|
Jadval 14. Muxit qovushqoqligining dinamik koeffitsentlari
|
bet | 32/90 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #154290 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)Jadval 14. Muxit qovushqoqligining dinamik koeffitsentlari
Muxit
|
Xarorat 0S
|
μ Pa.s.
|
Havo
Suv
Kerosin
Neft (engil)
Neft (og‘ir)
Surkash moyi
Glitserin
|
20
20
18
18
18
20
20
|
0,00002
0,00101
0,0025
0,025
0,14
0,172
0,87
|
Suspenziyaning qatlam bo‘yicha berilgan zichligini saqlab turish qobiliyatiga suspenziyani barqarorligi deb ataladi.
Suspenziyaning barqarorligini oshirish uchun unga tuproq, juda mayda zarrachali oqirlatgichlar, yoki suyuq shisha, oltingugurt alyuminatlar (0,001-0,5%) qo‘shiladi.
Foydali qazilmalarni qiya tekislikda oqayotgan suv oqimida boyitish
Gravitatsiya usuli bilan boyitishning bu turi suv oqimining dinamik ta’siri ostida zarrachalarning har xil tartibda xarakat qilishiga asoslangan. Zarrachalarni saralash, qiya oqimning kichik chuqurligida olib boriladi. Oqimni qalinligi boyitilayotgan eng yirik zarracha o‘lchamidan 10 barobar katta xolos. Bu tamoyil bilan ishlaydigan dastgohlarni turi ko‘p, ulardan asosiylari: konsentratsion stollar, shlyuzlar, vintli saralagichlar, tizillama novlar, tizillama konsetrantorlar. Bularni birlashtiruvchi omil xammasida bo‘tana qiya yuzada og‘irlik kuchi ta’sirida xarakatlanadi. Dastgohlarni qiyaliligi konsentratsion stol va shlyuzlarda 2-10O, vintli saralagichlarda 9-12O va torayib boruvchi novlarda 14-180 bo‘ladi.
Qiya yuzada xarakatlanish qonuniyati
Laminar marom
Suyuqlikni ochiq oqim sharoitida xarakatlanishida, uning qatlami balandligi bo‘yicha xarakat tezligi xar xil. Oqim tubida tezlik nolga teng bo‘lsa, oqim yuzasida esa oqim maksimal tezlikka erishadi.
Laminar maromda xarakatlanayotgan suyuqlikning oqim tezligi tenglamasi quyidagicha(6 - rasm) fikrlash yo‘li bilan olinadi.
|
| |