Teshik xosil qilish (proshivkalash)




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

2.5. Teshik xosil qilish (proshivkalash) 
Teshik xosil qilish (proshivka) – bu metallning erkin oqishi, siqib chiqarilishi 
natijasida zagotovkada bir tomoni berk teshik (bo’shliq) xosil qilishdir. Bu 
operatsiya pokovkada o’qli teshik xosil qilishda ishlatiladi. 
Teshik xosil qilishda asosiy asbob bo’lib yalpi yoki silindrik shakldagi bo’sh 
bo’lgan teshuvchi (proshiven) xizmat qiladi. Yalpi teshuvchining zagotovkaga 
singdirilishida zagotovka toretsi ostidagi metallni siqib chiqarilishi va yon yuzaning 
bochkasimon ko’rinishga kelishi kuzatiladi (2.39-rasm). Bundan tashqari teshuvchi 
zagotovkaga singdirilganda, qo’shni metall qatlamlar teshuvchi yo’nalishi bo’ylab 
xarakatlanadi va metallning ichiga tortilishi kuzatiladi. Zagotovka toretsining pastki 


76 
qirralari metallning radial oqimi natijasida boyoqning tekisligidan salgina 
ko’tariladi. Teshuvchini zagotovkaga singdirilishi zagotovkaning 80÷90 % dan 
ortmasligi kerak. Bunda tavsiya etiladigan tepadon qalinligi yirik pokovkalar uchun 
h = 150÷170 mm ni tashkil etishi kerak. Yalpi tayanchda teshik xosil qilib 
bo’lmaydi. Buning asosiy sababi – bu kuchlanishning ortib ketishidir.
Yalpi teshuvchidan zagotovka torets maydonining 25-36 % oshmaydigan 
maydonga ega bo’lgan teshiklarni xosil qilishda foydalaniladi (2.40-rasm). Teshik 
xosil qilishdan oldin zagotovkani cho’ktirishadi va teshuvchini aniq o’rnatish uchun 
toretslarini to’g’irlashadi. Quymani pastki boyoq yoki plitaga o’rnatishadi, so’ngra 
quymani markaziga teshuvchini kichik toretsi bilan qo’yishadi va uni metallga 20-
30 mm chuqurlikka siqib, kiritishadi. Undan so’ng teshuvchi ko’tariladi, xosil 
bo’lgan teshikka grafitli mazut yoki moshina moyi bilan aralashmasini, hamda 
ko’mir kukunini, kukunsimon grafit yoki grafitni koks aralashmasidan tashlashadi. 
Bu qo’shimchalar teshuvchini zagotovka metalli orasidagi ishqalanishni kamaytirib, 
moylash maxsuloti sifatida xizmat qiladi va teshuvchini zagotovkaga yopishib 
qolish holatlarini oldini oladi. Moylash materiallarini qo’llashda ehtiyot bo’lish 
zarur, chunki bu moddalarning yonishi natijasida vujudga keladigan gazlar 
teshuvchini tashqariga bosim orqali chiqarish yuborishga xarakat qiladi. Shuning 
uchun yuqorigi boyoqni teshuvchi zagotovkaga kirgan balandlikdan yuqoriroq 
balandlikka ko’tarmaslikka tavsiya beriladi. 
Shundan so’ng chuqurlikka teshuvchi qaytadan o’rnatiladi va yana 
zagotovkaga siqiladi. Teshuvchining keyinchalik zagotovkaga kirib borishi 
qo’shimcha silindrik shakllardagi, diametri teshuvchi diametridan 20-30 mm 
kichikroq bo’lgan qo’yimlar (bu holatda qo’yimlar pona vazifasini bajarib berishadi) 
yordamida amalga oshiriladi. Tepadon qalinligi h teshuvchi ostida pokovka 
balandligidan 0.8÷0.9 mm ni tashkil etganida, uni og’darishadi. Bunda xosil bo’lgan 
soxadan qo’yimlar olib tashlanadi va kesuvchi teshuvchi bilan teshik xosil qilishadi. 
Xosil bo’lgan qoldiqlar vidra deb ataladi. Shu bilan birga birinchi teshuvchini ham 
chiqarib olishadi. 


