N
ni diametrga
nisbati
D ≤ 2,5
bo’lgandagi press yoki bolg’alarda cho’ktirishda lozim bo’ladi. Bu
jihozlar qo’llanilganda deformatsiyaning katta darajasiga erishish mumkin.
Ikkitali bochka (2.16a-rasm) uzun zagotovkalarni cho’ktirish (N/D > 2,5)
natijasida xosil bo’ladi. Bunday shakldagi bochka deformatsiyalarning katta
51
darajasida bittali bochkaga o’tib ketadi. Qadaxsimon bochka (2.16b-rasm) zarb
quvvati yetarli darajada bo’lmagan bolg’alarda bolg’alashda vujudga keladi. Bu
holatdagi deformatsiya darajasi juda kichik bo’ladi.
Kvadrat kesimga ega bo’lgan prizmatik zagotovkani cho’ktiradigan bo’lsak, u
holda deformatsiya jarayonida zagotovkaning nafaqat vertikal, balki gorizontal
kesimlari xam qiyshayadi. Cho’ktirishda deformatsiya darajasi qanchalik katta
bo’lsa, u holda qiyshayish darajasi xam shunchalik katta bo’ladi. Bu holatda eng
kichik perimetr printsipiga asosan, kvadrat yoki boshqa shakldagi zagotovkaning
ko’ndalang kesimi dumaloq shaklga o’tib ketadi. Yuqorida aytib o’tilgandek,
zagotovka shaklining qiyshayish sababi – ishqalanish kuchining ta’siri.
Cho’ktirishda μ = 0,3÷0,4 bo’ladi va bolg’alash mashinalarida bolg’alashga
qaraganda presslarda bolg’alashda μ koeffitsienti yuqoriroq bo’ladi.
Ishqalanish koeffitsienti μ = 0 ga teng bo’lib turib, silindrik zagotovkani
cho’ktirganda uning yon yuzasini tashkil etuvchisi tekis bo’lib qoladi, kvadrat
shakliga ega bo’lgan prizmaning kesimi esa cho’ktirishdan so’ng kvadrat bo’lib
qolaveradi.
Cho’ktirishning asosiy qoidalari
1.
Cho’ktirish juda katta quvvatni talab etadi, ularning ko’p qismi jarayonni
yakunlashga sarflanadi. Agarda texnologik jarayonda cho’ktirish bo’lsa, u holda
jihozning deformatsiyalovchi quvvatini cho’ktirish kuchlanishiga qarab tanlanadi.
Kuchlanishni kamaytirish maqsadida zagotovkani xar doim ruxsat etilgan
xaroratgacha qizdirishadi.
2.
Yumalatilgan quymalarda
𝐻
𝐷
nisbati cho’ktirishdan oldin 2.5 dan kamroq
yoki unga teng bo’lishi lozim. Bu ko’rsatkich zagotovkaning bukilishini oldini oladi.
28 rasmda qiyshaygan zagotovkalarning tekislanish sxemasi keltirilgan.
3.
Bolg’alash jihozida cho’ktirishga sarflanadigan ishchi yurish bolg’alash
jihozlaridagi tushuvchi qismlar to’liq yurishining 25% kam bo’lmasligi kerak.
4.
Cho’ktirishdan oldin zagotovkaning torets yuzasi silliq va o’zining o’qiga
nisbatan perpendikulyar bo’lishi kerak. Lozim bo’lsa torets zagotovkaning
52
qismlarini bolg’alarning zarblari yordamida yoki presslarning bosimi orqali
to’g’irlanishi lozim.
2.17-rasm. Pokovkalarning bo’ylama qiyshayishini tekislash sxemasi
5. Cho’ktirishdan oldin quyma yoki zagotovkani silindr shakliga keltirish
lozim.
6. Bochkasimonlikni oldini olish uchun moylash materiallaridan foydalanish,
boyoqlarni qizdirish yoki zagotovkaning toretslari bo’ylab yumshoq po’latdan
yasalgan qo’yimlardan foydalanish mumkin.
7. Qayta kristallanish diagrammalari orqali aniqlanadigan metall donachalarini
o’sib ketmasligini oldini olish maqsadida, cho’ktirish jarayonini deformatsiyaning
kritik darajasini e’tiborga olgan holda olib borish kerak.
Cho’ktirish uchun press tanlash
Pressni cho’ktirish kuchlanishi P
cho’k
bo’yicha aniqlashadi, MN,
P
cho’k
= ρ
cho’k
F,
(2.3)
bu yerda, ρ
cho’k
– cho’ktirishning solishtirma kuchlanishi, Mpa; F
o’rt
=
𝜋𝐷
𝑜′𝑟𝑡.𝑐ℎ𝑜′𝑘.
2
4
–
ko’ndalang kesim maydonining o’rtacha kattaligi, m
2
.
Zibel bo’yicha cho’ktirishning solishtirma kuchlanishi, Mpa
𝜌
𝑜’𝑟𝑡
= 𝜎
𝑠
(1 + 0.17
𝐷
𝑐ℎ𝑜’𝑘
𝐻
𝑐ℎ𝑜’𝑘
).
(2.4)
yoki aniqroq yozadigan bo’lsak
𝜌
𝑜’𝑟𝑡
= 𝜎
𝑠
(1 + 0.17
𝐷
𝑐ℎ𝑜’𝑘
𝐻
𝑐ℎ𝑜’𝑘
− 0.33
𝐻
𝑐ℎ𝑜’𝑘
2
𝐷
𝑐ℎ𝑜’𝑘
2
),
(2.5)
bu yerda
𝜎
𝑠
– deformatsiyaga qarshilik, Mpa.
|