|
Sanoatda ishlatiladigan ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar
|
bet | 63/90 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #154290 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)Sanoatda ishlatiladigan ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar
Sanoatda ko‘prok kimyo sanoatida va neftni qayta ishlashdan olinadigan qo‘shimcha mahsulotlar ko‘pik hosil qiluvchi reagent sifatida foydalaniladi. Bunday reagentlarni sintez qilib olish ham mumkin.
IM-68 reagenti - alifatik spirtlar aralashmasi, radikaldagi uglerod atomlarini soni 6-8, asosan izoqurilishga ega bo‘lib, temir rudasini flotatsiyalashda ishlatiladi.
E - 1 va E - 1A reagentlari - past polietilenglikollar monobutil efirlarining aralashmasi ko‘p metali rudalarini kollektiv flotatsiyalashda qo‘llaniladi.
Butil.spirtini.olishdagi qoldiq - radikalida 8 tadan ko‘p uglevodorod atomi bo‘lgan spirtlar, oktil, butil spirtlari va aldegidlarning aralashmasi ko‘mirni flotatsiyalashda ishlatiladi.
Penoreagent - radikalida 4-8 tagacha uglerod atomi bo‘lgan spirtlar aralashmasi, geksil spirtiga hisoblaganda 45 % spirti bor bo‘lib, ko‘mirni boyitishda ishlatiladi.
Siklogeksanol - siklli spirt, quyidagi qurilishga ega bo‘lib,
ko‘p metalli rudalarni selektiv flotatsiyalashda ishlatiladi.
T-66 – ko‘p moddalar aralashmasi, 60-80 % dioksan va piran sipirtlaridan tashkil topgan, ko‘mir va bir qancha rudalarni boyitishda ishlatiladi.
Sosna yog‘i – terpen qatoridagi aromatik siprtlar aralashmasi, tarkibida 40-60 % terpenol bo‘lib, universal ko‘pik hosil qiluvchi reagent hisoblanadi.
OPSB reagenti – polipropilenglikollarning monobutil efirlari, umumiy tenglamasi R–O–(C3H6O)n-H ko‘rinishida bo‘ladi (bu erda n = 2, 3, 4, 5…), mis–molibden rudalarini boyitishda foydalaniladi.
OP-7 va OP-10 reagentlari – mono- va diontilfenollarning polietilenglikol efirlari, R–O–(CH2SN2O)nH (bu erda n = 7 va 10) temir rudasini boyitishda ishlatiladi.
Metilizobutilkarbinol (MIBK) – ikkilamchi spirt bo‘lib,
ko‘mir va rudalarni boyitishda ishlatiladigan istiqbolli reagent hisoblanadi.
|
| |