|
Rasm 25. Gidrotsiklon turlari
|
bet | 21/90 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #154290 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)Rasm 25. Gidrotsiklon turlari:
a – quyunli; b – kompaund – siklon (Kanada); v – qisqa konusli
Tangensial yo‘naltiruvchi quvur orqali bosim ostida bo‘tana siklonning silindr qismiga yuborilganda oqim siklon devori bo‘ylab pastga (to yirik zarrachalar to‘plangan qismiga) qarab aylanma xarakat qilib boradi. Yul yo‘lakay suyuqlik uz yo‘nalishini o‘zgartirib, gidrotsiklon markazida yuqoriga qarab xarakatlanadi (mayin zarrachalar bilan) va dastgoћ yuqorisiga o‘rnatilgan quvur orqali siklondan chiqib ketadi .
SHunday qilib, gidrotsiklonda ikkita bir tomonga qarab aylanuvchi oqim xosil bo‘lib, tashqi oqim pastga, ichki oqim yukoriga qarab yo‘nalgan bo‘ladi, gidrotsiklon markazi (o‘qi) atrofida ichki oqimning qochma kuchi shu darajaga etadiki, okimning uzluksizlik sharti buzilib, u uziladi va suyuqlik chiqib ketadigan quvur diametrini 0,7 ulushga teng o‘lchamida xavo ustini paydo bo‘ladi.
Demak, gidrotsiklon konus kismining ma’lum balandligida shunday joy borki, u erda okimning yukoriga yunalgan vertikal tezligi nolga teng buladi. Bundan tashkari, gidrotsiklon ichida radial, ya’ni gidrotsiklon devoridan markazga karab xarakatlanuvchi okim buladi .
SHunday qilib, gidrotsiklondagi suyuqlik xarakatining gidrodinamik ko‘rinishi juda murakkab .
Gidrotsiklondagi oqimning xar bir elementar xajmi suyuqlik xarakati tezligini uchta tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin :
- tangensial (aylanma) tezlik ( t), gorizantal qirqimida elementar xajm aylanish radiusiga perependikulyar yo‘nalishda ;
- radial tezlik ( ) gidrotsiklon radiusi bo‘yicha o‘qqa yo‘nalgan;
- vertikal tezlik ( ) – yuqoriga yoki pastga yo‘nalgan. Vertikal tezlik «+» yoki «-» ishoraga ega bo‘lib, suyuqlik qaysi quyunda (ichki yoki tashqi) ekanligiiga bog‘liq.
Gidrotsiklondagi suyuqlik oqimining tangensial tezligi aylanish radiusining kamayishi bilan ortib boradi. Bundan kelib chiqadiki, gidrotsiklonning balandligi bo‘yicha tangensal tezlik xar xil tezlikka ega. Umuman olganda ideal suyuqlik uchun pastga yo‘nalgan quyunning tangensal tezligi tenglamaga bo‘ysinadi.
|
| |