77 
Yalpi teshuvchi bilan ochiq teshik xosil qilish qilishda P
pr
kuchlanishini 
quyidagi formula orqali aniqlashimiz mumkin: 
𝑃
𝑝𝑟
=
𝜋𝑑
𝑝𝑟
2
4
𝜎
𝑣
(1 +
𝜇𝑑
𝑝𝑟
3ℎ
𝛽 ln
𝐷
𝑝𝑟1
𝑑
𝑝𝑟
),
(2.27) 
bu yerda 
𝑑
𝑝𝑟
teshuvchi diametri, m; 
𝜇
– teshuvchi va zagotovka orasidagi 
ishqalanish koeffitsienti; h – teshik xosil qilish qilishda tepadon qalinligi, m;
𝛽 =
2
√3
− 
kuchlanganlik holati sxemasini e’tiborga oluvchi Lode koeffitsienti; 
𝐷
𝑝𝑟1
– 
teshik xosil qilishdan so’ng zagotovkaning tashqi diametri, m. 
2.39-rasm. Zagotovka sxemasi (a) – teshik xosil qilishdan oldin va (b) teshik xosil 
qilishdan keyin 
2.40-rasm. Yalpi teshuvchi qo’yimlar bilan teshik xosil qilish qilish sxemasi: 
a – zagotovkaga konussimon proshivenni kirgazish; 6 – qisqa silindrik qo’yimlar bilan 
porshivenni chuqurroq kirgazish; d – kesuvchi porshiven bilan teshik xosil qilish va vidrani asosiy 
porshivendan itarib chiqarish; 1 – yuqorigi boyoq; 2 – porshiven; 3 – quyma; 4 – pastki boyoq; 5, 
6 – qo’yimlari; 7 – kesuvchi porshiven; h – tepadon qalinligi


78 
Ichi bo’sh bo’lgan teshuvchidan massasi 25 tonnadan yuqoriroq bo’lgan 
cho’ktirilgan zagotovkalarda diametri 400 – 500 mm kenglikdagi teshiklarni xosil 
qilishda, hamda quymaning o’rta likvatsion qismini olib tashlashda qo’llaniladi 
(2.41-rasm).
Teshik xosil qilish paytida teshuvchi ostidagi tepadon ko’rsatkichi o’zining 
maksimal qiymatiga yetkanida cho’ktirilan quymani xalqasimon zagotovka osti 
qo’yimlarga o’tkazishadi va qolgani tepadonni kesib olib tashlashadi. Ichi bo’sh 
teshuvchini yalpi teshuvchidan foydalanishdagi ustunligi – bu kuchlanishni sarfi 
kam ekanligi. Teshik xosil qilishdan oldin teshuvchini 150º qizdirishdan asosiy 
maqsad – bu teshuvchini yorilishini oldini olishdir. 
Teshish – zagotovkada teshik xosil qilish operatsiyasi bo’lib, bunda ortiqcha 
metall ko’chish (kesilish) orqali olib tashlanadi. Teshish operatsiyasida zagotovka 
shakli deyarli o’zgarmaydi, teshik esa kerakli bo’ladi va keyinchalik unga kalibrlash 
ishlari talab qilinmaydi. 
2.41-rasm. Ichi bo’sh teshuvchi bilan teshik xosil qilish qilish sxemasi:
a – zagotovkaga teshuvchini kirgazish va ichi bo’sh qo’yimlar bilan chuqur teshik xosil qilishni 
amalga oshirishi; 6 – xalqasimon zagotovka osti qo’yimlarda teshik xosil qilish boshlang’ich 
paytidagi zagotovka bilan teshuvchi va qo’yimlar; d – qo’shimcha qo’yimlar yordamida 
tepadonni kesib olish va vidrani olib tashlash; 1 – ichi bo’sh teshuvchi; 2 – birinchi qo’yim; 3 – 
ikkinchi qo’yim; 4 – yuqorigi boyoq; 5 – xalqasimon zagotovka osti qo’yimi; 6 - taglik; 7 – 
uchinchi qo’yim; 8 – vidra; 9 – pressning ish stoli
Diametrning balandlikka nisbati D/H 3 dan 4 gacha bo’lgan past 
zagotovkalarda teshikni xosil qilish uchun xalqasimon qo’yimda yalpi teshuvchidan 


