N
n–1
=B
n–1
=D
qilib olinadi. D – zagotovka diametri.
Hisob – kitob ishlarini osonlashtirish uchun jadvallardan foydalaniladi. Bu
jadvallarda pressning kuchlanishi boshlang’ich quymaning diametridan kelib chiqib
tanlanadi. Bundan tashqari bolg’alab – cho’zishning bir qator parametrlaridan kelib
chiqqan holda pressning kuchlanishini tanlash diagrammalari mavjud.
Bolg’alash jihozining zarb quvvatini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin
𝑊 =
1.15𝜎
𝑠
𝜂
𝑢𝑑
[ln
𝐻
𝑛−1
𝐻
+
1
8
(
𝐿
𝐻
−
𝐿
𝑛−1
𝐻
𝑛−1
)] 𝑉,
(2.23)
bu yerda
𝜂
𝑢𝑑
– bolg’alash jihozining foydali ish koeffitsienti;
𝜎
𝑠
– bolg’alab –
cho’zish xaroratidagi zagotovka materialining deformatsiyaga qarshiligi;
𝐻
𝑛−1
va
𝐿
𝑛−1
– mos ravishda zagotovkaning boshlang’ich balandligi va uzunligi;
𝐻
va
𝐿
mos
ravishda zagotovkaning bolg’alab – cho’zishdan keyingi balandligi va uzunligi;
𝑉
–
zagotovka xajmi.
Bolg’alab – cho’zishning asosiy usullari bo’lib yassi va o’yuvchi boyoqlarda
bolg’alab – cho’zish, opravka bilan bolg’alab – cho’zish, opravkada yumalatish,
xaydashlar hisoblanadi.
Yassi va o’yuvchi boyoqlarda bolg’alab – cho’zishni kesimi dumaloq yoki
kvadrat shaklga ega bo’lgan silliq va pog’onali vallar turidagi pokovkalarni, hamda
to’rtburchak kesimga ega bo’lgan uzun bir xil uzunlikka ega bo’lgan pokovkalarni
olishda qo’llaniladi (bruslar). Oxirida keltirilgan bolg’alab – cho’zish usuli yuqorida
ko’rib o’tilgan.
68
Bolg’alab – cho’zishning xususiy xoli bo’lib
opravkada bolg’alab – cho’zish
hisoblanadi (2.31-rasm). Bu jarayon o’zidan, xosil qilingan zagotovkaning teshigini
ikki tomondan boyoqlar bilan cho’zishni aks ettiradi. Bunda zagotovkaning tashqi
diametri bilan devor qalinligi kamayadi. Bu operatsiya ichi bo’sh bo’lgan detallarni
olishda qo’llaniladi (qozon barbanlari, yuqori bosim idishlari, kimyoviy reaktor
korpuslari va xokazo). Opravkani qizdirilgan zagotovka bo’shlig’iga qo’yib,
bolg’alash jarayonida uni bir tomonidan yoki ikki tomonidan kran zanjirlari bilan
ushlab turiladi.
Agarda pokovka devorining qalinligi opravka radiusidan ortiq bo’lsa, u holda
bo’rtiqlar xosil bo’lishini oldini olish uchun bolg’alab – cho’zish paytida tepadan
o’yuvchi boyoqlar pastdan esa yassi boyoqlar bilan siqilishi lozim. Shu maqsad bilan
bundanda ingichkaroq devorlarni bolg’alab – cho’zishda ikkala tomondan ham
o’yuvchi boyoqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Opravkada bolg’alab –
cho’zishdagi boyoqlar kengligi taxminan yassi boyoqlar kengligining yarmiga teng
bo’lishi kerak.
Opravkadan zagotovkani olish oson bo’lishi uchun opravkaning ishchi qismini
konussimon (1:100 dan 1:150 gacha) va qalin qismida bo’rtiqni xosil qilib
tayyorlashadi. Opravkalarning o’lchamlari mashinasozlikning mos keluvchi
normallari bo’yicha aniqlanadi. Opravkalar ichi bo’sh yoki yaxlit qilib yasaladi. Ichi
bo’sh opravkalarni yirik pokovkalarni bolg’alashda ishlatishadi. Yuqori xarorat
ta’sirida opravka deformatsiyalanishini yoki pachoqlanishini oldini olish maqsadida
opravkani sovuq suv bilan sovutib turishadi.
Konussimon opravkada ichi bo’sh zagotovkani bolg’alab – cho’zish
texnologiyasi quyidagicha (2.31-rasm). Ichi bo’sh zagotovkani bo’rtiqqa taqalgan
holda o’rnatiladi va aylana va ko’ndalang yurishlar bilan aylantirib, siqiladi.
