|
Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish
|
bet | 29/90 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #154290 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)Nazorat savollari
Boyitishning qanday sxemalarini bilasiz?
Boyitish sxemalarini tuzishda qanday omillar hisobga olinadi?
Suv shlam sxemasini hisoblash nima uchun zarur?
Uskunalar zanjir sxemasida nimalar ko‘rsatiladi?
Uskunalar zanjir sxemasida tayyorlash jarayonlari uskunalari qanday ko‘rinishda chiziladi? Foydali qazilmalarni boyitish deganda nima tushuniladi?
Boyitma deb nimaga aytiladi?
Boyitma tarkibidagi qimmatbaxo komponentning miqdori qanday talablarga javob berishi kerak?
Boyitishning asosiy jarayonlariga qanday jarayonlar kiradi?
Boyitishning asosiy texnologik ko‘rsaatkichlariga nimalar kiradi?
MA’RUZA №12
Mavzu: Gravitatsiya usulida boyitish. Fraksiyali tahlil.
Reja:
1. Gravitatsiont boyitish haqidagi umumiy tushunchalar
2. CHuktirish muxit tebranishlari chastotasi va amplitudasi
3. Qiya tekistlikda oqayotgan suvlarda boyitish
Tayanch iboralar: amplituda, chastota, suv sarfi, zichlik, yiriklik, texnologik sxema, boyitish maqsulotlari, komponentning miqdor, boyitish mahsulotlari, ajralish, chiqindining chiqishi, boyitilish darajasi, qisqarish darajasi
Gravitatsiont boyitish haqidagi umumiy tushunchalar
Gravitatsiya usuli bilan boyitish (saralash) asosan zarrachalarning og‘irlik kuchi ta’sirida ma’lum muhitda xar xil tezlik bilan xarakatlanishiga asoslangan.
Bu usul, boyitish usullari ichida eng qadimgisi hisoblanadi.
Odamzot birinchi bo‘lib daryo qumlaridan oltinni yuvib olishni o‘rganganlar. Bu esa gravitatsiya usuliga kiradi. Gravitatsion boyitishning prinsiplari (tamoyillari) odamlarga 2 ming yil oldin ma’lum bo‘lgan va birinchi bo‘lib Pliniy, keyinrok Agrikol tomonidan yozma ravishda bayon etilgan. Vaqt o‘tishi bilan bu usul takomillashib borgan, unumdorlikni oshirish uchun xar xil moslamalar, qurilmalar ixtiro qilingan. Eramizdan avvalgi V asrlardayok (Gerodot zamonida) Sochma konlarni boyitishda shlyuzlar, butaralar ishlatilgan.
Gravitatsion boyitishning eng rivojlanish davri XIX asr oxiri va XX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda hozirgi zamon gravitatsiya usulini nazariyasi shakllanadi, juda ko‘p yangi apparatlar yaratiladi. Hozirgi vaqtda gravitatsiya usuli dunyoning barcha boyitish fabrikalarida foydalaniladi. Bunga sabab, usulning soddaligi, kamxarjligi, unumdorligining yuqoriligidir.
YUqorida aytilganidek, gravitatsiya usuli ajralayotgan zarrachalar zichliklarning farqiga asoslangan.
Gravitatsiya usuli bilan boyitishda ma’lum kattalikdagi xar xil zichlikka ega bo‘lgan zarrachalar muhitda (havoli, suvli) xarakat qiladilar. Zarrachalarning muhitda xarakatlanish qonuniyatlarini mexaniqa, gidravlika, fizika qonunlari xamda gidrodinamika va aerodinamikalarning asosiy nazariyalari orqali tushuntiriladi. Ba’zi bir xollarda statistik fizika va ehtimollar nazariyalaridan foydalaniladi.
Gravitatsion boyitish usullarini yagona bir sistemaga birlashtirish, klassifikatsiyalash (tasniflash) qiyin. Ko‘pincha, ishlatiladigan dastgohlar turiga qarab, muhitga va boshqa tamoyillarga asoslanib sinflarga ajratish mumkin, masalan:
1.Gravitatsion boyitish muhitida qatlamlanish quyidagicha buladi: gidravlik, pnevmatik, og‘ir suyuqlik, elektrolit muhitlarda.
2. Qiya tekislikda xarakatlanayotgan suyuqlikda ajralish: novda, shlyuzda, konsentratsion stolda, vintli separotorda boyitish va hokazo.
|
| |