2.70-rasm. Sanchqi pokovkasini ishlab chiqishdagi o’tishlar sxemasi:
a – pokovka eskizi; b – boshlang’ich zagotovka; d – zagotovkani bolg’alab – cho’zish, belgilash
va yuzalarni hosil qilish uchun metallni qayta siqish; e – yuzalarni bolg’alash; f – asbobda
yuzalarni bukish; g – metallni qayta siqish; h – sterjenni cho’zish, ortiqcha metallni kesib
tashlash
Sanchqini ishlab chiqishda ham kvadrat kesimga ega bo’lgan zagtovkadan
foydalaniladi (2.70-rasm). Bu holatda zagotovka to’rtburchak kesimga ega bo’lgan
plastina shakliga keltiriladi, so’ngra metall qayta siqiladi va yuzalar hosil bo’ladi.
Shundan so’ng yuzalar bolg’alanadi va maxsus asbobda bukiladi. Yakunda metall
sterjenga qayta siqiladi.
109
Presslarda fasonli bolg’alash
Gidravlik presslarda fasonli bolg’alash oxirgi vaqtlarda keng qo’llanilmoqda.
Bu usuldagi bolg’alashni ham misollarda ko’rib chiqiladi.
Flanetslarni bolg’alashda (2.71-rasm) birinchi chiqarishda quyma dumaloq
kesimga cho’ziladi, tag va foydali qismlari kesib tashlanadi va blok ikki
zagotovkaga bo’linadi. Ikkinchi chiqarishda zagotovka ishchi xalqa (matritsa) 2 ga
o’rnatiladi va o’yilgan fason qismi to’lganiga qadar cho’ktiriladi. Ishchi xalqa bilan
pokovkani qo’yimli xalqa 4 ga qo’yib, teshik xosil qilinadi, pokovka tekisligini
to’g’irlashadi va pokovkani ishchi xalqadan ajratiladi.
2.71-rasm. Flanets pokovkasini ishlab chiqish sxemasi:
a – pokovka eskizi; b – patronga sapfani cho’zish, quymani dumaloqlatish, dumaloq
kesimga keltirish, tag va foydali qismlarni bo’lish, blokni ikkita zagotovkaga bo’lish; d –
zagotovkani ishchi xalqaga o’rnatish, ishchi xalqada zagotovkani cho’ktirish; e – ishchi xalqani
pokovka bilan qo’yimli xalqaga ko’chirish, pokovka markazidan teshik ochish; 1 – cho’ktirish
plitasi; 2 – ishchi xalqa; 3 – yassi proshiven; 4 – qo’yimli xalqa; 5 – vidra; 6 – bolg’alangan
fasonli pokovka
Pokovkalarning kichik partiyasida murakkab shakldagi ishchi xalqani
tayyorlash xar doim ham iqtisodiy tomondan foydali hisoblanmaydi. 2.72-rasmda
teshilgan flanets pokovkasi ko’rsatilgan. Teshikka mexanik ishlov berilmagan
holati. Bunday xalqadagi zagotovkalarni bo’rtiqlik diametri va balandligiga teng
bo’lgan pokovka olingunga qadar cho’ktirishadi va teshik xalqadan chiqarmagan
holda xosil qilinadi.
110
2.72-rasm. Xalqada flanets pokovkasini tayyorlash sxemasi
2.73-rasmda g’ildirak pokovkasini yasashdagi o’tishlar ko’rsatilgan. Birinchi
o’tishda quyma dumaloqlatiladi, so’ngra zagotovka oxirlari va bochka cho’ziladi va
ortiqcha metall zagotovka oxirlaridan kesib tashlanadi. Shundan so’ng pastki shtamp
1 ga yo’naltiruvchi xalqa 2 o’rnatiladi. Ikkinchi o’tishda zagotovka vertikal holatda
joylashtiriladi, xalqa o’yig’iga yuqorigi shtamp 3 kiritiladi va yuqorigi boyoqning
bosimi bilan shtamplash amalga oshiriladi. So’ngra shtamp bir – biridan ajratiladi
va tayyor bo’lgan pokovka shtamp bo’shlig’idan chiqarib olinadi.
2.73-rasm. G’ildirak pokovkasini yasashdagi o’tishlar ketma – ketligi sxemasi:
a – boshlang’ich quyma; b – dumaloqlatish, markaziy qismni cho’zish va bochka shakliga
keltirib, qayta siqish; d – zagotovka oxirlarini cho’zish, bochka qismini cho’zish va oxirlarni
kesib tashlash; e – zagotovkani shtampga vertikal holatda o’rnatish; f – zagotovkani shtamplash;
g – pokovka; 1 – pastki shtamp; 2 – yo’naltiruvchi xalqa; 3 – yuqorigi shtamp
Sektsiyali bolg’alash va shtamplash
Disklar va tirsakli vallar kabi bunday pokovkalarni bolg’alash jarayoni katta
mehnatni va metall sarfini talab etadi. Boshqa tomondan, katta o’lchamlarga ega
bo’lgan pokovkalarni issiq holda xajmiy shtamplashda kuchli presslar talab etiladi.