Pokovka opravkada siqilib qolmasligi uchun bolg’alab – cho’zish muayyan
ketma – ketlikda bajarilishi lozim (2.32-rasm). Oldin xalqali soxa 1 ni bolg’alashadi,
so’ngra oraliq o’lchamgacha 2 soxani bolg’alashadi, va 5, 4 va 3 soxalarni yakuniy
o’lchamlarga yaqin bo’lgan o’lchamlargacha siqishadi.
69
2.31-rasm. Ichi bo’sh pokovkani bolg’alab – cho’zish sxemasi:
1 – pastki o’yuvchi boyoq; 2 – opravka bo’rtiqligi; 3 – zagotovka; 4 – yassi boyoq; 5 – tayyor
pokovka; 6 – opravka; 7 – suv bilan sovutish teshigi
2.32-rasm. Ichi bo’sh zagotovkani bolg’alab – cho’zishda zagotovkani soxalarga
bo’lish
Buday ketma – ketlikda pokovkaning tez soviydigan qismlarini, ya’ni oxirgi
qismlarini birinchi bo’lib bolg’alashadi, pokovka esa opravkadan tez olib tashlanish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Xar bir soxa siqilganda zagotovka metalli opravka
bo’rtiqligiga tiralib, opravkadan oqib tushayotgandek bo’ladi. Natijada, zagotovka
uzunligi katta bo’lsa, zagotovkaning bo’rtiqlikka tiralib turgan joyini o’zigina
mustahkam opravkaga o’tirgan bo’ladi. Zagotovkaning qolgan qismlarida esa
kichkina g’ovakcha mavjud bo’lib, bu g’ovakcha opravkadan pokovkani
70
qiyinchiliksiz olib tushirish imkonini yaratadi. Opravkaga zagotovkani oson
kiydirish va kuyundidan xoli bo’lgan ichki yuzani olish maqsadida bolg’alashning
boshlang’ich vaqtida opravka va zagotovka orasidagi g’ovakni yon tomonga 30÷100
mm siljitib olishadi. Bunda g’ovak kattaligi opravka diametri va zagotovka devori
qalinligi qancha katta bo’lsa, shuncha katta olinadi. Bolg’alash jarayonida
texnologik jarayonni nazorat qilishimiz lozim. Nazoratning asosiy sababi opravkani
qiyshayishini va uning yuzasida nuqsonlarni paydo bo’lishni oldini olishdir.
Odatda opravkada bolg’alab – cho’zishdagi qizdirishlar soni tajribadan kelib
chiqqan holda aniqlanadi. Amalda opravkada bolg’alanadigan zagotovka qismi u
s
=2
bo’lganda 4÷6 m tashkil etadi bitta uzatishda.
Agarda bolg’alab – cho’zish ikkita o’tishda amalga oshirilsa, bolg’alash
jarayoni zagotovkaning o’rtasidan boshlashadi.
Xamma xollarda opravkada jadal bolg’alash tayanch bo’rtiqlik tomon amalga
oshiriladi va bu holat pokovka teshigining konusligini kamaytiradi va pokovkani
opravkadan oson olishini ta’minlaydi.
Pokovkadan opravkani gidravlik ekstraktor yordamida olib tashlashadi. Agarda
ekstraktor mavjud bo’lmasa pokovkani opravkadan olishni osonlashtirish
maqsadida pokovka ichki diametrini kichik siqishlar va katta uzatish yordamida
kengaytirishadi. Shu maqsadda yassi boyoqlar bilan pokovka devorlari siqilganda
pokovka devorlari yalpoqlanadi.
Agarda bolg’alab – cho’zishgacha pokovka o’lchamlari D
nar. isx.
, d
vn. isx.
, L
bolg’alab – cho’zishdan keyin D
nar. k.
, d
vn. k.
, L
k
bo’lsa va opravka diametri d
vn. k
teng
bo’lsa, u holda opravkada bolg’alab – cho’zishda ukov
y
ni quyidagi formula orqali
aniqlash mumkin
𝑦 =
𝐹
𝐹
𝑘
=
𝐷
𝑛𝑎𝑟.𝑖𝑠𝑥.
2
−𝑑
𝑣𝑛.𝑖𝑠𝑥.
2
𝐷
𝑛𝑎𝑟.𝑘.
2
−𝑑
𝑣𝑛.𝑘.
2
.
(2.24)
Opravkada bolg’alab – cho’zishga ketadigan kuchlanishni P
pr.o
, MN quyidagi
formula orqali aniqlanadi
𝑃
𝑝𝑟.𝑜
= 1.05𝑙𝜎
𝑠
𝐷
𝑛𝑎𝑟.𝑖𝑠𝑥.
[1 + 𝜇
𝑠
(
1
𝑆
−
1
𝐷
𝑛𝑎𝑟.𝑖𝑠𝑥.
)
𝑙
3
],
(2.25)
71
bu yerda
𝐷
𝑛𝑎𝑟.𝑖𝑠𝑥.
