B tanlanma boʻyicha:
1. Tanlanmada qatnashgan eng kichik va eng katta variantalar aniqlansin.
2. Qoʻlda hisoblash soddalashtirishni uchun zarur boʻlgan yordamchi hisoblash
jadval ustunlari
topilsin.
3. Shartda koʻrsatilganidek bir xil uzunlikdagi oraliqli variatsion qator tuzilsin;
4. Nisbiy chastotalar aniqlansin;
5. Yigʻma chastotalar aniqlansin;
6. Variatsion qator
poligoni chizilsin;
7. Variatsion qator
gistogrammasi chizilsin;
8. Emperik taqsimot funksiya tuzilsin;
9. Emperik taqsimot funksiya grafigi chizilsin;
10.Tanlanma oʻrta qiymat hisoblansin;
11.Tanlanma dispersiya hisoblansin;
12.Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish hisoblansin;
13.Moda topilsin;
14.Mediana topilsin
0-variantdagi B tanlanmadagi maʼlumotlarni keltirib yuqorida qoʻyilgan savollarga javob topamiz:
Oraliqli variatsion qatorlarda tanlanma oʻtrta qiymat, tanlanma dispersiyalarni hisoblashda diskret
variatsion qator uchun keltirilgan formulalar oʻrinli boʻladi, faqatgina variantalar sifatida oraliqlarning
yoki boshlari, yoki oʻrtalari, yoki oxirlari olinadi. Tanlanmaning berilishidabirinchi oraliqni qaysi sondan
boshlash kerakligi va oraliq uzunligi berilgan. Birinchi oraliq boshlanadigan son
yoki birinchi oraliqning
boshlangʻich bir nechta soni tanlanmada boʻlmasligi ham mumkin, shunga qaramay oraliq berilgan qoida
boʻyicha tuziladi.
1. Tanlanmada qatnashgan maʼlumotlar ichidan eng katta va eng kichik qiymatlarni aniqlaymiz:
Tanlanma hajmi kichik boʻlganda bu qiyinchilik tugʻdirmasada, lekin katta hajmli tanlanmalarda bir
qarashda eng kattta va eng kichik elementlarni aniqlash juda mushkul ish hisoblanadi shuning
uchun min
va max ni aniqlash uchun Excel dasturlar paketidan foydalanib toppish maqsadga muvofiq hisoblanadi: