Zagotovkalar turi va qo’llaniladigan metallar va qotishmalar




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

 Zagotovkalar turi va qo’llaniladigan metallar va qotishmalar 
Issiq holda xajmiy shtamplashda qora metallar bilan birga rangli metallardan 
ham foydalaniladi. Odatda ishlatiladigan zagotovkalar sovuq holda kamida 35-40% 
deformatsiyaga berilishlari lozim. Ishlatiladigan po’latlarga 05кп, 08, 08кп, 10, 30 
va boshqa markadagi sifatli uglerodli po’latlar; A12, A20 va boshqa markadagi 
yaxshi ishlov beriladigan konstruktsion po’latlar; 15X, 15XФ, 15XM, 50XН, 0X13, 
0X18Н10, 12X1Н9T va boshqa konstruktsion legirlangan po’latlar misol bo’la 
oladi. Xajmiy shtamplashda ishlatiladigan rangli metallar va ularning asosida 
tayyorlangan qotishmalardan quyidagilar misol bo’la oladilar: mis va uning 
qotishmalari (latun, bronza, melxior va boshqalar), alyumin va uning qotishmalari 
(dyualyumin, magnaliya va boshqalar), nikel va uning qotishmalari (НK0,2 va 
boshqalar), magniy va uning qotishmalari, titan va uning qotishmalari va xokazolar. 
Xajmiy shtamplash uchun zagotovkalarni tanlash zagotovka ishlab chiqarish 
jarayonining asosiy texnik-iqtisodiy bosqichlarini baholashga asoslangan bo’lishi 
kerak. Bu bosqichlar o’z ichiga quymalarni olishdan boshlab, geometriyasi bo’yicha 


35 
bir xil o’lchamli zagotovkalarga bo’lgunga qadar davom etadi. Bu bosqichlar 
quyidagilardan iborat: 
-
tayyorlov quyish jarayoni; 
-
quymadagi nuqsonlarni kesib olgan holda tozalash; 
-
quyma yuzasini to’liq tozalash; 
-
issiq holda prokatlash; 
-
prokat yuzasini kuyundilardan va kichik nuqsonlardan tozalash; 
-
prokat yuzasini to’liq tozalash; 
-
prokat yuzasini silliqlash; 
-
jo’valagan holda taxminiy kalibrlash; 
-
prokat yuzasini silliqlash; 
-
shtampda zagotovkani kesish; 
-
prokatni zagotovkalarga bo’lish. 
Muayyan maxsulot olish uchun yuqorida keltirilgan operatsiyalardan ayrimlari 
ishlatilishi mumkin. 
Ko’p xollarda sovuq holda xajmiy shtamplashda sovuq holda cho’zilgan 
materiallar ishlatiladi. Agarda material diametri 30 mm dan kichikroq bo’lsa, u 
prutok yoki ingichka chiviq po’lat ko’rinishida olib kelinadi. Agarda uning diametri 
30 mm dan yuqoriroq bo’lsa, u holda faqatgina prutok ko’rinishida keltiriladi. Yirik 
ishlab chiqarishda o’ramli zagotovkalardan foydalangan maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Asosiy sababi sifatida chiqindilar chiqishining kamayishi va 
avtomatlashtirish osonligi bilan izohlanadi. Sanoatda turli xil ko’ndalang kesimga 
ega bo’lgan: dumaloq, kvadrat, olti yoqlik va boshqacha prutoklar va o’ramlarni 
ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Shtamplash jarayoniga va maxsulot sifatiga metallning holati va metallurgik 
jarayonida vujudga kelgan nuqsonlar katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun 
nuqsonlarni vujudga kelishini oldini olish maqsadida prokat sifati cho’ktirish bilan 
birinchi yoriq paydo bo’lgunga qadar tekshiriladi. Birinchi yoriq paydo bo’lgunga 
qadar murakkab detallarni tayyorlashda nisbiy deformatsiya 60-80 % ni tashkil 
etishi kerak. 


36 
Sovuq holda xajmiy shtamplash uchun zagotovkalardan katta plastiklik va 
deformatsiyalanish, gaz bilan to’yinganlik darajasi past va yuqori zichlikka egaligi, 
metallurgik nuqsonlar yo’qligi, uzunligi va ko’ndalang kesimi bo’yicha 
o’lchamlarning yuqori aniqligi, yuza g’adir – budurligini pastligi talab qilinadi. 
Ayrim turdagi maxsulotlar uchun trubalar zagotovka sifatida xizmat qilishi 
mumkin. 

Download 7,54 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zagotovkalar turi va qo’llaniladigan metallar va qotishmalar

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish