IV. Mustahkamlash.
Og’zaki bajartiriladi.
3. O‘qing va savollarga javob bering.
Dorivor o‘simliklarni izlash va amalda qo‘llash bundan ming yillar
ilgari
boshlangan. Ayrim hollarda dorivor o‘simliklarni aniqlash insonga
qimmatga
tushgan, chunki dorivor o‘simliklar ta’sirini u dastlab o‘zida sinab ko‘rgan.
Qadim zamonlarda kishilarning bilim darajasi yetarli bo‘lmagani
tufayli
o‘simliklar ularga sehrli va fusunkor bo‘lib ko‘ringan. Odamchalarga
o‘xshash jenshen va mehrigiyoh ildizi haqida ko‘pdan ko‘p afsonalar to‘qilgan.
Jenshen ildizining kuchsizlanib, holdan toygan kishilarga quvvat bag‘ishlashi
mo‘jiza deb qaralgan. Vaqtlar o‘tishi bilan ilm va fan muayyan o‘simlikning
qanday qilib davo bo‘lishini tushuntirib berdi, afsonaviy gaplar esa o‘z-o‘zidan
yo‘qolib ketdi. Ko‘pgina shifobaxsh o‘simliklar tibbiyotda qo‘llanadi. Kishilar
o‘simliklar ning kimyoviy tarkibini mukammal o‘rganishga erishdilar. Bu esa
o‘z navbatida yangi-yangi kashfiyotlarga olib keldi.
1. Dorivor o‘simliklarning insonlarga foydasi haqida gapiring.
2. Nima uchun shifobaxsh giyohlar haqida afsonalar to‘qildi?
3. Jenshenning qanday foydali xususiyati bor? 4. Uyingizda qanday shifobaxsh
giyohlardan foydalanasiz? 5. Yana qanday giyohlar haqida bilasiz?
4. O‘ylang va toping. Daftarga yozing. Namuna:
Jenshen va mehrigiyoh ildizi haqida ko‘plab afsonalar to‘qilgan edi.
1. Jenshen va mehrigiyoh ildizi haqida ko‘plab afsonalar (to‘qilmoq). 2. Bundan
ming yillar ilgari dorivor o‘simliklarni sinab ko‘rish, qo‘llash (boshlanmoq).
3. Tabiblar dorivor o‘simliklarning ta’sirini (sinab ko‘rmoq). 4. Ibn Sino aytadi:
“Men jenshen va mehrigiyoh o‘simliklarining ildizi bilan ko‘p kasalliklarni
(davolamoq)”. 5. Shifobaxsh o‘simliklarni mukammal o‘rganish yangi
kashfiyotlarga (olib kelmoq)