|
Nurmuxamatov murodning muhandislik va kompyuter grafikasi fanidan tayyorlagan taqdimod ishi
|
bet | 2/2 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #273455 |
Bog'liq 3. TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTIO'lcham qo'yish qoidalari. O'lcham qo'yish qoidalari O'z DSt 2.307:2003 da to'liq bayon qilingan. Chizmaga qarab detaining qanday katta-kichiklikda chizilganini aniqlashga yordam beradigan o'lchamlar chizma o'lchamlari deyiladi. O'lchamlar o'lcham chiziqlari va o'lcham sonlari yordamida ko'rsatiladi. Mashinasozlik chizmalarida chiziqli o'lchamlar hamma vaqt millimetr hisobida qo'yiladi. Lekin mm belgisi chizmada tushirib qoldiriladi. Burchak o'lchamlari daraja belgilari bilan ko'rsatiladi. - Chizma qanday masshtabda chizilishidan qat'i nazar, unga hamma vaqt o'sha detaining haqiqiy o'lchamlari qiymati qo'yiladi. O'lcham chiziqlari detaining konturidan unga parallel qilib, 7-10 mm masofada o'tkaziladi (3.2-chizmadagi 26, 76, ... o'lchamlar). O'lcham sonlari o'lcham chizig'ining ustidan o'rtarog'ida yoki unga yaqinroq joyda ko'rsatiladi.
- O'lcham chiziqlari boshqa chiziqlar bilan kesishmasligi lozim. Shuning uchun eng avval kichik, keyin katta o'lcham qo'yiladi (3.2-chizmadagi 10, 26, 76 o'lchamlar). Chizmadagi vertikal o'lcham chiziqlari ustiga qo'yilgan o'lcham sonlarini o'qish va ularni yozish qulay bo'lishi uchun chizma soat mili yo'nalishida, chapdan o'ngga 90° ga burib qaraladi va yoziladi.
- Chizmada har bir o'lcham bir marta ko'rsatiladi. Detaining eng katta o'lchamlarini, ya'ni kengligi, balandligi, eni yoki qalinligini ko'rsatuvchi o'lchamlar gabarit o'lchamlar deyiladi (3.2-chizmadagi 5, 40, 76 o'lchamlar). Gabarit o'lchamlarni ko'rsatuvchi o'lcham chiziqlari vertikal va gorizontal chiziqlarga parallel olinadi.
- O'lcham chiziqlari chiqarish chiziqlariga strelka uchi bilan tegib turishi kerak. Strelkaning tuzilishi 3.3-chizma, b da ko'rsatilgan. Strelka kattaligi kontur chiziqlarning yo'g'onligiga bog'liq bo'lib, chizmaning hamma joyida bir xil kattalikda bo'ladi. Chiqarish chiziqlari oxirgi strelkadan 2-3 mm chiqib tursa kifoya, ortiqchasini o'chirib tashlash lozim.
- Burchak o'lchamlarini qo'yish qoidalari 3.3-chizma, a da berilgan. Shtrixlab qo'yilgan joydagi burchak o'lchamlari chiqarib ko'rsatiladi.
- Aylana diametrlarining o'lchamlarini ko'rsatishda o'lcham soni oldiga hamma vaqt diametrni ifodalovchi shartli belgi 0 qo'yiladi (3.3-chizma, f). Radi-uslarning o'lchamlarini ko'rsatuvchi o'lcham soni oldiga hamma vaqt radius belgisi R yoziladi (3.3-chizma, d). 3.4-chizmadagi aylana va radius o'lcham-lariga e'tibor bering.
- Chizmada kvadrat teshik yoki kvadrat chiqiq (bo'rtiq) o'lcham soni oldiga kvadrat belgisi □ qo'yiladi (3.3-chizma, e).
- Detalda bir xil element, ya'ni aylanali silindrik teshik ko'p marta takrorlansa va ularaing diametrlari o'lchamlari bir xil bo'lsa, bir xildagi o'lcham takror qo'yilmasdan, hammasi uchun bitta teshikka uning nechtaligi yozib ko'rsatiladi (3.2-chizmadagi 3 tesh. 04 o'lchamga qarang).
- Aylana chizmada to'liq tasvirlanmasa, ya'ni yarmidan ortiq chizilsa ham diametrning o'lcham chizig'i 3.4-chizma, a da ko'rsatilgandek uzib chiziladi. Lekin aylana diametrining o'lcham soni to'liq ko'rsatiladi. Agar o'lcham sonini, ya'ni aylana diametrining qiymatini yozish uchun joy yetarli bo'lmasa, bu sonni 3.4-chizma, b da ko'rsatilgandek chiqarib yozish mumkin.
- Agar aylana diametri 12 mm dan kichik bo'lsa, strelkalami aylana tashqarisidan qo'yish tavsiya etiladi (3.4-chizma, b dagi 05). Agar radiuslarning o'lchamlari 5 mm dan kichik bo'lsa, o'lcham strelkasini 3.4-chizma, d dagidek (R5) yoy tashqarisidan qo'yish mumkin. Chiqarish chiziqlari va ko'rinar kontur chiziqlari orasidagi joy o'lcham sonini yozish uchun yetarli bo'lmasa, o'lcham chizig'ini va ulardagi strelkalarni 3.5-chizma, a da ko'rsatilgandek qo'yish mumkin.
- O'lcham chizig'idagi strelkalarni qo'yish uchun joy yetarli bo'lmagan hollarda chiqarish chizig'idagi ba'zi strelkalarni nuqta bilan almashtirish mumkin (3.5-chizma, b).
- Chizma chiziq turlaridan tuzilgan namunalar 3.6-chizmada berilgan. Shulardan bittasini chiziqlar oraliqlarini rejalash sirkuli yoki chizg'ichda oichab, masshtabga rioya qilgan holda kattalashtirib chizing.
- Chizmachilik daftaringizga har xil kattalikdagi 5 tadan aylana va aylanaradiuslarini chizing.
- Chizmachilik daftaringizga, so'ngra chizma qog'oziga bir nechtadan kontur,ya'ni yo'g'on chiziqlar chizib chiqing.
- Yassi detal chizmalari berilgan (3.7-chizma). Ulardan bittasini masshtabga rioya qilgan holda ko'chirib chizing va o'lchamlarini qo'ying hamda chizmani taxt qiling. Asosiy yozuv va o'lcham sonlarini yozmang.
|
| |