|
Nurmuxamatov murodning muhandislik va kompyuter grafikasi fanidan tayyorlagan taqdimod ishi
|
bet | 1/2 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #273455 |
Bog'liq 3. TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI - TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
- YO'L HARAKATINI TASHKIL ETISH YO'NALISHI 24 -BS (SIRTQI ) GURUH TALABASI
- NURMUXAMATOV MURODNING
- MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
- TAQDIMOD ISHI
- Narsalarni tekislikda (qog'oz sathida) tasvirlashda foydalaniladigan chiziq va uning xilma-xilligi ijodkor ahli tomonidan yaratilgan buyuk grafikaviy kashfiyot hisoblanadi.
- O'z DSt 2.303:2003 tomonidan chizma chiziqlarining quyidagi turlari belgilangan: 1. Asosiy tutash, yo'g'on. 2. Ko'rinmas kontur, shtrix. 3. Ingichka tutash. 4. Markaziy va o'q shtrix-punktir. 5. Tutash to'lqin. 6. Ikki nuqtali shtrix-punktir chiziqlar (3.1-chizma).
- Chizmalarda jismlarning ko'zga ko'rinib turgan shaklini tasvirlashda qo'lla-niladigan asosiy tutash yo'g'on chiziq ko'rinadigan kontur chiziqlar deyiladi. Chizmalarda jismlarning ko'zga ko'rinmaydigan qismini tasvirlovchi chiziq shtrix chiziq deb ataladi. Tasvirni ikkita simmetrik (bir xil) qismlarga ajratuvchi shtrix-punktir chiziq o'q yoki simmetriya chizig'i deyiladi.
- Aylanalarning markazidan bir-biriga perpendikular o'tuvchi shtrix-punktir chiziqlar markaz chiziqlaridir. O'q, simmetrik va markaz chiziqlari jism tasviri konturidan 3-5 mm chiqib tursa bas. Undan ortiqchasi o'chirib tashlanadi.
- Asosiy yo'g'on tutash chiziqning qalinligi lotincha s harfi bilan belgilanadi. Boshqa chiziqlarning yo'g'onligi asosiy yo'g'on tutash chiziqning tanlab olingan qalinligiga bog'liq bo'ladi.
- Ingichka tutash chiziqlar o'lcham chiziqlari, chetga chiqarish o'lcham chiziqlari chizmalarni chizishda foydalaniladi. Tutash to'lqin chiziqlardan detal to'liq tasvirlanmagan, uzib tasvirlangan joylarda, ikki nuqtali shtrix-punktir chiziqdan detal yoyilmalarida uning qirrali (buklanadigan) joylarini tasvirlashda foydalaniladi.
- Chizmadagi tasvirning kattaligi va murakkabligiga qarab, asosiy yo'g'on tutash chiziq orqali tasvirlanayotgan kontur chiziqning yo'g'onligi 5 = 0,6 mm dan to 1,4 mm gacha olinadi.
- Qabul qilingan kontur chiziqning yo'g'onligi shu chizmaning barchasida bir xilda bo'lishi lozim. Kontur chiziqlarning yo'g'onligiga qarab, ko'rinmas kontur chiziq shtrixlarining uzunligi 2 mm dan 6 mm gacha bo'lishi kerak.
- Shtrixlar oralig'i 2 mm gacha olinadi. Shuningdek, shtrixlar uzunligi va ular orasidagi masofa shu chizmaning barcha joyida bir xilda bo'lishi kerak.
- Shtrix-punktir chiziqlarda shtrixlarning uzunligi taxminan 15 mm dan 30 mm gacha, shtrixlar orasidagi masofa 3 mm dan 5 mm gacha bo'lishi lozim. Shtrixlar orasida nuqta biroz cho'zilgan nuqta ko'rinishida tasvirlanadi.
- Shtrix-punktir chiziqlar aylana markazida nuqta bilan emas, balki shtrixlarning o'zaro kesishishi, oxirida shtrix bilan tugallanishi lozim. Aylana diametri 12 mm dan kichikroq bo'lsa, ulardagi markaz chiziqlari tutash qilib chiziladi.
|
| |