134
Toretsga shtamplash uchun sortli prokat zagotovkalari zausenetssiz sifatli
toretsga ega bo’lishi lozim.
3.8-rasm. Flanetsli vtulkani shtamplash usullari:
a-uchini kengaytirgan holda; b-to’g’ri siqib chiqarishli
3.9-rasm. Juftli yoki ko’p donali shtamplash bilan olinadigan pokovkalar:
a – I guruh; b – II guruh
Profillangan zagotovkalar quyidagicha olinadi:
-
davriy bo’ylama prokat olish jihozlari bilan jihozlangan metallurgik
zavodlarning bo’ylama prokatlash stanlarida olinadi;
-
ko’ndalang, ko’ndalang-ponasimon va
kndalang-vintli prokatlash
stanlarida;
-
bolg’alash jo’valarda profillab;
-
gorizontal bolg’alash mashinalarida uchini kengaytirgan holda
-
bolg’alash va shtamplash bolg’alash jihozlarida zagotovkalarni tayyorlab;
135
-
radial bolg’alash mashinalarida va xokazo.
Zagotovkalarni profillash uchun prokatlash stanlaridan foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanadi, agarda olingan metallning iqtisodi zagotovkalarni
prokatlashda yuzaga keladigan xarajatlarini qoplasa.
Eng unumli bo’lib, press bilan bitta qatorda
zagotovkalarni profillovchi
ko’ndalang, ko’ndalang-ponasimon va ko’ndalang-vintli prokatlash yoki
zagotovkalarni profillovchi bolg’alash jo’valari bori hisoblanadi. Unumdorligini
asosiy sababi – bu zagotovkani bitta qizdirishda amalga oshirish imkonini beradi.
Albatta, bu holatda qizdirish xarorati maksimal bo’lishi kerak. Jo’valashdan oldin
zagotovka yuzasidan kuyundilarni olib tashlashining asosiy sababi – kuyundilarni
zagotovkaga kirib qolishni oldini olish va shtamp tez yeyilishini oldini olishdir.
Ko’ndalang
prokatlash
deformatsiyasining
barcha
turida
kuyundi
zagotovkadan yaxshi olib tashlanadi. Ko’ndalang, ayniqsa ko’ndalang-vintli
prokatlash
usullari
presslarning
yopiq
shtampda
shtamplashida
keng
qo’llaniladigan, massasi bo’yicha aniq bo’lgan zagotovkalarni olishda qo’llaniladi.
Bundan tashqari, massasi bo’yicha aniq zagotovkalar o’tish sonlarini, metall sarfini
kamaytiradi, ya’ni metalldan foydalanish koeffitsientini oshiradi.
Ochiq shtamplarda cho’ktirib shtamplash
Ajralish chizig’ini tanlash, diametrlar
va kesimlar epyurasini tuzish,
boshlang’ich va hisobiy zagotovkalarning o’lchamlarini aniqlash, pokovka
chizmasini tuzish,
napusklarni aniqlash, ariqchalarni loyihalash, aylanish
radiuslarini tanlash,
quluplarni loyihalash, texnologik jarayon xaritasini tuzish
bolg’alash jihozlaridagidek bo’ladi. Mexanik ishlov berishga pripusklar va
o’lchamga qo’yiladigan
dopusklar, shtamplash qiyaliklari va pitra ariqchasining
profili, ariqchalarning asosiy o’lchamlari bolg’alash jihozlarida qabul qilingandan
farqlanadi.
Zagotovka xajmi
quyidagi formula orqali aniqlanadi
V
zag
=V
p
+V
pit
+V
kuy,
(3.6),
V
p
– pokovka xajmi; V
pit
– pitra xajmi; V
kuy
– kuyindi xajmi.
136
Issiq holda shtamplovchi krivoship pressining shtampida normalangan kenglik
magazini yo’qligi sababli, shtamplashda pitra xajmi bolg’alash jihozlaridagiga
qaraganda boshqacha aniqlanadi. Uning formulasi quyidagicha: