Bolg’alash jarayonining mohiyati va qo’llaniladigan asosiy terminlar




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

1.5. Bolg’alash jarayonining mohiyati va qo’llaniladigan asosiy terminlar 
Bolg’alash – bu metallarga bosim bilan ishlov berish turlaridan biri bo’lib, 
bunda metallning shaklo’zgarishi universal deformatsiyalovchi asbob bo’lib 
hisoblanadigan boyoqning yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan yo’nalishda metall 
oqimi bilan izohlanadi. Shu bilan birga bu oqim faqatgina kontakt yuzalari bo’ylab 
ta’sir qiluvchi urinma kuchlanishlar bilan va ayrim xollarda asbob bilan ham bu 
oqimni cheklaydi. Bolg’alashda qo’llaniladigan universal asbob metallning yon 
tomonlarga oqishiga qarshilik ko’rsatmaydi va shu bilan bolg’alash-shtamplash 
ishlab chiqarishning boshqa turlaridan farqlanadi. 
Bolg’alash bilan pokovkalar yoki bolg’alangan pokovkalarni olish mumkin. Bu 
pokovkalarga keyinchalik mexanik ishlov berish mumkin. Pokovkalar katta shakli 
va o’lchamlari bo’yicha katta diapazonda tavsiflanadi. Bolg’alash 250 tonna va 
undan ortiqroq massadagi pokovkalarni olishda qo’llaniladi. Bunday turdagi 
pokovkalardan katta quvvatli gidroturbina va elektrogenerator vallari, bug’ va gaz 
turbinalarining turbina disklari, katta kemalarning tirsakli vallari, prokat stan vallari 
va xokazo kabi detallarni olishda qo’llanidi. 
Massasi 50 kg bo’lgan kichik va massasi 50 kg dan 400 kg gacha bo’lgan 
o’rtacha pokovkalar ham bolg’alash orqali olinadi. Bunday pokovkalarni olishda 
issiq holda xajmiy shtamplashdan foydalanish iqtisodiy jixatdan noto’g’ri. Buning 
asosiy sababi shtamplarning yuqori narxlari va ularning yasalishga ko’p vaqt talab 
etilishi. 


37 
Bolg’alashning boshqa turdagi zagotovkalarni tayyorlashning boshqa 
texnologik jarayonlardan farqli o’laroq keng qo’llanilishi quyidagi ustunliklari bilan 
ajralib turadi: 
-
Bolg’alangan metall quyma metalldan sifati va plastikligi bo’yicha 
yuqoriroq; 
-
Bolg’alash bilan massasi bo’yicha bir necha yuz tonna va ancha uzun 
pokovkalarni olish mumkin; 
-
O’lchami katta bo’lgan pokovkalarni olish uchun katta kuchlanishli 
jihozlar (bolg’alar, presslar) shart emas. Chunki metallga ishlov berishda kichik 
soxalarga zarb beriladi. 
-
Donali va kam seriyali ishlab chiqarishda jihozning universalligi jihoz va 
asbobga ketadigan sarf-xarajatni kamaytiradi. 
Ammo ustunliklar bilan birga bolg’alashning bir necha kamchiliklari xam 
mavjud: 
-
Issiq holda xajmiy shtamplashga qaraganda past ko’rsatkich; 
-
Napusk, pripusk va dopusklarning kattaligi keyinchalik kesib ishlashga 
majbur qiladi va metallning chiqindiga chiqib ketishi sezilarli darajada bo’ladi. 
Bolg’alashning ustunlik va kamchiliklarini taqqoslaydigan bo’lsak, 
bolg’alashni faqatgina kam seriyali va donali ishlab chiqarishda qo’llash maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Boshqa holatlarda esa bolg’alashni qo’llash iqtisodiy tomondan 
asoslanishi lozim. 

Download 7,54 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bolg’alash jarayonining mohiyati va qo’llaniladigan asosiy terminlar

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish