|
Publitsistik nutqda ta’sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan foydalaniladi
|
bet | 4/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #244702 |
Bog'liq AkademikPublitsistik nutqda ta’sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan foydalaniladi.
|
2-topshiriq
Nutq uslublarining har biriga matn tuzing .
1.So’zlashuv uslubi .
Salom do’stim yaxshimisan? O’qishlaring yaxshimi ? Hayoting qale ketyapti ,
charchashla yuqmi ? Yordaming kerak edi , ertaga hashar qilyapman kela
olasanmi? Xabarimni kurishing bilan javob yoz .
2.Ilmiy uslub .
Amper qonuni – bir-biridan muayyan masofada joylashgan oʻtkazgichlarning
kichik bir qismidan oqayotgan ikki tokning oʻzaro mexanik ta’siri haqidagi qonun.
Amper qonunidan shunday xulosa chiqadi: bir tomonga oqayotgan tok-
li parallel oʻtkazgichlar oʻzaro tortisha-di, qarama-qarshi tomonga oqayotgan tok-li
oʻtkazgichlar oʻzaro itarishadi. Amper sharafiga shunday atalgan. Magnit
maydonining tokli kichik bir oʻtkazgichga koʻrsatadigan ta’sir kuchini ifodalovchi
qonun ham Amper qonuni deb ataladi.
3.Rasmiy idoraviy uslub .
Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik
Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa
qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik jismoniy va
yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak.
Ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishga doir u yoki bu munosabatlar
maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik hujjatlari bilan
tartibga solinmagan hollarda ushbu Qonun normalari qo‘llaniladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
4.Publisistik uslub .
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali hamshirasi,
jizzaxlik mahallasida yashovchi L.A. bir necha hamkasbining ishonchiga kirib,
ularning nomiga turli banklardan kredit rasmiylashtirib olgan,
deya xabar
bermoqda IIV Axborot xizmati.
Unga ko`ra, Sharof Rashidov tumanida yashovchi L.E.ning nomiga 10 million
so`m, G.R.ning nomiga ikkita bankdan 38 million so`m, T.B.ning nomiga 11
million so`m va Jizzax shahrining Olmazor mahallasida yashovchi G.J.ning
nomiga esa 16 million so`m kredit olib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib
yuborgan.
|
| |