgalteriya hisobi va audit tizimida qator yangilanishlar sodir bo’ldi. 1996 yil 30-avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi xalqaro andozalari asosida buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqdi. Hozirgi vaqtda bizda buxgalteriya hisobi milliy standartlarining (BHMS) 17 ta standarti O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro’yxatdan o’tgan.
№ 1 (BHMS) Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. Bu standartda har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’ziga xo’jalik yuritish xususiyatlarini hisobga olgan holda qo’shimcha schyotlardan foydalanish va hisob siyosatini o’zi belgilab olishi aytib o’tilgan.
№ 2 (BHMS) Asosiy xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlar. Bu standartga xo’jalikka kelib tushadigan daromadlarning aniqlanishi va daromad turlari berilgan.
№ 3 (BHMS) Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning oladigan moliyaviy natijasi haqida tushunchalar berilgan.
№ 4 (BHMS) Tovar-moddiy zahiralar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy zahiralari haqida ko’rsatmalar berilgan.
№ 5 (BHMS) Asosiy vositalar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining asosiy vositalari eskirishini hisobga olish, ularning dastlabki qiymati, qayta tiklash qiymati, qoldiq qiymati bo’yicha hisoblash yo’llari ko’rsatilgan.
№ 6 (BHMS) Lizing hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ktlarning lizing operatsiyalari bo’yicha tushunchalar ular bilan operatsiyalarni hisobga olish tartiblari berilgan.
№ 7 (BHMS) Nomoddiy aktivlar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning nomoddiy aktivlari haqida tushunchalar, nomoddiy aktivlarni hisobga olish tartiblari berilgan.
№ 8 (BHMS) Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga qo’yilgan investitsiyalar hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning sho’’ba korxonalarida hisob yuritish tartibi ularning moliya hisobotini tuzish imkoniyatlari ko’rsatilgan.
№ 9 (BHMS) Pul oqimi to’g’risida hisobot. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’lari bo’yicha, valyuta mablag’lari bo’yicha va boshqa pul oqimlari bo’yicha operatsiyalarini hisobga olish tartiblari ko’rsatilgan.
№ 10 (BHMS) Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga davlat subsidiyasi berilganda va davlat tomonidan berilgan yordamni hisobga olish ishlarini yuritish tartiblari ko’rsatilgan.
№ 11 (BHMS) Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik qayta ishlash xarajatlarini hisobga olish tartiblari berilgan.
№ 12 (BHMS) Moliyaviy investitsiyalar hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar bo’yicha yuritiladigan operatsiyalari haqida tushuncha berilgan.
№ 16 (BHMS) Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan hodisa va xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladigan voqealar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kutilmagan sharoitlarni hisobga olish va buxgalteriya balansini tuzgandan keyin xo’jalikda bo’ladigan voqealarni hisobga olish tartiblari ko’rsatilgan.
№ 17 (BHMS) Kapital qurilish bo’yicha pudrat shartnomalari. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kapital qurilishida pudrat shartnomasi asosida hisob yuritish tartiblari ko’rsatilgan.
№ 19 (BHMS) Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning inventarizatsiya tashkil etish va o’tkazish tartiblari bo’yicha tushunchalar berilgan.
№ 20 (BHMS) Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to’g’risida. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kichik tadbirkorlik sub’ektlarining hisobotini tuzish tartiblari ko’rsatilgan.
№ 21 (BHMS) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yangi schyotlar rejasini qo’llanilishi bo’yicha ko’rsatmalar berilgan. 2002 yil 1-yanvardan boshlab Respublikamiz buxgalteriya hisobini yuritishda yangi schyotlar rejasi asosida yangi hisobot tuzish shakllarida buxgalteriya hisobining milliy standartlariga mos hisob-kitob ishlarini boshlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
investorlar va ularning vakillari ular tomonidan qo’yilgan investitsiyalardan kutilayotgan daromadlar va xatarlar haqidagi axborotlarhaqida
|