|
Jadval 10. Boyitish usullari va minerallarning xossalari
|
bet | 26/90 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #154290 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)Jadval 10. Boyitish usullari va minerallarning xossalari
Boyitish usullari
|
Minerallarning xossalari
|
Gravitatsiya
|
Solishtirma oђirlik, zichlik
|
Flotatsiya
|
Mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farq
|
Magnit
|
Magnitlanish qobiliyati
|
Elektr
|
Elektr xossalari
|
Qo‘lda saralash
|
Rangi, yaltiroqligi, shakli, zichligi
|
Boyitishni bir marta boyitishda tugatib, darhol boyitma va chiqindi olish mumkin. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, bir marta boyitishdan so‘ng boyitma unchalik boy, chiqindi esa etarli darajada kambag‘al bo‘lmay, ularni qaytadan boyitishga to‘g‘ri keladi. Bu maqsadda boyitmani tozalash va chiqindini nazoratlash operatsiyalari o‘tkaziladi. SHu ketma-ket jarayonlar boyitish operatsiyalari deyiladi, oldingi operatsiyadan keyingi operatsiyaga tushuvchi mahsulot oraliq mahsulot deyiladi.
Boyitish fabrikasida foydali qazilma bir qator qayta ishlash jarayonlaridan o‘tib, ularning texnologik sikldagi vazifalariga qarab tayyorlash, boyitish va yordamchi jarayonlarga bo‘lish mumkin.
Tayyorlash jarayonlariga maydalash, yanchish, elashl hamda klassifikatsiya jarayonlari kiradi va ularda mineral zarrachalarning yuzasi ochiladi, foydali qazilmani boyitish muvaffiqiyatli o‘tishi uchun lozim bo‘lgan yiriklikdagi sinflarga ajratiladi.
Boyitish jarayonlariga foydali qazilmani boyitma va chiqindiga ajratishga imkon beruvchi minerallarni ajratish jarayonlari kiradi.
|
| |