O
‘
ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
VA
KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD
AL-XORAZMIY
NOMIDAGI
TOSHKENT
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
Ehtimollar va statistika fanidan (Qayta o’qish)
2
- topshiriq
Bajardi:
Adashaliyev Asadbek
Tekshirdi:
Kalandarov Utkir
TANLANMANING BOSHLANGʻICH STATISTIK TAHLILI
(Uzluksiz hol)
Tanlanmani boshlangʻich statistik tahlilida – tanlanma oʻrganish uchun qulay holatga keltiriladi. Buning
uchun birinchi navbatda tanlanma hajmi va tanlanmada qatnashgan elementlarning minimum va
maksimumlariga eʼtibor beriladi. Ushbu kattaliklarga qarab variatsion qator tuziladi. Variatsion qatorlar 3
turga boʻlinadi:
1. Ranjirlangan variatsion qator;
2. Diskret variatsion qator;
3. Oraliqli variatsion qator.
Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan x
min
va x
max
lar oʻrtasidagi farq ham kata boʻlsa, u
holda ranjirlangan yoki diskret variatsion qatorlar tuzish mantiqsiz ishga aylanadi. Bunday hollarda
oraliqli variatsion qatorlar tuziladi.
Taʼrif 1. Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan x
min
va x
max
lar oʻrtasidagi farq ham katta
boʻlsa, u holda variantalar oraliqlaridan va bu oraliqqa kiruvchi variantalar chastotatalari yigʻindisidan
iborat boʻlgan jadvalga oraliqli variatsion qator deyiladi.
Misol. Aytaylik potokda 50 ta talaba oldingi semestrda matematika fanidan birinchi marta yakuniy
nazorat topshirgandan keyingi toʻplagan jami ballari haqidagi maʼlumot yigʻildi deylik. Natijada 100
ballik tizimda 30 balldan 100 ballgacha boʻlgan aralash–quralash 50 ta songa ega boʻlamiz. Aytaylik kabi
maʼlumotlarga ega boʻldik deylik. Tanlanma hajmi n=50 katta, lar oʻrtasidagi farq ham katta boʻlib, ularni
tahlil qilish uchun ranjirlangan yoki diskret variatsion qator tuzish mantiqsiz ishga aylanadi. Masalan
dekanatda bunday maʼlumot tahlil qilinishi uchun yuqorida olib borilgan surushtiruv natijalari mos
ravishda 2, 3, 4, 5 baholi oraliqlarga boʻlinadi:
[30;60)
[60;70)
[70;90)
[90;100)
12
14
18
6
Oraliqli variatsion qatorlar tuzilganda masalani mohiyatidan kelib chiqib oraliqlarning uzunliklari bir xil
yoki turli xil qilib olish mumkin. Biz koʻrgan holatda oraliq uzunliklari: 10, 20, 30 ga teng boʻlgan
turlicha uzunlikka ega boʻlgan oraliqlardan iborat oraliqli variatsion qator tuzilgan.
|