|
Rasm 13. Kuzgaluvchan valli konusli katta maydalagich
|
bet | 11/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)Rasm 13. Kuzgaluvchan valli konusli katta maydalagich.
1- kuzgalmas konusning yukorigi kismi; 2-maydalovchi konus; 3- val; 4-ekssentrik stakan; 5-tashki kuzgalmas konusning pastki kismi; 6- konusli tishli uzatma; 7-uzatma val; 8- shkiv.
Juvali maydalagichlarda xom ashyo 2 ta bir-biriga karama-karshi aylanadigan silindrik yoki utkir tishli juvalar orasida uzluksiz maydalanadi.
Bolgali maydalagichlarda xom ashyo tuxtovsiz aylanadigan valga biriktirilgan birnechta bolgalarning kuchli zarbi natijasida rudalarni maydalaydi. Bunday maydalagichlardan asosan o‘rtacha va yumshoq (Fosforit rudalari, sement xom ashyolari, oxaktoshlar va h.)tog‘ jinslari hamda foydali qazilmalarni maydalash uchun foydalaniladi.
Rasm 14. Bolgali maydalagichlarning asosiy sxemalari. a – bitta rotorli; b – oxirgi maydalashda kullaniladigan parallel joylashgan ikki rotorli; 1 – gorizontal val; 2 – bolgalarning uklari; 3 – maydalagich korpusi; 4 – kolosnikli panjara (galvir); 5 – rotorlar diski; 6 – futerovka plitkalari; 7 – bolgalar 8 – yuklash kismi.
Bolgali maydalagichlar tashki tomonidan plitkalar asosida korpus kilingan bo‘lib ichki kismiga esa rotorlarga biriktirilgan bolgalardan iborat. YUkori va pastki kismlari po‘lat listlardan payvandlash yordamida yoki kuyma po‘latlar yordamida kotiriladi. Korpusning pastki tayanuvchi kismiga (rolikli yoki sharikli) podshipniklar urnatilgan bo‘lib bu podshipniklar rotor vallarini engil aylanishiga xizmat kiladi. Rotor oxirgi kismlarida ikkiti va oralik kismlarida bir nechta disklardan tashkil topgan. Bu disklar shponkalar yordamida kotiriladi. Yirik maydalash boskichlarida bu disklarga ogir bolgalar kam mikdorda urnatiladi. Kichik maydalash boskichlarida esa aksincha engil bolgalar ko‘p mikdorda urnatiladi. Maydalagichlarning tepa kismlari plitkalar yordamida futerovka kilinadi va bu futerovkalar vakti vakti bilan almashtirib turiladi. Pastki kismida esa tayanib turuvchi moslama ustida kolosnikli g‘alvir joylashtirilgan. Bu g‘alvir panjara kolosniklar blogidan, aloxida kolosniklardan yoki perforirlangan po‘latdan bo‘lib, g‘alvirlarning kolosniklari orasi maydalangan maxsulotning tushishiga karab va bolgalarning aylanish tomoniga karab 10 – 200 burchak ostida buladi.
Bolgalar esa eyilishga chidamli bo‘lgan po‘latlardan yasaladi. Maydalanadigan materialning xususiyatiga va talab darajasida maydalanishiga karab bolgalar bir necha xil shaklda, ogirligi esa 1kg dan 135kg gacha bo‘ladi.
|
| |