- zagotovkaning tashqi diametri, m;
𝑙
- uzatish, m; S – bolg’alab –
cho’zishda zagotovkaning xalqa devorining qalinligi;
𝜇
𝑠
– ishqalanish omili.
Yoyish (raskatka) – bu operatsiya xalqali zagotovkaning diametrini devor
qalinligini kamaytirish natijasida kattartirishga aytiladi. Bunda zagotovkaga asbob
asta – sekinlik bilan ta’sir qiladi (2.33-rasm).
Yoyish operatsiyasini o’zimizga xalqali zagotovkani bolg’alab – cho’zish
operatsiyasiga o’xshatsa bo’ladi. Bunda zagotovka uzunligi xalqali zagotovkaning
o’rta aylanasining uzunligiga, xalqa kengligi mos ravishda kengligiga, qalinligi esa
zagotovka balandligiga teng. Yoyishni nisbatan kichkina ichi bo’sh zagotovkalarni
bolg’alashda qo’llaniladi. Bunday zagotovkalarga xalqalar, bandajlar va boshqa
ingichka devorli va katta teshikli zagotovkalar misol bo’la oladi.
Yoyishda pastki boyoqni o’rniga qo’yimlarga tayanadigan silindrik opravka
egallaydi. Tayanchlar va pokovkalar orasidagi g’ovak 100÷150 mm dan oshmasligi
lozim. Boyoqni ingichka va uzun qilib yasashadi va uzun tomoni bilan opravkaga
shunday parallel qilib joylashtirishadiki, bunda boyoq uzunligi pokovkaning butun
uzunligini (xalqa kengligi) qoplaydi. Boshlang’ich uzunligi qancha katta bo’lsa
eniga xalqa shuncha sekin o’sadi. Bolg’alashni zagotovkani aylantirma uzatish bilan
amalga oshirishadi. Xalqaning aylanma xarakati qo’l bilan qisqichlar yordamida
amalga oshiriladi. Yirik xalqalarni esa ko’prikli bolg’alash kranlar yordamida
aylantiradi. Bu holatda zanjir opravkani aylantiradi va u ishqalangan holda
zagotovkani o’zi bilan tortadi. Mo’ljallangan o’lchamlarga xalqalar muayyan
sondagi aylanishlar natijasida erishiladi.
Opravka diametrini normallarga, pokovka ichki va yoyishdan oldingi
zagotovka teshigining diametrlariga asoslanib tayyorlanadi. Bundan tashqari
yoyuchi opravka diametrini d
opr
zagotovka uzunligi L dan kelib chiqqan holda
quyida (2.34-rasmda)gi grafikdan tanlash mumkin.
Yoyishda talab etilgan o’lchamlarni olish uchun zagotovkaning kengayishini
e’tiborga olish kerak. Sezilarli kengayishga ega bo’lmagan jadal yoyilishda ingichka
boyoqdan foydalaniladi. Bunda kontakt konturi to’g’riburchakli uchburchak shaklga
ega bo’lib, uning katta tomoni xalqa zagotovka kengligi bo’ylab joylashgan bo’ladi.
72
Yirik pokovkalar uchun tajriba yo’llari bilan shunday nisbatlar aniqlanganki,
ularning yordamida xalqaning yakuniy kengligidan uning boshlang’ich kengligini
aniqlash mumkin.
2.33-rasm. Yoyish sxemasi.
2.34-rasm. Opravka diametrining qalin (1) va ingichka (2) devor qalinligiga
bog’liqligi
Yoyishdagi ukov ichi bo’sh zagotovkalar va pokovkalar ko’ndalang kesim
maydonlari bilan aniqlanib, u pokovka diametrini zagotovkaning o’rtacha diametri
nisbatiga teng:
𝑦 =
𝐹
𝑝𝑟0
𝐹
𝑝𝑟1
=
𝑆𝐵
𝑆
1
𝐵
1
=
𝐷
𝑠𝑟1
𝐷
𝑠𝑟0
, (2.26)
73
bu yerda
𝐹
𝑝𝑟0
, S, B va
𝐷
𝑠𝑟0
– ko’ndalang kesim maydoni, devor qalinligi,
zagotovkaning kengligi va o’rtacha diametrining boshlang’ich o’lchamlari;
𝐹
𝑝𝑟1
,
𝑆
1
,
𝐵
1
,
𝐷
𝑠𝑟1
– mos ravishda yoyilgandan keyingi pokovka o’lchamlari.
Amaliyot bizga shuni ko’rsatadiki, yoyishda ukov kattaligi 1,4÷1,8 tashkil
etadi.
Yoyish jihozini odatda ma’lumotlar berilgan adabiyotlarda keltirilgan
diagrammalar asosida tanlanadi.
|