°
C) va qayta kristallanuvchi (650÷720
°
C) yumshatish
qo’llaniladi.
Zagotovkalar yuzasini tayyorlash
Xajmiy shtamplashda ishqalanish zagotovka va asbob kontakt soxasida katta
solishtirma kuchlanishlarni, plastik deformatsiya paytida issiqlik effekti natijasida
metall 250÷300
°
C gacha qizishini va yuzaning yangilanishini vujudga keltirishi
mumkin. Zagotovka va asbob kontaktga kirishmasligini oldini olish uchun
30
zagotovka yuzasiga oraliq qatlam mavjud bo’lishi lozimdir va u quyidagi talablarga
javob berishi shart:
1.
zagotovka yuzasiga yaxshi o’tirishi va deformatsiya paytida o’zining
yaxlitligini saqlab qolishi. Deformatsiya paytida oraliq qatlam zagotovka va asbob
yuzalaridagi chuqurcha va bo’rtiq orasidagi masofadan kattaroq bo’lishi kerak
(odatda 0,1 mkm);
2.
tashqi ishqalanish koeffitsientini pasaytirish (0.1 gacha yoki undan
kamroq) maqsadida, ishlov berilayotgan material va asbob o’rtasidagi molekulyar
tortilish kuchlarini kamaytirish qobiliyatiga ega bo’lishi, shu bilan birga
deformatsiya
solishtirma
va
to’liq
kuchlanishlarini
xam
kamaytirishi,
deformatsiyalanayotgan metall yuzasida ilashishlarni oldini olishi va ularni asbob
yuzasiga yopishishini istisno qilishi, asbob turg’unligini oshirishi kerak;
3.
yuqori plastiklik. Bunda real sirpanish zagotovka yoki asbob yuzasida
emas, balki oraliq qatlamda sodir bo’lishi kerak;
4.
yuqori xaroratlarga chidamliligi;
5.
sirpanish qatlamida xosil bo’ladigan issiqlikni o’zida mujassamlashtirish
ko’rsatkichi bo’lgan, issiqlikni o’ziga singdirish qobiliyati.
Oraliq qatlamni xosil qilishning oddiy yo’li – zagotovkaga uni surtish
hisoblanadi. Moylash materialining ishlashi zagotovka va deformatsiyalovchi asbob
yuzalari adgeziyasiga asoslangan bo’lib, u zagotovka va asbob metallining fizik
tabiati, kontakt yuzalarning holati va moylash materialining fizik-kimyoviy
xossalariga bog’liq. Ammo turli foydali qo’shimchalarga ega bo’lgan mineral
moylari va boshqa moylash materiallari odatda sovuq holda xajmiy shtamplash
texnologiyasining talablariga javob bermaydi. Oraliq qatlam qalinligi ruxsat
etilgandan kamayib ketadi, qatlam yaxlitligi buziladi, ayrim joylarda zagotovka va
asbob yuzalarining to’g’ridan-to’g’ri kontaktlashish soxalari paydo bo’ladi. Bunday
holatlar asosan siqib chiqarish operatsiyalarida ko’zga tashlanadi. Deformatsiya
jarayonida oraliq qatlamning yaxlitligi va qalinligini ta’minlash maqsadida
zagotovkani moylashdan oldin moylash materiali o’ziga singdirgan qoplam bilan
qoplanadi. Qoplam quyidagi talablarga javob berishi lozim: yuqori plastiklik va
31
mustahkamlik, yuqori xaroratga bardosh bera olishi, metall yuzasiga yaxshi
singdirilishi, deformatsiya paytida butun yuza bo’ylab o’zining qalinligini saqlab
qolish qobiliyati, moylash materialiga nisbatan yuqori darajadagi adsobrtsiya va
absorbtsiyaga (singdirish) ega bo’lishi.
Shtamplashdan
oldin
zagotovka
yuzasini
shtamplashga
tayyorlash
texnologiyasini tanlash asbob ishlashi va uning eyilishi, shtamplangan detal va
zagotovkalarni tayyorlashda ularga sarflanadigan ish xajmi va sifatini xal qiluvchi
omillardan biri hisoblanadi. Avtomatlarda shtamplashda kalibrlangan prokat
yuzasini, presslarda shtamplaganda esa o’lchami bir xil bo’lgan zagotovkalarning
yuzalarini shtamplashga tayyorlashadi. Shtamplashga yuzalarni tayyorlash
texnologiyasi asosan ikkita bosqichlardan iborat: nuqsonlarni bartaraf etish va
yuzalarni kuyundi, yog’ va boshqa kirlardan xalos etish; oraliq qatlamni surtish.
Birinchi bosqichning asosiy maqsadi – bu shtamplash texnologiyasi va
shtamplangan detal sifatini ta’minlab beruvchi zagotovka yuzasiga oraliq qatlamni
surtishga imkoniyat yaratishdir.
Ikkinchi bosqichning asosiy maqsadi – oldin moylash materialini o’zida
singdirgan qoplamni surtish, keyin esa zagotovkani o’zini moylash.
Moylash materialini o’zida singdirgan qoplamani olish uchun uglerodli
po’latdan yasalgan prokat yoki zagotovkalarni fosfatlashadi. Fosfatlash jarayoni
prokat yoki zagotovkalar yuzasiga katta bosim ostida turg’un kristall fosfatlarni
surtish bilan izohlanadi. Fosfatli qatlam – yuqori sifatli moylash materiali bo’lib,
yuqori plastiklikka ega va shtamplanayotgan metall bilan deformatsiyalanishi
mumkin. Fosfatli parda kimyoviy kuchlar orqali metall asosi bilan mustahkam
birikib, zagotovka va asbob yuzalari orasida mustahkam qatlam hisoblanadi. Ular
metallarni sovuq holda bir-biriga birikib qolishidan saqlaydi. U o’zining g’ovakligi
tufayli moylash materiallarni yaxshi adsorbtsiyalaydi, o’ziga singdiradi va o’zida
ushlab turadi. Uglerodli po’latdan siqib chiqariladigan zagotovkalarda eng yaxshi
antifriktsion xossalarga sovun bilan to’yintirilgan rux va marganets fosfati
hisoblanadi. Kam legirlangan zagotovkalarga ishlov berishda oldin fosfatlab,
so’ngra sovun bilan to’yintiriladi. Tarkibida nikel va 6 % dan yuqori bo’lgan xromli
32
legirlangan po’latlarda, hamda nikel qotishmalarida fosfatlashning o’rniga
oksalatlash (shovulli ishqor tuzlari bilan qoplash) va keyinchalik sovun bilan yuvish,
alyumin va alyumin qotishmalarda esa – anodlash va texnik moylar bilan yuvish
qo’llaniladi.
|