|
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi
|
bet | 3/17 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 37,99 Kb. | | #155453 |
Bog'liq Mavzu Korxona mustaqil xo\'jalik faoliyatini yurituvchi bozor su-fayllar.org
boshqaruvhisobi;
moliyaviyhisob;
soliqhisobi.
Boshqaruv hisobi o’zida shunday hisob ma’lumotlarini jamlaydiki, bu ma’lumotlar faqat korxonaning o’zida boshqaruv uchun zarurdir. Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxni kalkulyatsiya qilish bilan birga, u mavjud holatni tahlil etish, qaror qabul qilish, kompyuterlar va texnologik dasturlardan foydalanish, resurslardan foydalanish va tannarxning shakllanishini boshqarish, xarajatlarning me’yordan chetga chiqishini tahlil etish va boshqalarni qamrab oladi. Boshqaruv hisobi ma’lumotlarida ma’lumotlarni tez olish, o’qish va ulardan foydalanib, operativ boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati bo’lishi kerak.
Moliyaviy hisob shunday ma’lumotlarni o’zida mujassam etadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilishda foydalaniladi, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlar taqdim qilinadi. Moliyaviy hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez qilishga yo’naltirilgan. U ba’zi bir davr uchun korxona foydasini tezkor aniqlashga, korxonaning aktivlari va passivlarini hisobot balansi shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Soliq hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar va yig’imlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qo’llash hamda ularni o’z vaqtida byudjetga o’tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi buxgalteriya hisobi turidir. Soliq hisobi o’z usullari yordamida
soliq va yig’imlar, ularning ob’ekti, sub’ektlari va soliqqa tortish bazasini, to’lash muddatlarini aniqlab beradi.
Moliyaviy hisob yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablag’larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog’liq xarajatlar aniqlanadi, xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va korxonaning umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar topiladi.
Moliyaviy hisob har qanday tizimda ham quyidagi uchta funktsiyani bajaradi: 1) axborot berish; 2) nazorat qilish; 3) boshqaruv echimlarini ishlab chiqish. Bu funktsiyalarni bajarishda moliyaviy hisob har xil usullardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, moliya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan tizimning maqsadiga qarab har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Moliyaviy hisobning asosiy vazifalarini tushunib olish uchun uning ob’ektlarini bilib olish lozim bo’ladi. Ushbu ob’ektlar quyidagi 4 ta guruhdan tashkil topgan:
|
| |