|
Asosiy boyitish jarayonlari kanday tanlanadi?
|
bet | 4/90 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #154290 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)Asosiy boyitish jarayonlari kanday tanlanadi?
Yоrdamchi jarayonlar esa kuyidagilarni tashkil etadi.
Suvsizlantirish
Kuyiltirish.
Filtrlash (olingan konsentratlarni)
Kuritish (olingan konsentratlarni)
CHansizlantirish.
Sexlarni shamollatish
Yordamchi jarayonlarni ishlab chikarishdagi axamiyati?
Gravitatsiya usulida boyitish asosan suvli muxitda zarrachalarning solishtirma ogirligi va zichligiga asoslangan xolda boradi va yanchilgan maxsulot tarkibidan odiiy til bilan aytganimizda yuvib kerakli foydali elementlarni ajratib olish tushuniladi. Bunday usul juda xam kadimiy boyitish usullaridan xisoblanadi.
Flotatsiya usulida boyitish zarrachalarning gidrofob va gidrofil ya’ni zarrachalarni namlanish va namlanmaslik xususiyatiga asoslanib olib boriladi. Flotatsiyaning moyli, gazli yoki ionli turlari mavjud.
Magnit usulida boyitishda esa zarrachalarning magnitlanish xossalariga asoslanib olib boriladi. Bunday usulda asosan temir tarkibli rudalar boyitiladi.
Elektr usulida boyitish, bu usul zarrachalarni kuchli elektr tokini utkazuvchanligiga asoslanadi. Buning uchun konsntratlarni yanada tozarok ajratib olish uchun elektroliz kilish usullaridan foydalaniladi.
Maxsus kimyoviy usulda boyitish kuyidagicha usullarga bulinadi:
1. Uyumlarda tanlab eritish
2. Er osti usulida tanlab eritish
3.Maxsus chanlarda (katta xajmdagi idishlarda) tanlab eritish.
Xar –xil sharoitdan kelib chikkan xolda kuyidagicha bo‘lib, balansdan tashkari rudalarni uyumlarda tanlab eritish; foydali kazilmalar yupka plastlardan tashkil topgan bulsa er osti usulida tanlab eritiladi, aks xolda er osti usulida kazib olib yoki ochik usulda kazib olib boyitish iktisodiy tomondan koplamaydi va aksincha zararga ishlanadi; foydali kazilmalarni ma’lum bir usulda boyitib konsentrat ajratib olingandan sung chikindi tarkibida kolgan kerakli foydali komponentlarni tuligicha ajratib olish uchun maxsus chanlarda eritish usulidan foydalaniladi olinadi
|
| |