O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/64
Sana23.05.2024
Hajmi7,54 Mb.
#250961
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
147970 (2)

2.8. Ishlov berish operatsiyalari 
Kesish
– bu siljish natijasida metall qoldiqlarining olib tashlanishidir. 
Temirchilik ishlab chiqarishda bu operatsiya, zagotovka bo’linganda toretslarda 
yuzaga keladigan zausenetslarni kesib olishda qo’llaniladi. Toretsdagi zausenetslar 
qoldirilmaydi. Ular belgi qo’yishga, markazlashga va cho’ktirish paytidagi 
pokovkani pressning ishchi stoliga noto’g’ri o’rnatilishiga yoki kesuvchi 


89 
stanoklarga to’g’ri o’rnatilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu operatsiyani oraliq 
operatsiya sifatida qo’llash xam mumkin. 
Silliqlash
– ketma – ket soxaviy deformatsiyalash orqali zagotovka 
yuzalaridagi notekisliklarni bartaraf etish (2.53-rasm). Bu operatsiya pokovka 
yuzasini silliqlash va dopusk bilan o’rnatilgan o’lchamlarga keltirishda qo’llaniladi. 
Silliqlash deformatsiya darajasi kichik bo’lgan bolg’alab – cho’zish operatsiyasiga 
ham o’xshaydi. 
Press yoki bolg’alash jihozining boyog’i qanchalik keng bo’lsa, 
silliqlanayotgan yuza sifati ham shuncha yaxshi bo’ladi. 
Bosim ostida to’g’irlash
– zagotovka shakli buzilganligining oldini olishdir 
(2.54-rasm). Sovuq va issiq holda, chizmada ko’rsatilmagan pokovka qiyaliklarini 
bartaraf etishda to’g’irlashdan foydalanishadi. Qiyaliklardan tashqari profilning 
boshqa nuqsonlari (rombsimonlik, ovallik, aylanib ketishlar va xokazo) ham 
to’g’irlanadi. 
2.53-rasm. Silliqlash sxemasi 


90 
2.54-rasm. Bosim ostida to’g’irlash sxemasi 
Pokovkalarni to’g’irlanishini amalga oshirish ko’p xollarda quyidagi 
texnologik jarayonlar buzilishi natijasida vujudga keladi: 
- bolg’alash yakunida to’g’ri chiziqlik bo’lishiga e’tibor bermaslik
- termik ishlov berishda; 
- notekis qizdirilgandagi bukilganlik holatida. 
Qiyalikni bartaraf etish uchun jarayonni soddalashtirish maqsadida sovuq holda 
to’g’irlashdan foydalanish mumkin. Biroq bu turdagi to’g’irlash xar doim ham 
to’g’ri kelavermaydi. 
Sovuq holda to’g’irlashga berilgan pokovkalar o’zlarining shakllarini 
bukilishga qarama – qarshi tomonoga bukilgan holda amalga oshiriladi. Shu 
narsaning oqibatida ular ekspluatatsiya vaqtida hisoblangan kuchlanishlardan kichik 
bo’lgan kuchlanishlarda qiyshayishi ham mumkin. Shuning uchun pokovkalarni 
680÷700
º
C xaroratda bo’shatish yoki issiq holda to’g’irlash kerak bo’ladi. Sovuq 
holda to’g’irlash pokovkalarda mustahkamlanish holatini yuzaga keltirib, so’ngra 
unga keyinchalik termik ishlov berilganda o’zining tarkibida yirik donachalarni 
xosil qilishga moyil bo’ladi. Bu holat esa pokovkaning sifatiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Katta bosimli joylarda va og’ir sharoitlarda ishlaydigan va mexanik 
ishlov berishsiz o’rnatiladigan detallarni sovuq holda kuvalda yoki og’ir bolg’alar 
bilan to’g’irlash tavsiya etilmaydi. 


91 
Sovuq holatda austenit tarkibga ega bo’lgan po’lat markalaridan yasalgan 
pokovkalarni, hamda 10, 15, 20, 25, 35 va 300 mm gacha kesimlarga ega bo’lgan 
pokovkalarni to’g’irlashadi. Qolgan markada yasalgan pokovkalarni xarorati 700 
°

oshmagan holda to’g’irlashadi. 
Pokovkalarni sovutish jarayoni ochiq xavoda amalga oshiriladi. 
To’g’irlashga mo’ljallangan pokovkalarning yuzalarida yoriqlar bo’lmasligi va 
yuzalari tozalangan bo’lishi kerak. 
Presslarda 
to’g’irlashda 
to’g’irlovchi 
asboblar 
sifatida 
o’lchamlari 
bolg’alovchi boyoqlardan katta bo’lgan boyoqlardan yoki to’g’irlovchi plitalardan 
foydalaniladi. To’g’irlash effektini oshirish maqsadida qalinligi 8 – 10 mm bo’lgan 
qo’yimlardan foydalaniladi. Qo’yimlarning kichik balandligi ularning presslash 
jarayonida otilib ketishidan saqlab turadi. Qo’yimlarni pokovka chetlari ostiga 
qo’yish tavsiya etilmaydi. Pokovkalarni to’g’irlashga misol 2.55-rasmda berilgan.
2.55-rasm. Pokovkalarni to’g’irlash sxemasi: 
a – kran yordamida; b – qo’yimlar yordamlarida; d – teshikka opravka qo’ygan holda: 1 – 
yuqorigi boyoq; 2 – opravka; 3 – pokovka; 4 – pastki boyoq 

Download 7,54 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish