Asosiy texnologik asbob
Bolg’alash jihozlari va presslarda qo’llaniladigan asosiy asbob bo’lib boyoqlar
xizmat qiladi. Ular asosan bolg’alash texnologik jarayonining quyidagi
operatsiyalari uchun mo’ljallangan: cho’ktirish, bolg’alab – cho’zish, teshik xosil
qilish, bukish va xokazolar. Bu asbobning tarkibiga ikkita boyoqlar kiradi: pastki
boyoq bir vaqtning o’zida tayanch vazifasini bajarib turadi, yuqorigi boyoq esa
asosan deformatsiyalovchi jihozning kuchlanishni uzatib turadi.
Universal boyoqlar yassi ishchi yuzaga ega bo’ladi (2.56a-rasm). Bunday
boyoqlarda dumaloq, to’rtburchak va kvadrat ko’ndalang kesimga ega bo’lgan
zagotovkalar bolg’alab – cho’zadi. Dumaloq ko’ndalang kesimga ega bo’lgan
99
pokovkalarni
bolg’alab
– cho’zishda kombinatsiyalangan boyoqlardan
foydalaniladi: pastki boyoq o’yiqli va yuqorigi boyoq yassi (2.56b-rasm), pastki va
yuqorigi boyoqlar o’yiqli (2.56d-rasm), pastki va yuqorigi boyoqlar fasonli (2.56e-
rasm), pastki va yuqorigi boyoqlar yarim aylanali (2.56f-rasm).
2.56-rasm. Boyoqlar ishchi yuzalarining shakllari:
a – yassi; b – pastki boyoq o’yiqli, yuqorigi boyoq yassi; d – pastki va yuqorigi boyoqlar o’yiqli;
e – fasonli; f – yarim aylanali
O’yiqlikning yopiq shakli bolg’alash jarayonida kengayishni cheklagan holda,
cho’zilishga imkon yaratadi. Biroq, bu holatda talab etiladigan bolg’alab – cho’zish
jarayonining kuchlanishi ortadi. Bundan tashqari, o’yiqlik burchagi 90° bo’lgan
boyoqlarda to’rtburchak kesimli zagotovkani olish mumkin.
Fasonli va yarim aylanali boyoqlarning kamchiligi bo’lib, diametri bo’yicha
keskin farqlanadigan pokovkalarni olib bo’lmaydi va buning natijasida bunday
boyoqlarni almashtirishga to’g’ri keladi.
Bolg’alash jihozining quvvatini va uning konstruktiv jihatlarini boyoq
o’lchamlari aniqlab beradi. Boyoqlarning balandligi pressning ishchi silindr plunjeri
va bolg’alash jihozining babalariga dopusk yuqorigi va pastki holatlardan kelib
chiqib tanlanadi. Bolg’alash jihozining zarbi yoki pressning kuchlanishi oshgani
sari, boyoqning kengligi ham oshadi. Bolg’alash jihozidagi pastki yassi boyoqning
kengligi yuqorigi boyoqning kengligiga qaraganda kattaroq bo’ladi.
O’yiqli va fasonli boyoqlarning yassi va birikuvchi ishchi yuzalari gorizontal
bo’lishi va bir – biriga zich turishi kerak. Boyoqlarning ishchi yuzalarida bukilishlar
va pachoqliklar bo’lmasligi lozim. Pokovkada tolalarning kesilishini oldini olish
maqsadida, boyoqlar ishchi yuzalarining qirra qismlari aylana radiusli qilib yasaladi.
100
Bolg’alash jihozining pastki boyog’i “qaldirg’och dumi” kabi shaklga ega
(2.57-rasm). Bunday shakl uni pona, suxar yoki yostiqchada joylashgan shponka
yordamida qotirishga yordam beradi. Shabot – bu po’lat quyma bo’lib, u bolg’alash
jihozi tushuvchi qismining massasidan 10 – 15 barobar kattaroq bo’ladi, bolg’alash
jihozining zarbini so’ndirish uchhun sex poli darajasidan pastroq joylashgan bo’ladi.
Yuqorigi boyoq bolg’alash jihozining babasiga qotiriladi, pastki boyoq kabi.
Bolg’alash jihozi pastki va yuqorigi boyoqlarining umumiy sxemasi 2.58 rasmda
ko’rsatilgan.
2.57-rasm. Boyoqlarni bolg’alash jihoziga qotirilish sxemasi:
1,7 – ponalar; 2 – yostiqcha; 3,4 – pastki va yuqorigi boyoqlar; 5 – bolg’alash jihozining babasi;
6,8 – suxar yoki shponka
2.58-rasm. Bolg’alash jihozi boyoqlarining umumiy ko’rinishi:
a – pastki va yuqorigi o’yiqli; b – pastki o’yiqli va yuqorigi yassi
101
2.59-rasm. Yassi qo’yimli bolg’alovchi press boyog’i:
1- boyoqning korpusi; 2 – korpus asosi; 3 – press stoliga qotirish uchun pazlar; 4 – ko’chirish
uchun teshiklar; 5 – qotirish ponasi; 6 – “qaldirg’och dumi”; 7 – yassi qo’yim
Pressda boyoqlar stolga va xarakatlanuvchi traversaga boltlar bilan qotiriladi.
