4
Issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash soxasiga o’zlarining mashaqqatli
mehnatlari bilan ulkan xissalarini qo’shgan quyidagi olimlarni eslab o’tishimiz
lozim: I.M. Pavlov, M.V. Storojev, E.I. Semyonov, YA.M. Oxrimenko, V.A.
Tyurin, O.M. Smirnov, V.P. Romanovskiy, G.A. Navrotskiy, L.A. Shofman, E.A.
Popov, A.N. Malov, M.E. Zubsov, A.D. Tomlenov, Yu.A. Averkiev, E.I.
Isachenkov, L.I. Rudman, A.G. Ovchinnikov, O.A. Ganago, L.I. Jivov, A.D.
Matveyev, V.A. Lebedev, V.T. Mesherin va boshqalar.
“Issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash” fanining maqsadi issiq va sovuq
holda shtamplash yo’li bilan rangli, qora metallar va qotishmalardan yarim tayyor
mahsulot va detallarni olish asosiy texnologik jarayonlari bilan tanishish.
Issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash fanini o’rganishda quyidagi
bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi:
issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplashda qo’llaniladigan atamalar,
terminlar va operatsiyalarning mohiyati;
issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash texnologik jarayonlarni
tuzishdagi asosiy printsiplar;
issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplashda qo’llaniladigan asosiy jihozlar
va asboblar;
Quyidagi ko’nikmalar shakllanadi:
talab etiladigan jihozni tanlash va kuchlanishini hisoblash;
mahsulotning yuqori sifatiga erishishda texnik echimlarni baholash;
texnologik jarayonlarning asosiy parametrlarini hisoblash.
Shunday qilib, issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash fani 5322100 –
Metallar texnologiyasi “Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari”
yo’nalishida tahsil olayotgan bakalavr talabalarini kelajakda mutahassisligi bo’yicha
etuk kadr sifatida tayyorlashda katta rol o’ynaydi.