104
Ikki tomonli bolta
(2.64a-rasm) kesimda trapetsiya shakliga ega, shuning uchun
bo’lish jarayonida materialning toretslari kichik og’ishga ega bo’ladi.
Bir tomonli bolta
(2.64b-rasm) kesimda to’rtburchak trapetsiya shakliga ega. U
pokovkaning oxirlarini
kesishga xizmat qiladi, pokovka toretsi og’maydi,
qaytayotganda esa pokovka toretsining og’ishi katta bo’ladi.
Trapetsiyasimon bolta
(2.64d-rasm) pastki o’yiqli va yuqorigi yassi boyoqlarda
dumaloq zagotovka yoki quymalarni bo’lish uchun xizmat qiladi. Bunday bolta bilan
bo’lishda, uni pastki o’yiqli boyoqning ishchi yuzasi bilan ta’sirlashmaydi.
2.64-rasm. Boltalar turlari:
a – ikki tomonli; b – bir tomonli; d – trapetsiyasimon; e– burchakli; f – fasonli: g – kvadratlar
Bo’lish operatsiyalarida
burchakli
(2.64e-rasm) va
fasonli
(2.64f-rasm) boltalar
qo’llaniladi.
Boltalar 35XM, 5XНВ, 7X3, 8X3, 5XГМ, va 5XНM po’latlardan bolg’alab
olinadi. Boltalarning tig’larining qattiqligi HRC 40÷45 bo’lishi uchun puxtalanadi
va bo’shatiladi. Boltalarning dastaklari Ст3, 10 yoki 20 po’latli prutoklardan
tayyorlanadi va boltaga qotiriladi. Katta, og’ir boltalarning
dastaklarini oson
almashinadigan yoki pressning traversasiga osiltirib qo’yiladigan holda
tayyorlanadi.
Kvadratlar
(2.64g-rasm) kesib olish yoki bo’lishda qo’yim sifatida ishlatiladi.
Ular ham tepadon yoki zausenetslarni kesib olishda ishlatiladi.
105
Yoyuvchi
(2.65-rasm) lokal joyda chuqurlik xosil qilish uchun, hamda metallni
xaydash qilishda ishlatiladi. Ularni 40, 45, 40X po’latlardan tayyorlashadi.
2.65-rasm. Yoyuvchilar turlari:
a – kvadratli; b – to’rtburchakli; d – dumaloq; e – yarim dumaloq; f – oval: g – fasonli
Siquvchilar (2.66-rasm) – asosan bolg’alarda, hamda kichik kuchlanishga ega
bo’lgan presslarda turli ko’ndalang kesimga (dumaloq, kvadrat, oltiqirralik va
xokazo) ega bo’lgan zagotovkalarga ishlov berishda qo’llaniladi.
Agarda ikkala
qismlari bitta umumiy prujinalanuvchi dastakka kiydirilgan bo’lsa, u holda ular
ajraluvchi deb ataladi. Agarda xar bir qismi o’zining alohida dastakiga ega bo’lsa, u
holda ular ajraluvchi deb ataladi. Siquvchilar 40, 45, 50, УГ, 40X po’latlardan
tayyorlanadi.
2.66-rasm. Siquvchilar:
a – dumaloq
ajralmas; b – dumaloq ajraluvchan
Teshuvchilar (2.67-rasm) – pokovka va zagotovkalarda
teshik xosil qilish
uchun ishlatiladi. Ular turli shaklga va o’lchamlarga ega bo’lishi mumkin.
106
Teshuvchilar 40X, 50X, 5XГM, 5XНВ markali po’latlardan tayyorlanadi. Kesib
ishlov berilgandan so’ng ular puxtalanadi va bo’shatinadi.
Buning natijasida ular
HRC 40÷45 gacha yetadi.
Qo’yimlar teshuvchilarni uzaytirish maqsadida qo’llaniladi. Qo’yimlarning
diametri shunday tanlanadiki, bunda qo’yimlar zagotovkalarning
devori bilan
ta’sirlashmaydi. Teshuvchi uchun qo’yimlar 40, 50, 50X po’latlardan tayyorlanadi.
Ichi bo’sh pokovkalarni bolg’alab – cho’zish uchun opravkalar yassi yoki ichi
bo’sh qilib yasaladi (2.68a-rasm). Ayrim opravkalarni ichi bo’sh qilib yasalishining
maqsadi – ularning ichidan suv yurgazgan holda, asbobning turg’unligini
oshirishdir. Opravkaning ishchi qismi konussimon shaklda bo’lib, xar 1 metr uchun
5 mm dan 12 mm gacha qiyalikda yasaladi.
Yoyish uchun opravkalar yassi silliq ko’rinishda qilib yasaladi (2.68b-rasm).
Ayrim holatlarda yoyish uchun bo’rtiqli opravkalardan foydalaniladi (2.68d-rasm).
Yoyish uchun opravkalar 35, 40, 50, 40XH, 5XГH po’latlardan bolg’alangan holda,
kesib olish yo’li bilan yasaladi.
2.67-rasm. Teshuvchilar:
a – silindrik; b – konussimon; d – ponasimon; e – ichi bo’sh
107
2.68-rasm. Opravkalar: bolg’alab – cho’zish uchun:
a – muftali ichi bo’sh, bolg’alangan
pokovkalardan olish uchun; b – silindrik; d – bo’rtiqqa ega
bo’lgan silindrik; 1 – mufta