28
Zagotovkalar o’lchamlar aniqligiga va toretslarning yuza sifatiga yuqori
talablar qo’yilsa, u holda prutok pichoqlarda va ikki tomonidan siqib turuvchi
maxsus shtamplarda kesiladi (1.11a, b-rasm).
Agarda zagotovka sifatida yalpi prokatdan foydalanilsa, u holda shtamplash
zagotovkalari shtampda kesib olinadi. Agarda murukkab shakldagi zagotovka
olinishi talab etilsa, u holda lazerli kesishdan foydalaniladi.
Odatda kesib olingan zagotovkalar sovuq holda siqib chiqarishga yaramaydi.
Shuning uchun ularni oldin maxsus shtamplarda tozalashadi. Tozalash jarayonida
zagotovka konturidan kichkina qatlam olib tashlanadi, kesim yuzasi silliq va toretsga
perpendikulyar bo’lib qoladi.