Sektsiyali bolg’alash o’zida bolg’alash va shtamplashning ustunlik jihatlarini
mujassamlashtirishi mumkin va an’anaviy issiq holda shtamplashga qaraganda
ancha kichik kuchlanishlarda katta pokovkalarni olish imkoniyatini beradi.
111
2.74-rasmda uch sektsiyali asbob yordamida disklar pokovkasini olish sxemasi
ko’rsatilgan. Boshida cho’ktirilgan zagotovka moslama markaziga o’rnatiladi va
barcha sektsiyalari bilan bir vaqtda zagotovka cho’ktiriladi. Shundan so’ng,
markaziy yalpi puansonning ostiga xalqasimon qo’yim 1 qo’yilib, d
3
diametri
soxasiga zagotovka deformatsiyalanadi. Keyingi yurish tashqi diametri d
2
bo’lgan
xalqasimon qo’yim 2 qo’yilib, zagotovki xalqasi bo’ylab cho’ktiriladi. So’ngra 1, 2
qo’yimlar chiqariladi va uchta sektsiya bilan pokovkani to’g’irlagan holda,
zagotovka tashqi xalqa bo’ylab cho’ktiriladi. Quyidagi qurilmadan foydalanganda,
40 – 45 % legirlangan po’lat sarfi an’anaviy shtamplash texnologiyasiga qaraganda
kamroq bo’ladi.
2.74-rasm. Uch sektsiyali asbob bilan disk pokovkasini tayyorlash sxemasi:
a – zagotovkani shtampning barcha sektsiyalari bilan cho’ktirish; b – markaziy yalpi
puanson bilan cho’ktirish; v – o’rtacha xalqasimon puanson bilan cho’ktirish; g – tashqi
xalqasimon puanson bilan cho’ktirish
Bolg’alash va sektsiyali shtamplashning boshqa misoli bo’lib, tirsakli valning
pokovkasini tayyorlash texnologiyasi bo’lishi mumkin. An’anaviy bolg’alash
texnologiyasi jarayonida 9 tonnali zagotovka talab qilinadi va yakunda 6 tonnali
pokovka olinadi. Bolg’alashni sektsiyali shtamplash bilan mujassamlashtirish
zagotovka massasini 2.5 tonnagacha kamaytirishi va olinadigan pokovka massasini
112
1.1 tonnagacha keltirishi mumkin. Oxirgi aytilgan holatda valning sifati yuqoriroq
bo’ladi. Buning asosiy sabablari – bu strukturadagi tolalar kesilmasligi va metallning
sirt qatlamida joylashgan, sifati yuqori bo’lgan qatlamlar saqlanib qolinadi. Bu
turdagi shtamplashning mohiyati shundaki, shtamp uchta sektsiyali qilib yasaladi va
xar biri navbatma – navbat ishlaydi (2.75-rasm).
2.75-rasm. Uch sektsiyali asbob bilan oltitirsakli val pokovkasini tayyorlash
sxemasi:
a – o’rta sektsiyalar bilan shtamplash; b – o’ng sektsiya bilan shtamplash; v – chap sektsiya
bilan shtamplash; g – valni barcha sektsiyalari bilan kalibrlash
Boshida zagotovkaga barcha sektsiyalar bilan boshlang’ich deformatsiya
beriladi. So’ngra, pressning ko’ndalang ramasini ko’tarib, yuqorigi boyoq va o’rta
sektsiya orasiga maxsus qo’yim o’rnatiladi va pressning bor kuchlanishi bilan bitta
sektsiya tomonidan deformatsiya amalga oshiriladi. Shundan so’ng boshqa
sektsiyalar tomonidan deformatsiyani amalga oshirishadi, qo’yim olib tashlanadi,
shtamp yuqorigi boyoqning markaziga mo’ljallanib qo’yiladi va kalibrlash barcha
sektsiyalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday turdagi shtampni ishlatish
natijasida jihozning talab etiladigan kuchlanishi taxminan 3 barobarga kamayadi.
Sektsiyali bolg’alash va shtamplash qimmat uskuna yasalishini talab etadi, hamda
texnik tomondan amalga oshirilishi (sozlanishi, kuyundilardan tozalanishi va
113
xokazolar) qiyinchiliklar bilan kuzatiladi. Shu omillarni e’tiborga olgan holda, bu
usulni qo’llashdan oldin iqtisod tomondan asoslanishi lozim.
|