88
asta sekinlik bilan zarb beriladi. Zarb kuchi asta sekinlak bilan oshaveradi. Bu
holatda flyus siqib chiqariladi, metallning qizdirilgan joylari esa atomlarning
diffuziyasi (metall atomlarning bir – biriga o’tishi) natijasida payvandlanadi.
Chokning sifatini oshirish maqsadida, chok bolg’alsh jarayonidan o’tkaziladi.
Bunda chokda joylqshgan metal zarrachalari maydalanilgan holda, metallning o’sha
qismining nexanik xossalari yaxshilanadi va mustahkamlanadi. Bolg’alab
payvandlash bilan olinadigan asosiy birikmalarning ko’rinishlari 2.52-rasmda
keltirilgan. Diametri 30 mm gacha bo’lgan prutoklar bitta qizdirishda qo’lda
biriktiriladi, 50 – 60 mm gacha bo’lgan prutoklarni payvandlashda ikki martta
qizdirish talab etiladi.
2.52-rasm. Temirchilik payvandlashda birikmalar turlari:
1 – zagotovka; 2 – pona; 3 – payvand birikma