Biroq ko’p xollarda boyoqlar almashinuvchan qilib tayyorlanadi. Bunday boyoqda
(2.59-rasm) quyidagilar farqlanadi: quyilgan korpus 1, uning o’yiqligida yuqoridan
“qaldirg’och dumi” yoki pona 5 turidagi qotirgich bilan qo’yim o’rnatiladi. Qo’yim
yassi yoki muayyan shakldagi o’yiqqa ega bo’lishi mumkin (2.60-rasm). Pastki
qismda korpus asosga ega bo’lib, bu asos yonidan o’yilgan pazlarga ega. Bu pazlar
orqali stol yoki pressning xarakatlanuvchi traversasiga boltlar yordamida qotiriladi.
Pastki o’yiqli va yuqorigi yassi boyoqlardan foydalanilgandagi bolg’alashda,
pastki boyoq ko’p xollarda vkladishlarga ega bo’lgan yig’ma qilib yasaladi (2.61-
rasm). Bu vkladishlar yordamida talab etilgan o’lcham va o’yiq shaklini tezda
o’rnatish mumkin. Bundan tashqari, vkladishlar tez yeyilsa, ularni almashtirish ham
oson bo’ladi. Yaxlit boyoqlarni, qo’yimlarni, vkladishlarni ishlash sharoitidan kelib
chiqqan holda 50, 50Г, 40XН, 5XНВ, 5XГM po’latlaridan bolg’alab, olinadi.
Mexanik ishlov berilgandan so’ng qattiqligi HRC 40÷45 bo’lishi maqsadida termik
ishlov beriladi.
102
2.60-rasm. Qo’yimlar:
a – o’yiqli boyoq; b – fasonli radiusli boyoq
2.61-rasm. Pastki yig’mali o’yiqli boyoq:
a – korpus; b – vkladish
Cho’ktirish jarayonida plitalar faqatgina press jihozida qo’llaniladi. Yirik
quymalardan olinadigan yaxlit pokovkalarni bolg’alash uchun, sapfa bilan
cho’ktirish jarayonida yuqorigi va pastki cho’ktiruvchi plitalardan foydalaniladi
(2.62a, b-rasm). Pastki plitaning markazida sapfani o’tkazib yuboruvchi teshikka
ega. Ichi bo’sh pokovkalarni cho’ktirishda yassi plitalardan foydalaniladi (2.62v, g-
rasm). Bu holatda yuqorigi va pastki plitalar dumaloq yoki kvadrat shakliga ega
bo’lishlari mumkin. Plitalarni transportirovkalashda plitalarda joylashgan sapfa yoki
teshiklarga qoziq tiqib, ular bir joydan ikkinchi joyga ko’chiriladi.
Kichik o’lchamdagi quymalarni cho’ktirishda, teshiklarga va 90° og’darishda
yordam beradigan dastakka ega bo’lgan cho’ktirish plitalaridan foydalaniladi (2.63-
rasm). Buning uchun dumaloqlatishdan so’ng quyma 1 pressning boyoqlari orasida
siqiladi va sapfaga plita 3 o’rnatiladi. Plita gorizontal dastaklaridan, zanjir 2
yordamida kranga ilib qo’yiladi.
103
2.62-rasm. Cho’ktiruvchi plitalar:
a, b – sapfali yirik quymalar uchun yuqorigi va pastki plitalar; d, e – ichi bo’sh pokovkalar uchun
yuqorigi va pastki plitalar
2.63-rasm. Cho’ktirish plitasidan foydalanish:
a – cho’ktirishgacha, b – cho’ktirlgandan so’ng; 1 – quyma; 2 – kranga yo’nalgan zanjirlar; 3 –
cho’ktiruvchi plita; 4 – cho’ktirilgan quyma
Yuqorigi boyoqni ko’targach, quyma bilan plita press stoliga tushuriladi.
Shundan so’ng vertikal dastaklarning sapfasiga zanjirlar kiydiriladi. Zanjirlarni
tortib, quyma bilan plita vertikal holatga keltiriladi. So’ngra cho’ktirish jarayoni
amalga oshiriladi, va yana zanjirlarni qaytadan osib, quyma bolg’alab – cho’zish
jarayoniga uzatiladi. Press boyoqlari bilan cho’ktirilgan quyma siqib olinganda,
quyma sapfasidan cho’ktiruvchi plita yechib olinadi. Plitalarni 35Л po’latdan quyma
yo’li bilan yoki Ст3 yoki Cталь 35 dan bolg’alash yo’li bilan olinadi.
|