79 
foydalanilgan holda teshik xosil qilinadi (2.42-rasm). Bunda xalqasimon zagotovka 
osti qo’yimi diametri teshik xosil qilinayotgan teshik diametridan kattaroq bo’ladi. 
2.42-rasm. Xalqasimon zagotovka osti qo’yimida past zagotovkada teshik xosil 
qilish sxemasi: 
a – teshishdan oldingi holati; 1 – yuqorigi boyoq; 2 – yalpi proshiven; 3 – xalqali qo’yim; 4 – 
taglik; b – teshishdan keyingi holat 
Bu usulni amalga oshirish uchun zagotovka xalqaga o’rnatiladi. So’ngra unga 
teshuvchini shunday o’rnatishadiki, bunda uning diametri pastga qaragan bo’ladi, 
o’qi esa xalqaning o’qi bo’ylab joylashgan bo’ladi. So’ngra yuqorigi boyoq bilan 
teshuvchini vidra xalqa bo’shlig’iga tushganiga qadar zagotovkaga kiritiladi. Bu 
holda teshuvchi balandligi zagotovka balandligidan kattaroq bo’lishi kerak. Teshish 
jarayoni bolg’alash jihozining uzluksiz zarblari yoki pressning bosishi bilan amalga 
oshiriladi. Teshuvchiga xalqa bosilib diametri bo’yicha aylantirib, teshuvchi 
chiqarib olinadi (2.43-rasm). 
Bu usulda teshik xosil qilishdan oldin teshuvchi metall zagotovkasiga kiritiladi, 
so’ngra kesib olinadi. Bu usulning ichi bo’sh teshuvchidan foydalanish usulidan 
ustunligi – bu zagotovka o’lchamlari og’ishining kichikligi, kamchiligi esa 
vidraning xajmi kattaligi. Teshik xosil qilish kuchlanishini quyidagi formula orqali 
aniqlanadi:
𝑃
𝑝𝑟
= (0.7 ÷ 0.8)𝜎
𝑣
𝜋𝐷𝐻,
(2.28) 
bu yerda 
𝜎
𝑣
– zagotovkani qizdirish xaroratida materialning uzilishiga vaqtinchalik 
qarshiligi; H va D – zagotovkani balandligi va diametri mos ravishda. 


80 
Agarda teshik xosil qilishdan oldin cho’ktirish (teshik xosil qilish uchun 
kuchlanish kamroq talab etiladi va bunda jihoz o’zgarmaydi) amalga oshirilsa, u 
holda teshik xosil qilish kuchlanishi talab etilmaydi. 
2.43-rasm. Teshik xosil qilingandan so’ng teshuvchini chiqarib olish:
a – yuqoridan xalqa bilan bosib chiqarish; b – diametri bo’yicha aylantirib chiqarish; 1 – xalqa;
2 – teshuvchi; 3 – zagotovka
Teshik xosil qilish va teshik xosil qilishda turli xil nuqsonlar xosil bo’lishi 
mumkin. Masalan, qalin zagotovkani teshishda katta metallning tortishishi xosil 
bo’lishi mumkin. Notekis qizdirilish va toretslarning paralellikdan og’ishi natijasida 
teshik zagotovka o’qi vertikalligidan og’ishi kuzatiladi. Qo’yimli xalqa diametri 
xosil qilinishi bo’lgan teshik diametridan katta bo’lsa, teshuvchi chiqish joyidagi 
xalqa uzunligi bo’yicha zausenets xosil bo’lishi mumkin. Teshuvchi va qo’yimli 
xalqa orasidagi g’ovak teshik xosil qilinayotgan zagotovka balandligining 10% 
tashkil etishi kerak. Zagotovka metallini yetarlicha qizdirmaslik, hamda uni 
keragidan ortiqcha sovutishda teshik xosil qilish qilinayotgan joyning chetlarida 
yoriqlar va yirtilishlar xosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun teshik xosil qilishdan 
so’ng zagotovka va teshikni to’g’irlash lozim bo’ladi. Toretslarni silliq boyoqlar 
yoki silliq plitalar yordamida bolg’alash jihozining oxista zarblari yoki pressning 
oxista bosimlari bilan amalga oshiriladi. Toretslarni to’g’irlashda ayrim xollarda 
yassi yoyuvchidan foydalanish mumkin. Yon yuzani teshikka qo’yilgan opravka 
yordamida to’g’irlashadi (2.44-rasm). Teshikni to’g’irlash bochkasimon teshuvchi 
bilan amalga oshiriladi. Bunda bochkasimon teshuvchi teshik bo’ylab xarakatlanadi 


81 
(2.45-rasm). Teshuvchi diametri zagotovkadagi teshik diametridan salgina kattaroq 
bo’lishi kerak. Shu bilan teshik diametrini salgina kengaytirishga erishish mumkin.
Teshik xosil qilish qilishning asosiy asbobi bo’lib turli konstruktsiyalardagi 
teshuvchilar xizmat qiladi.
2.44-rasm. Proshivkadan so’ng diametrni yumalatib to’g’irlash sxemasi: 
1 – opravka; 2 – zagotovka
2.45-rasm. Proshivkadan so’ng teshikni kalibrlash sxemasi:
1 – yuqorigi boyoq; 2 – bochkasimon proshiven; 3 – proshivka qilingan zagotovka; 4 – qo’yimli 
xalqa; pastki boyoq

Download 7,54 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish