• Faollantiruvchi reagentlar
  • Amaliyotda keng ishlatiladigan faoolantiruvchilarga quyidagilar kiradi
  • Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish




    Download 13,14 Mb.
    bet64/90
    Sana10.02.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #154290
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)

    Moslovchi reagentlar
    Moslovchilar (regulyatorlar) deb, mineral yuza bilan reaksiyaga kirishib, uning sirtida suvyuqar (gidrofil) yoki suvyuqmas (gidrofob) qoplama hosil qilish yo‘li bilan yoki tanlangan mineral yuzasining xossalarini o‘zgartirib, yig‘uvchi reagent bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatini oshirish yoki kamaytirish yo‘li bilan flotatsiya natijalarini yaxshilashga xizmat qiluvchi reagentlarga aytiladi.
    Moslovchi reagentlar xizmat vazifasiga qarab faollantiruvchilar (aktivatorlar), taziqlovchilar (podavitellar, deprossorlar), muhit rN ni moslovchilar va betaraflovchi (peptizatorlar) guruhlariga bo‘linadilar.

    Faollantiruvchi reagentlar


    Bu toifadaga reagentlarni vazifasi kerakli mineral yuzasini yig‘uvchi reagent bilan reaksiyaga kirishishiga tayyorlab berishdir.
    Faollantiruvchi reagentlarni minerallarga ta’sir qilish mexanizmi quyidagicha:
    1. Mineral yuzada yig‘uvchi reagent bilan reaksiyaga kirishuvchi parda hosil qilishi. Bu mexanizm bilan oksidlangan minerallarni natriy sulfidi bilan sulfidlash kiradi.
    2. Mineral. yuzaga faollantiruvchi ionlarni shimilishi va bu ionlar bilan yig‘uvchi reagentlarini birikishi. Bunga misol qilib sfalerit (ZnS) mineralini mis ioni bilan faollantirish kiradi.
    3. Mineral yuzada hosil bo‘lgan oksid pardani eritib yuborish (pirit yuzasini kislota bilan yuvish).

    Amaliyotda keng ishlatiladigan faoolantiruvchilarga quyidagilar kiradi:


    Natriy sulfid (Na2S) - rapgli metallar oksidini sulfidlash uchun ishlatiladi. Natriy sulfid suvda gidrolizlanadi:

    Na2S + H2O = NaHS + NaOH (63)


    Ishqor eritmada S2- ioni, nordon eritmada HS- va Na2S ko‘proq bo‘ladi, chunki


    Na2S = HS- + H+; HS- = S2- + H+


    Oltingugurt ioni sulfid minerallarni tazyiqlaydi, oksidlarni esa sulfidlab, faollantiradi.



    Download 13,14 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish

    Download 13,14 Mb.