• CHo‘ktirish sikli
  • Rasm 35. CHo‘ktirish mashinasi tagligida zarrachalarni xarakatlanish sxemasi: 1-engil; 2- o‘rtacha; 3- og‘ir zarrachalar




    Download 13,14 Mb.
    bet40/90
    Sana13.05.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #228770
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)

    Rasm 35. CHo‘ktirish mashinasi tagligida zarrachalarni xarakatlanish sxemasi: 1-engil; 2- o‘rtacha; 3- og‘ir zarrachalar

    Rasm 36. CHo‘ktirish mashinasida maxsulotlarni taqsimlanishi.
    1-engil; 2- engilroq; 3-4 – og‘irroq; 6- og‘ir fraksiyalar; 6- dastlabki material.
    Taglik orqali o‘tayotgan og‘ir zarrachaning o‘tish tezligi
    , m/s (44)

    ifoda bilan aniqlanadi.
    Bu erda: q – vaqt birligi ichida taglik orqali o‘tgan zarrachalar miqdori;
    δk – taglik orqali o‘tgan zarrachalar zichligi, kg/m3;
    F – taglikning yuzasi, m2;
    ur – taglikning o‘rtacha bo‘shoqlik koeffitsienti.
    Demak, taglik orqali zarrachalarni o‘tish tezligi, zarrachalarning o‘lchami, zichligi, shakliga va taglikning balandligiga bog‘liq ekan. Taglikni zichligi va balandligi oshgan sari zarrachalarni taglikdan o‘tish tezligi sekinlashib boradi.


    CHo‘ktirish sikli
    CHo‘ktirish sikli deb, bir tebranishlar davrida taglikdagi muxit xarakatining qonuniyat bilan o‘zgarishiga aytiladi.
    CHo‘ktirish siklini muxit va zarrachalar xarakati tezliklarini vaqtga bog‘liqligini grafik usulda tasvirlash qabul qilingan.
    Oqimning yuqoriga va pastga qarab xarakatlanishi davrida xar qanday siklda muxitda «ko‘tarilish» (pod’yom) «sokinlik» (pauza) va «tushish» (opuskanie) jarayoni yuz beradi. Sikllar bir-biridan ko‘tarilish, sokinlik, tushish jarayonlarining davomiyligi bilan farqlanadilar.
    Simmetrik va asimetrik cho‘ktirish sikllari mavjud.
    Vaqt ichida muxit tezligini sinusoidali ko‘rinishda o‘zgaruvchi garmonik sikl – simmetrik siklga kiradi ( 37a - rasm), boshqalari esa assimetrik sikl guruxi xisoblanadilar (37b,v,g - rasmlar).
    Garmonik siklda muxitning ko‘chish masofasi xarakat tezligini o‘zgarishi
    (45)


    (46)
    ifodalar bilan aniqlanadi.
    Bu erda: S – muxitni ko‘chish masofasi, mm;
    L – tebranishlar amplitudasi:
    n – bir minutdagi muxitning tebranishlar soni;
    t – vaqt, sikl boshlanishidan xisoblanadi;
    U – muxit oqimining tezligi.
    Agar, panjara ostidan bir xil tezlik bilan qo‘shimcha suv berilsa Un muxit oqimining tezligi



    ifoda bilan aniqlanadi.
    37 - rasm. a) Garmonik siklda yuqoriga va pastga qarab xarakatlanayotgan oqim tezliklari bir xil (Uv = Un) va ularning xarakat davrlari xam teng (tv = tn).
    Garmonik sikldan tashqari olimlar tomonidan juda ko‘p har xil sikllar taklif qilingan. Eng ko‘p tarkalganlari Mayer, Berda va Tomos sikllaridir.
    Mayer siklida (37 ,b-rasm) oqimning yuqoriga va pastga qarab xarakatlanish davrlari qisqa, sokinlik davri esa uzoq davom etadi.
    Berda siklida (37, v -rasm) oqimning yuqoriga xarakatlanish tezligi katta, davri qisqa, pastga qarab xarakatlanish tezligi kichik, davri ko‘proq «sokinlik» yo‘q.
    Tomas (37, g-rasm) oqimni pastga qarab xarakatlanishiga nisbatan yuqoriga qarab xarakatlanish tezligi kichik, davri uzoq. Oqim yuqoriga qarab ancha vaqt bir xil tezlik bilan xarakat qiladi.


    Download 13,14 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm 35. CHo‘ktirish mashinasi tagligida zarrachalarni xarakatlanish sxemasi: 1-engil; 2- o‘rtacha; 3- og‘ir zarrachalar

    Download 13,14 Mb.