|
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasiBog'liq Дарс ишланма 2O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:
kattalarni hurmat qilish, ularning
nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy
qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Fanga oid kompetensiyalar
1) nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiya.
2) lingvistik (grafika, orfografiya, fonetika, leksika, grammatika) kompetensiya.
Darsning turi:
o‘quvchilar bilimini mustahkamlovchi.
Darsda foydalaniladigan usullar:
guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “To’g’ri-
noto’g’ri”, “9 qopqoq” va “Mosini toping!” va “Xazina top!” o’yin-topshirig’i.
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
slaydlar, rasmlar, bukletlar, tarqatmalar
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism - 3 daqiqa
2. Uy vazifasini so’rash, tekshirish - 10 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni - 8 daqiqa
4. Mustahkamlash - 20 daqiqa
5. O’quvchilarni baholash - 2 daqiqa
6. Uyga vazifa berish - 1 daqiqa
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.
Dars boshlanadi. So‘ng o‘quvchilar bilan salomlashilib, davomat aniqlanadi va
sinf tozaligiga e’tibor beriladi. O’quvchilar 2 ta guruhga bo’linadi. 1-guruh
“Namatak”
, 2-guruh
“Moychehchak”
.
II. Olingan bilimlarni takrorlash.
O’quvchilardan uyga vazifasi qaysi davlat ramzlarida qushlar tasviri uchrashi va
ular nimaning timsoli ekani haqida ma’lumot to‘plash edi, “Zanjir” usulida
so’raladi. O’tilgan mavzu yuzasidan “9 qopqoq” mashg’uloti o’tkaziladi. Bunda
o’quvchilar 9 ta qopqoq, ya’ni 9 ta katakdagi savollarga javob berishlari kerak
bo’ladi. Savollar o’tilgan mavzu yuzasidan.
III. Yangi mavzu bayoni.
Abu Ali ibn Sino haqida audio qo’yib eshittiriladi.
|
| |