Nutq uslublari topshiriqlar




Download 0,95 Mb.
bet5/5
Sana20.05.2024
Hajmi0,95 Mb.
#244702
1   2   3   4   5
Bog'liq
Akademik

 
5.Badiy uslub . 
Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il, Ko‘zum qarosida mardum kibi 
vatan qilg‘il. Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig‘a jon 
gulshanin chaman qilg‘il. Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la, Itingg‘a 
g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il. Firoq tog‘ida topilsa, tufroqim, ey charx, 
Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il. Yuzung visolig‘a yetsun desang 
ko‘ngullarni, Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg‘il. Xazon sipohig‘a, ey 
bog‘bon, emas mone’, Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il. Yuzida terni 
ko‘rub, o‘lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg‘il. Navoiy, 
anjumane shavqi jon aro tuzsang, Aning boshoqliq o‘qin sham’i anjuman qilg‘il. 

3-topshiriq


Nutq uslublari to’g’risidagi savollarga javob bering

1.Ilmiy uslub qayerlarda qo’llaniladi.


2.Badiiy uslub qayerlarda qo’llaniladi.
3.Publitsistik uslub qayerlarda qo’llaniladi.
4.Rasmiy-Idoraviy uslub qayerlarda qo’llaniladi.

4-topshiriq


Gaplarni ko‘chiring.Har bir gapni qaysi uslubda yozilganligini izohlang.


  1. Azamat bog‘bonlarimiz mo‘l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.



  1. Sinf faollari o‘zlarining navbatdagi majlisiga yig‘ilishdi.




  1. Guruh rahbari D. Asqarovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.



  1. Ma’lumotnoma sinf rahbariga ko‘rsatish uchun berildi

5. Natijada mashg‘ulotni qoldirishga to‘g‘ri keldi.




  1. Maktab ma’muriyati mehmonlarni kutib olish va kuzatib qo‘yishni o‘z zimmasiga oladi.

7. Karimova Nozima sinf sardori qilib tayinlansin.



5-topshiriq
Namunadan foydalanib rasmiy uslubda sinfdoshingiz haqida tavsifnoma yozing.
1. Tolipova Shahrizoda 301-maktabning 11-sinfida o‘qiydi.
2. Maktabda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko o‘quvchi sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. Fizika faniga alohida qiziqadi. U «Bilimdonlar bellashuvi»ning g‘olibi. Sportni sevadi. Maktabimizning barcha tadbirlarida faol qatnashadi.
3. U kamtarligi va to‘g‘riso‘zligi, mehribonligi sababli sinfda hurmatga sazovor bo‘lgan.
4. Tavsifnoma sinf rahbariga taqdim qilish uchun berildi.
Sinfdoshi (imzo) A. Rustamova
Download 0,95 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,95 Mb.